Kenjaev Ilhom G‘iyozovichning 
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.      Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta tashkilotlari investisiya faoliyatining metodologik asoslarini takmomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt585.
Ilmiy maslahatchi: Shennaev Xo‘jayor Musurmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. 
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Haydarov Nizomiddin Hamroevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Azimov Rustam Sodikovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Olimjonov Odil Olimovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sug‘urta tashkilotlari investisiya faoliyatining metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘urta tashkilotlari investisiya faoliyatini amalga oshirishda o‘zi uchun foydalanishga olingan ko‘char va ko‘chmas mulklar hamda bankka qo‘yilgan omonatlarni chegirgan holda jami investisiya qilingan mablag‘larga nisbatan daromadlilik darajasini sug‘urtalovchilar reytingini yuritishdagi mezonlardan biri sifatida kiritish taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlari investisiya faoliyatini diversifikatsiyalash maqsadida sug‘urta tashkilotlari tomonidan investisiya ob’ektlari hisoblangan yo‘nalishlaridan biri sifatida lizing tashkilotlariga qarz berish taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlari investisiya faoliyatini diversifikatsiya qilish maqsadida sug‘urta tashkilotlari tomonidan investisiya ob’ektlari hisoblangan yo‘nalishlardan biri sifatida lizing tashkilotlariga qarz berish hamda berilgan qarzlarning umumiy summasi sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining ustav kapitalini 10 foizdan oshmaslik taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlari tomonidan investisiyaga yo‘naltirilgan mablag‘larning kamida 50 foizini ushbu sohadagi professional tashkilotlarga ishonchli boshqaruvini berish taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi hamda uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq) hayot sug‘urtasi turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hisobidan shakllangan mablag‘larni investisiya qilish maqsadida inflyasiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘urta tashkilotlari investisiya faoliyatining metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta tashkilotlari investisiya faoliyatini amalga oshirishda o‘zi uchun foydalanishga olingan ko‘char va ko‘chmas mulklar hamda bankka qo‘yilgan omonatlarni chegirgan holda jami investisiya qilingan mablag‘larga nisbatan daromadlilik darajasini sug‘urtalovchilar reytingini yuritishdagi mezonlardan biri sifatida kiritish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks                    chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-108-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalari milliy agentligining 2025-yil 14-fevraldagi 04/19-2-1-633-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta tashkilotlari investisiya faoliyatini amalga oshirishda o‘zi uchun foydalanishga olingan ko‘char va ko‘chmas mulklar hamda bankka qo‘yilgan omonatlarni chegirgan holda jami investisiya qilingan mablag‘larga nisbatan daromadlilik darajasini sug‘urtalovchilar reytingini yuritishdagi mezonlardan biri sifatida kiritishga erishildi;
sug‘urta tashkilotlari investisiya faoliyatini diversifikatsiyalash maqsadida sug‘urta tashkilotlari tomonidan investisiya ob’ektlari hisoblangan yo‘nalishlaridan biri sifatida lizing tashkilotlariga qarz berish taklifidan foydalanilgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 67-sonli buyrug‘i bilan “Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchilarning investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2025-yil 13-fevraldagi №020-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchilarning investision samaradorlik darajasi  10 foizga oshdi;
sug‘urta tashkilotlari investisiya faoliyatini diversifikatsiya qilish maqsadida sug‘urta tashkilotlari tomonidan investisiya ob’ektlari hisoblangan yo‘nalishlardan biri sifatida lizing tashkilotlariga qarz berish hamda berilgan qarzlarning umumiy summasi sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining ustav kapitalini 10 foizdan oshmaslik taklifidan foydalanilgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 67-sonli buyrug‘i bilan “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risida”gi Nizomning 24-bandiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2025-yil 13-fevraldagi №020-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta tashkilotlari tomonidan investisiya ob’ektlari hisoblangan yo‘nalishlaridan biri sifatida lizing tashkilotlariga qarz berish imkoniyati yaratildi;
sug‘urta tashkilotlari tomonidan investisiyaga yo‘naltirilgan mablag‘larning kamida 50 foizini ushbu sohadagi professional tashkilotlarga ishonchli boshqaruviga berish taklif etilgan. Mazkur taklif “Kafolat Hayot Insurance” AJ tomonidan amaliyotga joriy etildi (Kafolat Hayot Insurance” AJ ning 2025-yil 28-yanvardagi №08-03/17-son ma’lumotnomasi). Natijada “Kafolat Hayot Insurance” AJ ning iqtisodiyot sohalariga yo‘naltirilgan investisiya mablag‘larining samaradorlik darajasi 10 foizga oshib, tavakkalchilik darajasi 30 foizga kamayishiga erishilgan;
sug‘urta tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi hamda uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq) hayot sug‘urtasi turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hisobidan shakllangan mablag‘larni investisiya qilish maqsadida inflyasiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirish taklif etilgan. Mazkur taklif  “Kafolat Hayot Insurance” AJ tomonidan amaliyotga joriy etildi (Kafolat Hayot Insurance” AJ ning 2025-yil 28-yanvardagi №08-03/17-son ma’lumotnomasi). Natijada “Kafolat Hayot Insurance” AJ tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltirilgan investisiyalar hajmi oshdi, investision xatarlar kamaydi va yuqori investision daromad olish imkoniyati yuzaga keldi hamda investisiya portfelidagi mablag‘lar hajmi 15 foizga oshdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish