Xolmirzaeva Feruza Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Matbaa korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirish”, 08.00.11–“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt892.
Ilmiy rahbari: Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Allayorov Shamsiddin Amonullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Solieva Gulbaxor Axmadjanovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: matbaa korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matbaa korxonalari raqobatbardoshligini ishlab chiqarish faoliyati, marketing, resurslardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda bozorga moslashish holati bo‘yicha qiyosiy kompleks baholashning jamlanma integral ko‘rsatkichlari diapazonlari “yuqori” (0,71〖≤R〗_i≤1), “o‘rta” (0,51〖≤R〗_i≤0,70) va “past” (0〖≤R〗_i≤0,50) chegaralarida bo‘lishi asoslangan;
tarmoq jozibadorligi va biznes birlik imkoniyatlari matrisasining muqobil maydonlariga joylashtirish asosida mahsulot portfelini yaratish orqali matbaa korxonalarida taklif etilayotgan assortiment bo‘yicha mahsulot raqobatbardoshligi darajasining “past” (1,0 – 2,5), “o‘rtacha” (2,6 – 3,9), “yuqori” (4,0 – 5,0) oraliqlarida raqobatbardoshlikni oshirish strategiyalarini tanlash asoslangan;
matbaa korxonalarining sotuvlar rentabelligi, yalpi foyda rentabelligi hamda asosiy faoliyat rentabelligi darajasiga mutanosib holda moslashuvchan xarajatlar bo‘yicha yetakchilik, differensiatsiya hamda fokuslash strategiyalari orqali raqobatbardoshligi oshirish taklifi asoslangan;
matbaa mahsulotlari ishlab chiqarish va noshirlik xizmatlarining rivojlanishiga iqtisodiy (An=1,881; 0,345), ijtimoiy va madaniy (Dn=0,358; 0,359) omillarning ijobiy, siyosiy (Bn=-0,970; -0,407), raqamli texnologik rivojlanish va axborotlashtirish (Cn=-0,347; 0,674) omillarining salbiy ta’sirlariga ko‘ra raqobat strategiyalaridan foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matbaa korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
matbaa korxonalari raqobatbardoshligini ishlab chiqarish faoliyati, marketing, resurslardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda bozorga moslashish holati bo‘yicha qiyosiy kompleks baholashning jamlanma integral ko‘rsatkichlari diapazonlari “yuqori” (0,71〖≤R〗_i≤1), “o‘rta” (0,51〖≤R〗_i≤0,70) va “past” (0〖≤R〗_i≤0,50) chegaralarida bo‘lishi taklifi asoslangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 10-fevraldagi №06-02-16-943 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik “ShARQ” nashriyot-matbaa AJ faoliyatida foydalanilishi natijasida 2024-yilda resurslardan foydalanish samaradorligi 5,7 foizga oshgan va iqtisodiy samaradorlik ta’minlangan;
tarmoq jozibadorligi va biznes birlik imkoniyatlari matrisasining muqobil maydonlariga joylashtirish asosida mahsulot portfelini yaratish orqali matbaa korxonalarida taklif etilayotgan assortiment bo‘yicha mahsulot raqobatbardoshligi darajasining “past” (1,0 – 2,5), “o‘rtacha” (2,6 – 3,9), “yuqori” (4,0 – 5,0) oraliqlarida raqobatbardoshlikni oshirish strategiyalarini tanlash taklifi “Ofset-surxon" MChJ faoliyatida sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 10-fevraldagi №06-02-16-943 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “Ofset-surxon" MChJda maqsadli assortiment portfelini shakllantirishga va tashqi reklama stendlari mahsulot turi bo‘yicha Surxondaryo viloyatida bozor ulushini 2023-yilga nisbatan 2024-yilda 3,6 foizga oshirishga erishilgan;
matbaa korxonalarining sotuvlar rentabelligi, yalpi foyda rentabelligi hamda asosiy faoliyat rentabelligi darajasiga mutanosib holda moslashuvchan xarajatlar bo‘yicha yetakchilik, differensiatsiya hamda fokuslash strategiyalari orqali raqobatbardoshligi oshirish taklifi “Ofset-surxon" MChJ faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 10-fevraldagi №06-02-16-943 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “Ofset-surxon" MChJning mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligini oshirishga erishilgan va mahsulot sotishdan tushgan tushumi 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 11,8 foizga o‘sgan;
matbaa mahsulotlari ishlab chiqarish va noshirlik xizmatlarining rivojlanishiga iqtisodiy (An=1,881; 0,345), ijtimoiy va madaniy (Dn=0,358; 0,359) omillarning ijobiy, siyosiy (Bn=-0,970;-0,407), raqamli texnologik rivojlanish va axborotlashtirish (Cn=-0,347; 0,674) omillarining salbiy ta’sirlariga ko‘ra raqobat strategiyalaridan foydalanish taklifi Surxondaryo viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 10-fevraldagi №06-02-16-943 son ma’lumotnomasi). Natijada matbaa va noshirlik faoliyati tarmoq korxonalarining istiqboldagi rivojlanish ko‘rsatkichlarini yanada aniqlashtirish va muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.