Ni Gennadiy Vital`evichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xaglund va axillobursit deformatsiyasining diagnostikasi va davolashni takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar:  Umarov Fayzulla Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori, Kadirov Iftixor Muradjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  endoskopik kal`kaneoplastikani optimallashtirish orqali Xaglund deformatsiyasi va axillobursitni jarrohlik davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xaglund deformatsiyasi va axillobursitning surunkali kechishida orqaga  qaytmaydigan fibroz-degenerativ o‘zgargan gialinoz, xondromatoz, fibroblastik qayta tuzilishi hamda kollagen strukturalarining vaskulyarizatsiyasi va dezorganizatsiyasi kamayishi kabi jarayonlar yallig‘lanish holatining surunkalashuviga va konservativ davolash samaradorligining pasayishiga olib kelishi asoslangan;
kasallik davomiyligi va gistologik o‘zgarishlar orasida korrelyativ bog‘liqlik aniqlangan, xususan, kasallik 6–12 oy davom etgan hollarda tovon orqasi sohasida ekssudativ-proliferativ o‘zgarishlar kuzatilishi, bir yildan ortiq davom etgan hollarda esa qo‘pol rivojlangan fibroz o‘zgarishlar ustunlik qilishi va ekzostoz bilan tovon suyagi to‘qimasi o‘rtasida birikish zonasi kuzatilmasligi, vaqt o‘tishi bilan patologik o‘zgarishlarning kuchayib borishi isbotlangan;
gipertrofiyalangan yumshoq to‘qimalar sheyver yordamida tozalanib, axill payi bursektomiyasi amalga oshirilishi amaliyotida Xaglund deformatsiyasi va axillobursitni endoskopiya yordamida davolashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilishi natijasida suyak ekzostozining chegaralarini aniqlash va bursheyver orqali ekzostozni olib tashlash imkonini berishi, natijada asoratlar kamayishiga olib kelishi isbotlangan;
kompleks klinik-instrumental va morfologik tahlillar asosida Xaglund deformatsiyasi va axillobursitda jarrohlik aralashuvining differensial tanlov taktikasi asoslash mumkinligi isbotlangan, tovonning orqa sohasidagi anatomo-funksional o‘zgarishlarni inobatga olgan holda optimal kal`kaneoplastika usulini tanlash algoritmini ishlab chiqishga imkoniyat berishi hamda jarrohlik davolash samaradorligini oshirishga va kasallikning qaytadan paydo bo‘lish xavfini kamaytirishga xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024-yil 25-sentyabrdagi 6-son xulosasiga ko‘ra, ilmiy ishlanmani boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida: 
birinchi ilmiy yangilik: Xaglund deformatsiyasi va axillobursitning surunkali kechimida, qaytmaydigan fibroz-degenerativ o‘zgaruvchi gialinoz, xondromatoz, fibroblastik qayta tuzilishi, hamda kollagen strukturalarining vaskulyarizatsiyasi va dezorganizatsiyasi kamayishi kabi jarayonlar yallig‘lanish holatining surunkalashuviga va konservativ davolash samaradorligining pasayishiga olib kelishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining Samarqand viloyati filiali klinikasida (10.10.2023 y.; №87/I) va Andijon viloyati travmatologiya va ortopediya klinikasida (15.10.2023 y.; №11) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: AOFAS shkalasi bo‘yicha endoskopik aralashuvdan o‘tgan bemorlarda natijalar statistik jihatdan ahamiyatli darajada yuqori bo‘lgan: 3 oyda — 83,03±15,8, solishtirma guruhda — 76,45±17,06 (p=0.027);  shuningdek, 6 va 12 oyda ham yuqori ko‘rsatkichlar saqlangan. Bu harakat faoliyati va o‘z-o‘zini parvarishlash qobiliyatining tez va barqaror tiklanishiga dalolat qiladi, bu esa ijtimoiy faollik va mehnatga qaytish uchun juda muhim hisoblanadi. Erta operatsiyadan keyingi asoratlar soni 4 barobarga kamaygan — 18,8% dan 4,8% gacha (p=0.025). 12 oydan keyingi MRT natijalari qoldiq o‘zgarishlarning kamligini ko‘rsatib, ijobiy natijaning barqarorligini va qayta jarrohlik ehtimolining pasayganini tasdiqlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) Statsionarda yotish davomiyligining 0,7 kunga qisqarishi har bir bemor uchun taxminan 426000 so‘m tejash imkonini beradi. Bundan tashqari, shifoxonada kamroq yotish: tibbiyot xodimlari va resurslarga bo‘lgan yukni kamaytiradi, koyka-joylar aylanmasini tezlashtiradi, tibbiyot muassasasining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshiradi. 2) Operatsiya vaqtidagi qon yo‘qotish miqdori: asosiy guruhda — 29,35±9,03 ml, solishtirma guruhda— 34,84±6,36 ml, farq — 5,49 ml (p=0.0017), bu endoskopik usulda shikastlanish darajasi kamroq ekanini va qon yo‘qotish xavfi pastligini ko‘rsatadi. 3) Operatsiya davomiyligi: asosiy guruhda — 36,4±10,3 daqiqa, solishtirma guruhda— 42,4±9,6 daqiqa, farq — 6 daqiqa (p=0.00044), bu esa operatsiya bloki yuklamasi yuqori bo‘lgan sharoitda ayniqsa muhim. Xirurglar usulni o‘zlashtirib borishi bilan operatsiya vaqti yanada qisqarayotgani qayd etilgan. Xulosa: Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga erishiladi. Bu kasallikning og‘ir bosqichlarini oldini olish, mehnatga yaroqsizlik muddatini qisqartirish va bemorning funksional holatini barqarorlashtirish hisobiga amalga oshadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: kasallik davomiyligi va gistologik o‘zgarishlar orasida korrelyativ bog‘liqlik aniqlangan, xususan, kasallik 6–12 oy davom etgan hollarda tovon orqasi sohasida ekssudativ-proliferativ o‘zgarishlar kuzatilishi, bir yildan ortiq davom etgan hollarda esa qo‘pol rivojlangan fibroz o‘zgarishlar ustunlik qilishi va ekzostoz bilan tovon suyagi to‘qimasi o‘rtasida birikish zonasi kuzatilmasligi, vaqt o‘tishi bilan patologik o‘zgarishlarning kuchayib borishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining Samarqand viloyati filiali klinikasida (10.10.2023 y.; №87/I) va Andijon viloyati travmatologiya va ortopediya klinikasida (15.10.2023 y.; №11) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kasallik davomiyligi bilan gistologik o‘zgarishlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash orqali klinik qarorlar qabul qilish uchun tanlangan muhim muddatlarni asosli belgilash imkoni paydo bo‘ldi. Patologik jarayonning bosqichlarini — ekssudativ-proliferativ bosqichdan to aniq ifodalangan fibroz to‘qima transformatsiyasigacha — ajratish quyidagi imkoniyatlarni yaratdi: operativ aralashuv uchun ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida belgilash; davolashda asossiz kechiktirishlarning oldini olish (bundan avval bunday holatlar anatomik qaytmas o‘zgarishlarga olib kelar edi);bemorni yuritish taktikasida aniqlik va samaradorlikni oshirish; bemorlar hayoti sifatini yaxshilash. Iqtisodiy samaradorligi: 1) Kasallikning og‘irlashgan shakllari ulushini kamaytirish. Agar o‘z vaqtida aralashuv amalga oshirilmasa, bemorlar ko‘proq keng ko‘lamli jarrohlik aralashuvlarini, uzoq muddatli statsionar davolanish va reabilitatsiyani talab qiladilar. Erta bosqichdagi standart operatsiyaning o‘rtacha qiymati: 2800000 so‘m. Fibroz bosqichdagi murakkab operatsiyaning taxminiy qiymati (uzoq muddatli statsionar va dori-darmonlar bilan): 5500000 so‘m. Bir bemor hisobidan tejamkorlik: 5500000 – 2800000 = 2700000 so‘m. Xulosa: Ekssudativ-proliferativ o‘zgarishlar bosqichida erta diagnostika va xirurgik aralashuv amalga oshirilishi orqali bir bemorga 4700000 so‘mgacha tejash imkoni yaratiladi. Bu sog‘liqni saqlash tizimi uchun moliyaviy yukni kamaytiradi va kasallik oqibatlarini yaxshilaydi;
uchinchi ilmiy yangilik: gipertrofiyalangan yumshoq to‘qimalar sheyver yordamida tozalanib, axill payi bursektomiyasi amalga oshirilishi amaliyotida Xaglund deformatsiyasi va axillobursitni endoskopiya yordamida davolashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilishi natijasida suyak ekzostozining chegaralarini aniqlash va bursheyver orqali ekzostozni olib tashlash imkonini berishi, natijada asoratlar kamayishiga olib kelishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining Samarqand viloyati filiali klinikasida (10.10.2023 y.; №87/I) va Andijon viloyati travmatologiya va ortopediya klinikasida (15.10.2023 y.; №11) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: endoskopik jarrohlik aralashuvi uchun ko‘rsatmalarni asosli ravishda kengaytirish orqali quyidagi natijalarga erishildi: samarasiz konservativ davolash davomiyligini qisqartirish va shunga muvofiq holda klinik qarorlarni tezroq qabul qilish imkoniyati yaratildi; og‘riq sindromining sababini erta bartaraf etish va oyoq funksiyasini tiklash orqali tibbiy yordam samaradorligi oshirildi; uzoq muddatli nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalarini qo‘llash va immobilizatsiya bilan bog‘liq asoratlar soni kamaytirildi; bemorlarning vaqtincha mehnatga yaroqsizlik muddati qisqartirildi va ularning kundalik hamda kasbiy faollikka tezroq qaytishi ta’minlandi; endoskopik usulning kam shikastlantiruvchi xususiyati va tez tiklanish hisobidan bemorlar qoniqish darajasi oshdi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) Uzoq muddatli konservativ davolash xarajatlarining kamayishi. Ko‘rsatmalar kengaytirilishidan avval bemorlar oylab davolanar (NPVS, fizioterapiya, ortezlar), va buning o‘rtacha qiymati 3–6 oylik davolash uchun 1800000 — 2400000 so‘mni tashkil etardi. Endoskopik usulning erta bosqichda joriy etilishi natijasida ambulator tizimga tushayotgan yuk kamaytirildi yoki umuman bartaraf etildi. Bir bemor hisobidan taxminiy tejamkorlik: 2000000 so‘m. Qayta murojaatlar, kasallik varaqalari va vaqtincha mehnatga yaroqsizlik bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish. Konservativ usul bilan davolangan bemorlar o‘rtacha 3–6 oy davomida 2–3 marta qayta murojaat qilishgan — maslahatlar, qo‘shimcha tekshiruvlar va vaqtincha mehnatga yaroqsizlikni uzaytirish uchun. Har bir qayta murojaat o‘rtacha 200000 — 250000 so‘m, umumiy mehnat qobiliyati yo‘qotilishi bilan bog‘liq zarar: 500000 — 1000000 so‘m atrofida. Xulosa: Endoskopik davolash uchun ko‘rsatmalarni kengaytirish orqali bir bemor hisobidan o‘rtacha 3400000 so‘m tejash imkoni yaratiladi. Bu nafaqat klinik jihatdan asoslangan, balki butun sog‘liqni saqlash tizimi miqyosida iqtisodiy jihatdan maqbul va maqsadga muvofiq usul ekanligini isbotlaydi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kompleks klinik-instrumental va morfologik tahlillar asosida Xaglund deformatsiyasi va axillobursitda jarrohlik aralashuvining differensial tanlov taktikasi asoslash mumkinligi isbotlangan, tovonning orqa sohasidagi anatomo-funksional o‘zgarishlarni inobatga olgan holda optimal kal`kaneoplastika usulini tanlash algoritmini ishlab chiqishga imkoniyat berishi hamda jarrohlik davolash samaradorligini oshirishga va kasallikning qaytadan paydo bo‘lish xavfini kamaytirishga xizmat qilishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining Samarqand viloyati filiali klinikasida (10.10.2023 y.; №87/I) va Andijon viloyati travmatologiya va ortopediya klinikasida (15.10.2023 y.; №11) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Haglund deformatsiyasi va axillobursitda diagnostik algoritm va bemorlarni yuritish taktikasi joriy etilishi orqali tibbiy yordam sifati sezilarli darajada yaxshilandi: davolash natijalarining qoniqarsiz bo‘lishi holatlari soni kamaydi (ham erta, ham kechki operatsiyadan so‘nggi davrlarda); davolash taktikasi tanlovida prognostik aniqlik oshdi; asossiz jarrohlik aralashuvlari soni kamaydi va o‘z vaqtida aralashuv kechikishi oldi olindi; funksional natijalar va bemorlar hayoti sifati yaxshilandi; kasallikning qayta rivojlanishi va qayta operatsiyalar soni kamaydi, bu esa bemorlar ishonchi va ruhiy barqarorlikni ta’minlaydi; algoritm turli darajadagi muassasalarda davolash yondashuvini standartlashtirishga imkon berdi, natijada yordam ko‘rsatish tartibi yaxshilanib, uning mavjudligi va izchilligi ta’minlandi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) Qayta operatsiyalar xarajatlarini kamaytirish Algoritm joriy etilishidan avval qoniqarsiz natijalar ko‘pincha qayta jarrohlik aralashuviga olib kelar edi. Qayta operatsiyaning o‘rtacha qiymati: 2800000 – 3500000 so‘m. Algoritm joriy etilgandan so‘ng qayta aralashuvlar soni taxminan 15–20% ga kamaygan. Ekonomiya: 0,15 × 3000000 = 450000 so‘m (bir bemor hisobidan o‘rtacha). 2) Operatsiyadan keyingi asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirish Asosiy asoratlar (infeksiya, og‘riq, paresteziya va boshqalar) kamayishi natijasida qo‘shimcha dori-darmon, bog‘lash va shifokor qabullariga ehtiyoj ham kamaydi. Bir bemorga taxminiy tejamkorlik: 400000 – 600000 so‘m, o‘rtacha — 500000 so‘m. Xulosa: Klinik algoritmni qo‘llash — diagnostika va yuritish taktikasi asosida qabul qilinayotgan qarorlar orqali bir bemorga o‘rtacha 1650000 so‘m tejash imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, qayta davolash va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytiradi, shu bilan birga uzoq muddatli klinik natijalarni va funksional tiklanishni yaxshilaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish