Tadjieva Zamira Murot qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 og‘ir kechishini bashoratlash va davolashni antitrombin III miqdoriga bog‘liqligi», 14.00.29 - Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3588.
Ilmiy rahbar: Suleymanova Dilora Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashgan ilmiy amaliy gematologiya tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 04/07.06.2024 Tib 177.01.
Rasmiy opponentlar: Isxakov Eldor Djasurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tashkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi antitrombin III tanqisligining COVID-19 og‘ir kechishi prognoziga ta’sirini o‘rganish va uni korreksiya yo‘llarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasining koagulyasion gemostaz tizimida kasallikning og‘irlik darajasi ortishi bilan antitrombin III, protein S va erkin protein S antikoagulyant omillar darajasining pasayishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
bemorlarning yoshi va jinsiga bog‘liq bo‘lmagan xolda, kasallikning og‘ir shaklida antikoagulyant omillar darajasining doimiy past darajada saqlanishi, bemorning, barqaror koagulopatiya shakllanishiga olib kelishi isbotlangan;
COVID-19ning og‘ir holatidagi bemorlarda o‘lim holatlarini tahlil qilish natijasida, yoshi, jinsi va yondosh kasalliklar, hamda komorbid omillar (qandli diabet, gipertoniya, semizlik) salbiy prognoz bilan uzviy bog‘liq ekanligi, shu bilan birga antitrombin III darajasining pasayishi o‘lim xavfini sezilarli oshishiga olib kelishi asoslangan;
yangi muzlatilgan plazma terapiyasini og‘ir holatdagi bemorlarda qo‘llash natijasida antikoagulyant omillar darajasining ortishi, faktorlarni o‘rnini bosuvchi terapiya samaradorligini gemostaz ko‘rsatkichlarining barqarorlashgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 og‘ir kechishini bashoratlash va davolashni antitrombin III miqdoriga bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasining koagulyasion gemostaz tizimida kasallikning og‘irlik darajasi ortishi bilan antitrombin III, protein S va erkin protein S antikoagulyant omillar darajasining pasayishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan, ushbu ilmiy yangilik «COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkir respirator distress sindromini davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan Cog‘liqni saqlash vazirligining (20.06.2022 yil 84-r/649-sonli bo‘yrug‘i). Ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar koronavirus infeksiyasi va umumiy kasallanish holatlarini kamaytirish, halokatli oqibatlar xavfini kamaytirish, shuningdek kasalxonada qolish muddatini qisqartirish, ambulatoriya sharoitida davolanish, vaqtincha nogironlik, nogironlikni kamaytirish, o‘limni kamaytirish, xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi. davlat mablag‘larining iqtisodiy foydasi bilan davolash, joriy etilgan amaliyotga RShTYoIM Surxondaryo filiali (121-sonli 02.12.2023-sonli buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: antikoagulyant tizim omillari dinamikasini kuzatish antitrombin, erkin oqsil S va S oqsili kasallikning natijasini aniq bashorat qilish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu tavsiyanomani sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etishda COVID-19 og‘ir kechishi bilan kasallangan 50 bemor uchun intensiv terapiya bo‘limida iqtisodiy samaradorlik 30800350 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: antikoagulyant omillar darajasi va COVID-19 og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangani asosida, antitrombin III va protein S darajasini baholash kasallikning og‘ir shakllarini erta aniqlash va prognoz qilish amaliyotiga joriy etildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bemorlarning yoshi va jinsiga bog‘liq bo‘lmagan xolda, kasallikning og‘ir shaklida antikoagulyant omillar darajasining doimiy past darajada saqlanishi, bemorning, barqaror koagulopatiya shakllanishiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotida, shu jumladan Zangiota tuman tibbiyot birlashmasida amaliyotga tatbiq etildi (47-sonli 01/31/2023-sonli buyruq). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19da antikoagulyantlarning samaradorligini nazorat qilish, bemorlarda rivojlanayotgan tromboz va gemorragik asoratlarning rivojlanishini bartaraf qiladi, bemorlarning salomatligi va hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: giperkoagulyasiya holatini erta aniqlash reanimatsiya bo‘limida davolanish muddatini 10 kunga qisqartirish va davolash narxini har bir bemor uchun 11557065 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: kasallik og‘irligi, yosh, jins va komorbid omillar bilan bog‘liq xavf darajasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu asosda yuqori xavf guruhlarini saralash va ular uchun individual davo taktikasi klinik amaliyotda qo‘llanildi.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19ning og‘ir holatidagi bemorlarda o‘lim holatlarini tahlil qilish natijasida, yoshi, jinsi va yondosh kasalliklar, hamda komorbid omillar (qandli diabet, gipertoniya, semizlik) salbiy prognoz bilan uzviy bog‘liq ekanligi, shu bilan birga antitrombin III darajasining pasayishi o‘lim xavfini sezilarli oshishiga olib kelishi asoslangan. Bu muhim ahamiyatga “COVID-19 bemorlarida o‘tkir respirator distress sindromini davolash usuli" uslubiy tavsiyanomasi tarkibiga kiritilgan Sog‘liqni saqlash vazirligining (20.06.2022 yil 84-r/649-sonli buyrug‘i) bilan tasdiqlangan va RShTYoIM Surxondaryo filiali amaliyotga joriy etildi (22.12.2023 yil, 121-sonli buyrug‘i), shu jumladan Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga (01.31.2023yil 47-sonli buyrug‘i) joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: komorbid omillarning bemorlar o‘limiga ta’sirini chuqur tahlil qilish va baholash va tadqiqotga kiritilgan COVID -19 og‘ir kechishi bo‘lgan bemorlarda AT III o‘lim chegarasini baholash diagnostika aniqligini oshirish, shuningdek kasallikning asoratlari va qoldiq ta’siri rivojlanishida qo‘shimcha dori-darmonlar, reabilitatsiya davolash choralari uchun xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: komorbid omillarning bemorlar o‘limiga ta’sirini tahlil qilish va baholash orqali qimmat diagnostik tekshiruvlardan, aynan takroriy KT va MSKT o‘tkazilishi oldi olinadi, bu esa ushbu kasallikni statsionar davolash uchun sarflangan 11557065 so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini tejash mumkin. Xulosa. Olingan ma’lumotlar asosida antikoagulyant tizim ko‘rsatkichlari bo‘yicha prognostik algoritm ishlab chiqildi va u COVID-19 bilan og‘ir kasallangan bemorlarning holatini baholash, monitoring qilish va tezkor davo choralarini belgilashda amaliyotga joriy qilindi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yangi muzlatilgan plazma terapiyasini og‘ir holatdagi bemorlarda qo‘llash natijasida antikoagulyant omillar darajasining ortishi, faktorlarni o‘rnini bosuvchi terapiya samaradorligini gemostaz ko‘rsatkichlarining barqarorlashgani bilan asoslandi. Tadqiqotning muhim jihati antitrombin III miqdorini o‘rganish bo‘lib, unda keksa bemorlarda infeksiyaning yanada og‘ir kechishiga qaramay, ushbu omilning ishlab chiqarilishi yoshlarga nisbatan past ekanligi ko‘rsatildi va Sog‘liqni saqlash vazirligining (20.06.2022 yil 84-r/649-sonli buyrug‘i) bilan tasdiqlangan xamda RShTYoIM Surxondaryo filiali amaliyotga joriy etildi ( 22.12.2023 yil, 121-sonli buyrug‘i), shu jumladan Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga (01.31.2023yil 47-sonli buyrug‘i) joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: plazma omillarini nazorat qilish: antitrombin III, erkin oqsil S, oqsil S va koagulogramma parametrlari tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy etish. Iqtisodiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasi bilan chalingan bemorlarda kasallikning asoratlarini oldini olish samaradorligini sezilarli darajada oshirdi, kasalxonadan oldin o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi va davolash taktikasi va davolash tadbirlarining xajmiga ta’sir qiladi. Koagulyasion testlarni o‘lchash va tuzatish usullari tibbiyot muassasalarining odatiy amaliyotida istiqbolli biomarkyor va qimmatli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa: yangi muzlatilgan plazma terapiyasining samaradorligi isbotlangan holda, og‘ir holatlarda faktorlar o‘rnini bosuvchi patogenetik terapiya sifatida YaMPni qo‘llash taklif etildi va klinik protokollarga joriy etildi.