Safarova Gulnoz Avazxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postkovid sindromda kuzatiladigan nefropatiyalar va ularni davolashga yondashuvlar» 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.1. PhD/Tib3303. 
Ilmiy rahbar: Gadaev Abdig‘affor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Rustam Ismatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yakubova Azada Batirovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan og‘rigan yondosh kasalliklari bo‘lmagan bemorlarda kasallik o‘tkir davridagi laborator-asbobiy tahlil natijalari va kechishining og‘irlik darajasiga  asoslanib koviddan keyingi erta davrda (6 oy) buyraklar funksional holatini kompleks baholash va davoni takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
COVID-19  o‘tkazgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishida podotsitar disfunksiya baholanib, malondialdegid va yallig‘lanish sitokinlari ko‘rsatkichlariga mos ravishda nefrinuriya darajasi oshib borishi va  ushbu oqsilni podotsitlardan ajralishi kasallik og‘irlik darajasi bilan to‘g‘ri korellyasiyasi asoslangan;
nefrinuriya va malondialdegid oshib borishi bilan qonda sistatin-S va siydikda IV tip kollagen ham parallel ravishda ko‘payishi, buyrakda sklerotik jarayonlar rivojlanishi hamda unda podotsitlar disfunsiyasining patogenetik roli asoslangan; 
patologik jarayon og‘ir kechishi, buyrakdagi o‘zgarishlarning uzoq muddat saqlanib qolishi sababi oksidlanish stressi markeri hisoblangan malondialdegid  ko‘rsatkichlarining me’yoridan yuqoriligi ekanligi isbotlangan;
kversetinning antioksidant ta’sir qilishi natijasida nefrinuriya darajasi, buyraklar funksional holatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilishi va patomorfologik o‘zgarishlar asosida davo samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.   
“COVID-19  o‘tkazgan kishilarning buyraklar disfunksiyasini turli davrlarda o‘rganish” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:  
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishida podotsitar disfunksiya baholanib, malondialdegid va yallig‘lanish sitokinlari ko‘rsatkichlariga mos ravishda nefrinuriya darajasi oshib borishi va  ushbu oqsilni podotsitlardan ajralishi kasallik og‘irlik darajasi bilan to‘g‘ri korellyasiyasi asoslanganligi bo‘yicha “COVID-19  bilan kasallangan bemorlarda kasallikdan keyingi erta va kechgi davrlarida buyrak faoliyatini baholash prognostik tamoyillari” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 iyul oydagi 8n-r/825-son bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19  o‘tkazgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini erta aniqlash va nefrinuriya darajasining kasallik avj olishi va asoratlanishini bashoratlovchi klinik – laborator marker sifatida ahamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan surunkali buyrak kasalligini oldini olish imkonini berdi va erta tashxisot natijasida kasallik og‘irlik darajasini oldindan baholashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19  o‘tkazgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishida podotsitar disfunksiya baholash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va tez yordamga muhtojlik, statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan xarajatlarini 114300 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishida podotsitar disfunksiya baholash, yallig‘lanish sitokinlari ko‘rsatkichlariga mos ravishda nefrinuriya darajasi oshib borishini aniqlash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 48800 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 65500 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: nefrinuriya va malondialdegid oshib borishi bilan qonda sistatin-S va siydikda IV tip kollagen ham parallel ravishda ko‘payishi, buyrakda sklerotik jarayonlar rivojlanishi hamda unda podotsitlar disfunsiyasining patogenetik roli asoslanganligi bo‘yicha takliflar “COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kasallikdan keyingi erta va kechgi davrlarida buyrak faoliyatini baholash prognostik tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 iyul oydagi 8n-r/825-son bayonnomasi). Mazkur takliflar Buxoro viloyati Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi va Kogon shahar tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limlarida (Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi va Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokorlarining 2025 yil 12 martdagi 699-2-208-TB/2025-sonli va 13 fevraldagi 228-2-42-TB/2025-sonli buyruqlari bilan) amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19  o‘tkazgan yondosh kasalliklari bo‘lmagan bemorlarda buyrak disfunksiyasini baholashda kreatininga nisbatan sistatin S, siydikda IV tip kollagen va nefrinuriyaning yuqori ishonchli sezgirligi aniqlangan bo‘lib, ular surunkali buyrak kasalligini oldindan bashoratlovchi ko‘rsatkich sifatida qabul qilinishi birlamchi tibbiy bo‘g‘indanoq og‘ir va qaytmas asoratlarni oldini olishga qaratilgan. Iqtisodiy  samaradorligi: Postkovid sindromda buyrakda sklerotik jarayonlar rivojlanishini erta tashxislash  bemorlarning ambulator murojaati 2 martaga kamaydi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha  bajariladigan  boshqa laborator tahlillar soni  2 martaga qisqarishi, asoratlanishni 2 martaga kamayishi hisobidan  har 1 nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 74280 so‘m, byudjetdan tashqari 70200 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: Nefrinuriya oshib borishi bilan qonda sistatin-S va siydikda IVtip kollagen ham parallel ravishda ko‘payishi, buyrakda sklerotik jarayonlar rivojlanishi hamda unda podotsitlar disfunksiyasining o‘rni aniqlanganligi asosida ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har 1 nafar bemordan    144480 so‘mga  iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: patologik jarayon og‘ir kechishi, buyrakdagi o‘zgarishlarning uzoq muddat saqlanib qolishi sababi oksidlanish stressi markeri hisoblangan malondialdegid  ko‘rsatkichlarining me’yoridan yuqoriligi ekanligi isbotlangani bo‘yicha takliflar “ COVID-19  bilan kasallangan bemorlarda kasallikdan keyingi erta va kechgi davrlarida buyrak faoliyatini baholash prognostik tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 iyul oydagi 8n-r/825-son bayonnomasi). Mazkur takliflar Buxoro viloyati Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi va Kogon shahar tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limlarida (Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi va Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokorlarining 2025 yil 12 martdagi 699-2-208-TB/2025-sonli va 13 fevraldagi 228-2-42-TB/2025-sonli buyruqlari bilan) amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 natijasida yallig‘lanish jarayonlarining organizmda uzoq vaqt davomida saqlanib turishi, buyrak disfunksiyasi rivojlangan bemorlarda ushbu a’zoda fibroz jarayonlari rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Aniqlangan yangilik orqali esa o‘z navbatida, bemorni dializga o‘tkazish va butun umr insonni nogironlikka olib keluvchi muolajalarga ehtiyojini kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy  samaradorligi: COVID-19  og‘ir kechgan hollarda buyrakdagi o‘zgarishlar uzoq muddat saqlanib qolishini aniqlash asoratlanishni oldini olish orqali bemorlarning ambulator murojaati 2 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha  bajariladigan  boshqa laborator tahlillar soni  3 martaga qisqarishi, asoratlanishni 4 martaga kamayishi hisobidan  har 1 nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 104420 so‘m, byudjetdan tashqari 84400 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: COVID-19  og‘ir kechgan hollarda buyrakdagi o‘zgarishlar uzoq muddat saqlanib qolishi asosida fibroz rivojlanishini erta bosqichlarida tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun 188820 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kversetinning antioksidant ta’sir qilishi natijasida nefrinuriya darajasi, buyraklar funksional holatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilishi va patomorfologik o‘zgarishlar asosida davo samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar “COVID-19  bilan kasallangan bemorlarda kasallikdan keyingi erta va kechgi davrlarida buyrak faoliyatini baholash prognostik tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 iyul oydagi 8n-r/825-son bayonnomasi). Mazkur takliflar Buxoro viloyati Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi va Kogon shahar tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limlarida (Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi va Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokorlarining 2025 yil 12 martdagi 699-2-208-TB/2025-sonli va 13 fevraldagi 228-2-42-TB/2025-sonli buyruqlari bilan) amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Koronavirus infeksiyasi o‘tkazgan va buyrak disfunksiyasi rivojlangan bemorlarda o‘tkazilgan antioksidant davo muolajasidan so‘ng dinamikada uning faoliyati ijobiy tomonga o‘zgardi. Tanlangan davo negizida bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqarishini hisoblash orqali davolash usuli samarasi aniqlandi. Iqtisodiy  samaradorligi: COVID-19  o‘tkazgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishida antioksidant preparat - kversetin qo‘llash orqali  davolash samaradorligini  oshirilishi hisobiga statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi, takroriy ko‘riklar qisqarganligi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan xarajatlarini 102400  so‘mga iqtisod qilishga erishilgan.  Xulosa: Postkovid sindromda nefroproteksiya maqsadida antioksidant preparat qo‘llash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 50400 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 52000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi aholi o‘rtasida postkovid sindromda yuzaga keladigan nefropatiyalarni erta davrlarda aniqlash, antioksidant terapiyani boshlash hamda davo samarasini oshirish imkonini bergan. Olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 22-maydagi 18-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan xulosa olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish