Qodirov Mansur Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida ishlab chiqarish texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD / Ped6810
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich – pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01
Rasmiy opponentlar: Turakulov Olim Xolbutaevich – pedagogika fanlari doktori, professor, Beknazarova Saida Habibullaevna texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guluston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak muhandislarning ishlab chiqarish texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning ishlab chiqarish-texnologik kompetentligi mazmunini integrativ va differensiyalashgan yondashuv asosida chuqurlashtirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlashning funksional (didaktik, metodik, diagnostik) imkoniyatlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning ishlab chiqarish-texnologik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan interfaol o‘qitish metodlarini virtual reallik qonuniyatlari asosida ishlab chiqish orqali mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning ishlab chiqarish-texnologik kompetentligini rivojlantirish modeli mazmuniga ko‘p bosqichli masalalar va kasbga yo‘naltirilgan topshiriqlarni hamda kasbiy ehtiyojlar va ish beruvchi talablarini maksimal qanoatlantirishga qaratilgan kompyuter dasturlarini singdirish orqali ishlab chiqilgan;
talabalarni ishlab chiqarish-texnologik kompetentligini rivojlantirishga imkon beruvchi didaktik ta’minotini ishlab chiqish natijasida kasbiy tayyorgarlik darajalarini adaptatsiya shartlari asosida baholash parametrlarini tarkibiy tashkil etuvchilari mazmuni (motivatsion, mazmunli, baholash-natijaviy) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning ishlab chiqarish-texnologik kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak muhandislarning ishlab chiqarish-texnologik kompetentligi mazmunini integrativ va differensiyalashgan yondashuv asosida chuqurlashtirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlashning funsional (didaktik, metodik, diagnostik) imkoniyatlari takomillashtirishga oid tavsiyalaridan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “AIF 1G‘4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) amaliy tadqiqot mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyiha sini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika instituti ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning ishlab chiqarish-texnologik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan interfaol o‘qitish metodlarini virtual reallik qonuniyatlari asosida ishlab chiqish orqali mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi takomillashtirishga oid tavsiyalari va ishlanmalari ishlab chiqarish-texnologik kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan “Elektr o‘lchash usullari va vositalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 apreldagi 559716-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot talabalarda ishlab chiqarish-texnologik kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak muhandislarning ishlab chiqarish-texnologik kompetentligini rivojlantirish modeli mazmuniga ko‘p bosqichli masalalar va kasbga yo‘naltirilgan topshiriqlarni hamda kasbiy ehtiyojlar va ish beruvchi talablarini maksimal qanoatlantirishga qaratilgan kompyuter dasturlarini singdirish orqali ishlab chiqishga oid tavsiyalari va ishlanmalari ishlab chiqarish-texnologik kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan “Elektr o‘lchash usullari va vositalari” elektron o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 apreldagi 559716-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur elektron o‘quv qo‘llanma bo‘lajak muhandislarni ishlab chiqarish-texnologik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan.