Odilov Xamidillo Maxmudjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Namangan viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5188.
Ilmiy rahbar: Mullabaev Baxtiyarjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umid Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ziboev Behzod Hamidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik xavfsizlikni hududiy rivojlanishning tarkibiy qismi sifatida qaralib, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, iqtisodiy o‘sish va atrof-muhitni muhofaza qilish o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlikning tashkiliy iqtisodiy mexanizmi taklif etilgan;
atmosfera chiqindilari hajmi, qayta ishlanmagan chiqindilar ulushi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yashil hududlar, sanoat ishlab chiqarish hajmining atrof-muhitga ta’siri kabi ko‘rsatkichlar asosida 0≤ EIRI≤0,3 ekologik xavf yuqori, 0,41≤ EIRI≤0,7 moʻtadil xavf, 0,71≤ EIRI≤1 barqaror rivojlanish kabi mintaqaning ekologik-iqtisodiy rivojlanish indeksi ishlab chiqilgan;
ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning samaradorligini baholash modelining har bir chora-tadbir natijadorligida Namangan shahri, Pop va Chust tumanlari yuqori samaradorlik guruhiga (Efficiency score≥ 0,9), Norin, Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanlari past samaradorlik guruhiga kirishi (Efficiency score< 0,7) aniqlangan;
“yashil iqtisodiyot” elementlarini bosqichma-bosqich joriy etish va iqtisodiy barqarorlikni oshirish imkoniyatlari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Namangan viloyatida qayta ishlangan chiqindi hajmi o‘zgarishining ko‘p omilli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
ekologik xavfsizlikni hududiy rivojlanishning tarkibiy qismi sifatida qaralib, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, iqtisodiy o‘sish va atrof-muhitni muhofaza qilish o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlikning tashkiliy iqtisodiy mexanizmi bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi va viloyat Ekologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan hududiy ekologik xavfsizlik dasturida foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 03/12-1969-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida sanoat chiqindilarini kamaytirish, havoni ifloslantiruvchi manbalarni nazorat qilish va “yashil hududlar” barpo etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan;
atmosfera chiqindilari hajmi, qayta ishlanmagan chiqindilar ulushi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yashil hududlar, sanoat ishlab chiqarish hajmining atrof-muhitga ta’siri kabi ko‘rsatkichlar asosida 0≤ EIRI≤0,3 ekologik xavf yuqori, 0,41≤ EIRI≤0,7 moʻtadil xavf, 0,71≤ EIRI≤1 barqaror rivojlanish kabi mintaqaning ekologik-iqtisodiy rivojlanish indeksi taklifidan Namangan viloyati hokimligida hududlarning ekologik audit tizimini yo‘lga qo‘yish uchun foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 03/12-1969-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida sanoat korxonalarda chiqindilarni qayta ishlash samaradorligini baholash, hududlar kesimida ekologik holatni tahlil qilish va qarorlar qabul qilish imkonini bergan;
ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning samaradorligini baholash modelining har bir chora-tadbir natijadorligida Namangan shahri, Pop va Chust tumanlari yuqori samaradorlik guruhiga (Efficiency score≥ 0.9), Norin, Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanlari past samaradorlik guruhiga kirishi (Efficiency score< 0.7) taklifi Namangan viloyatida ekologik nazorat va monitoring tizimini raqamlashtirishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 03/12-1969-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida yiliga 2000 tonnadan ortiq sanoat chiqindilari utilizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarida energiya va resurs tejash hisobidan yiliga 3-5 milliard so‘mgacha tejash imkoniyati yaratilgan;
“yashil iqtisodiyot” elementlarini bosqichma-bosqich joriy etish va iqtisodiy barqarorlikni oshirish imkoniyatlari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Namangan viloyatida qayta ishlangan chiqindi hajmi o‘zgarishining ko‘p omilli prognoz parametrlaridan Namangan viloyatida ekologik xavfsizlikni ta’minlashning prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 03/12-1969-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 3 bosqichli strategik transformatsiya modelini (yashil mexanizmlarni joriy qilish – kengaytirish va optimallashtirish – samaradorlik va raqobatbardoshlik) ishlab chiqish imkonini bergan.