Ishankulov Odil Azamkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biliar pankreatitni jarrohlik davolash usulini tanlashda differensial yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4133.
Ilmiy maslahatchi: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Oybek Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Davlatov Salim Sulaymanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘tkir va surunkali biliar pankreatit bilan bemorlarda kaminvaziv aralashuv usullarini ustuvor qo‘llash hisobiga jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xoledoxolitiaz, mikroxoledoxolitiaz va Oddi sfinkteri funksiyasining buzilishi hamda ularning birgalikda namoyon bo‘lishi oqibatida biliar pankreatit rivojlanishining kompleks etiopatogenetik omillari o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqliklar asoslangan;
ilk bor biliar pankreatitni tashxislashda nurli va endoskopik tekshiruvlarni o‘z ichiga olgan yondashuv hamda safro mikroskopiyasidan foydalanish patomorfologik zarurati asoslangan.
ilk bor biliar pankreatitning o‘tkir va surunkali shakllarida transduodenal endoskopik va laparoskopik jarrohlik texnologiyalarini, shuningdek, ularni birgalikda qo‘llash imkoniyatlarini hisobga olgan holda davolash usulini tanlash bo‘yicha differensial yondashuv ishlab chiqilgan;
ilk bor biliar pankreatit bilan kasallangan bemorlarda operatsiyadan keyingi erta va kechki davrlarda olib borilgan klinik tahlillar asosida miniinvaziv texnologiyalar va ularning kombinatsiyada qo‘llanish fiziologik samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir pankreatitning og‘ir shakllari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor xoledoxolitiaz, mikroxoledoxolitiaz va Oddi sfinkteri funksiyasining buzilishi hamda ularning birgalikda namoyon bo‘lishi oqibatida biliar pankreatit rivojlanishining kompleks etiopatogenetik omillari o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqliklar asoslangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasining (01.10.2024 y. №11), Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (16.10.2024 y. №376-U) amaliyotiga tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkon bergan. Ijtimoiy samaradorligi: xoledoxolitiaz, mikroxoledoxolitiaz va Oddi sfinkteri funksiyasining buzilishi kabi etiopatogenetik omillarni erta aniqlash orqali biliar pankreatitning og‘ir shakllarini oldini olish, bemorlarning mehnat qobiliyatini saqlab qolish, ularning hayot sifatini yaxshilash va jamiyatga faol qaytishini tezlashtirish imkoni yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: xoledoxolitiaz, mikroxoledoxolitiaz va Oddi sfinkteri funksiyasining buzilishi etiopatogenezda asosiy omillar sifatida aniqlanishi hisobiga biliar pankreatitni erta bosqichda aniqlash va maqsadli davolash imkoni tug‘ilib, og‘ir asoratlarning oldini olish va bemorni to‘g‘ri yo‘naltirish hisobiga 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 980000 so‘mga, hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni 1460000 so‘mgacha tejash imkoniyati yaratildi. Bu, o‘z navbatida, statsionarda qolish kunlarini qisqartirish, qayta gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish va dori-darmon sarfini sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi. Xulosa: Xoledoxolitiaz, mikroxoledoxolitiaz va Oddi sfinkteri funksiyasining buzilishi kabi etiopatogenetik omillarning aniqlanishi biliar pankreatitning sabablarini erta bosqichda aniqlash imkonini yaratib, og‘ir shakllar rivojlanishini 38% ga kamaytirishga xizmat qildi. Tashxis va davolashdagi maqsadli yondashuv natijasida bemorlarni qayta gospitalizatsiya qilish ehtimoli 33% ga kamaydi, statsionarda qolish muddati esa o‘rtacha 27% ga qisqardi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor biliar pankreatitni tashxislashda nurli va endoskopik tekshiruvlarni o‘z ichiga olgan yondashuv hamda safro mikroskopiyasidan foydalanish patomorfologik zarurati asoslangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasining (01.10.2024 y. №11), Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (16.10.2024 y. №376-U) amaliyotiga tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkon bergan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangilikni amaliyotga joriy etish biliar pankreatit bilan kasallangan bemorlarda tashxis qo‘yishdagi noaniqliklar va kechiktirilgan davolash holatlarini kamaytirish orqali ularning hayot sifatini yaxshilash, og‘riq sindromi va dispeptik belgilarning tez bartaraf etilishiga erishish, shu bilan birga, bemorlarning ish qobiliyatini tiklash va jamiyatga tez qaytish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks radiologik va endoskopik vizualizatsiya, safro mikroskopiyasi orqali obstruksiya manbasini aniqlash imkoni paydo bo‘lib, natijada noaniq va takroriy tashxis chora-tadbirlarining oldi olindi. Bu hisobga, har bir bemorga nisbatan byudjet mablag‘larini taxminan 860000 so‘mga, hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni 1280000 so‘mgacha tejash imkoni yaratildi. Xulosa: Zamonaviy nurli va endoskopik usullar, shuningdek safro mikroskopiyasini o‘z ichiga olgan kompleks tashxis algoritmini amaliyotga joriy etish natijasida biliar pankreatitning sabablarini aniqlashda tashxis qo‘yish aniqligi 27–32% ga oshdi, operatsiyadan avvalgi kechiktirilgan tashxislar soni 46% dan 18% gacha kamaydi, asoratlar rivojlanishi 38% dan 19% gacha tushirildi, statsionarda qolish muddati 25% ga qisqardi va umumiy tibbiy xarajatlar o‘rtacha 43% ga kamayishiga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor biliar pankreatitning o‘tkir va surunkali shakllarida transduodenal endoskopik va laparoskopik jarrohlik texnologiyalarini, shuningdek, ularni birgalikda qo‘llash imkoniyatlarini hisobga olgan holda davolash usulini tanlash bo‘yicha differensial yondashuv ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasining (01.10.2024 y. №11), Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (16.10.2024 y. №376-U) amaliyotiga tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkon bergan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan differensial yondashuv orqali biliar pankreatitning har bir shakli uchun maqsadli jarrohlik taktikasi tanlanishi natijasida bemorlarda jarrohlikdan keyingi asoratlar kamaydi, shifoxonada qolish muddati qisqardi va reabilitatsiya jarayoni tezlashdi. Bu esa bemorlarning tezroq sog‘lom hayot tarziga qaytishi, ish qobiliyatining tiklanishi va jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorlarning statsionarda bo‘lish vaqti kamaygan; 2) bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda asoratlar kam kuzatilganligi hisobiga dori-vositalarga ehtiyoj kam bo‘lgan. Xulosa: Transduodenal endoskopik va laparoskopik texnologiyalarni maqsadli qo‘llash orqali ortiqcha tashxis va asoratli jarrohlik holatlari oldini olinib, har bir bemor uchun statsionarda qolish muddati qisqardi. Natijada 1 nafar bemor hisobida byudjet mablag‘larini 10200000 so‘mga, hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni 15700000 so‘mgacha tejash imkoni yaratildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor biliar pankreatit bilan kasallangan bemorlarda operatsiyadan keyingi erta va kechki davrlarda olib borilgan klinik tahlillar asosida miniinvaziv texnologiyalar va ularning kombinatsiyada qo‘llanish fiziologik samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasining (01.10.2024 y. №11), Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (16.10.2024 y. №376-U) amaliyotiga tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkon bergan. Ijtimoiy samaradorligi: miniinvaziv texnologiyalarning operatsiyadan keyingi davrlarda yuqori samaradorligi isbotlanganligi tufayli, ularni amaliyotga joriy etish orqali bemorlarda og‘riq kamayishi, dispeptik belgilarning tez bartaraf etilishi va qayta kasallanish holatlarining kamayishi ta’minlandi. Bu esa bemorlarning sog‘lom hayotga qaytish muddatini qisqartirib, ularning ish qobiliyati va jamiyatdagi faolligini tiklashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: miniinvaziv texnologiyalarning operatsiyadan keyingi davrlarda samarali qo‘llanilishi hisobiga statsionarda qolish muddati va reabilitatsiya davri qisqardi. Bu, o‘z navbatida, 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 1140000 so‘mga, hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni 1680000 so‘mgacha tejash imkonini yaratdi. Xulosa: O‘tkir va surunkali biliar pankreatitda operatsiyadan keyingi erta va kechki davrlarda miniinvaziv texnologiyalarning samaradorligini klinik jihatdan asoslab, ularni amaliyotga joriy etish orqali shifoxonada qolish muddati o‘rtacha 29% ga, operatsiyadan keyingi asoratlar soni 34% ga, reabilitatsiya davri esa 26% ga qisqartirildi. Shuningdek, og‘riq sindromi va dispeptik belgilarning bartaraf etilishi 40% ga tezlashdi. Ushbu yangilikni qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobidan byudjet xarajatlari 31%, byudjetdan tashqari mablag‘lar esa 35% miqdorida kamaytirildi.