Maylieva Sadoqat Safayozovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada kambag‘allikni qisqartirishda aholi daromadlarini oshirish mexanizmidan samarali foydalanish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4560.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Nurulla Baxromovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyaqubova Dilfuza Olimboevna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Raximova Sadoqat Mamutovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida kambag‘allikni qisqartirishda aholi daromadlarini oshirish mexanizmidan samarali foydalanish yuzasidan ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalarning mehnatga layoqatli a’zolari uchun “Hamkor mahalla” platformasi ishlab chiqilgan;
kambag‘allik shegarasini aniqlashda qo‘llaniladigan minimal iste’mol xarajatlari(MIX)ni hududiy iste’mol narxlari indekslariga mutanosib ravishda tabaqalashtirish va oilaning umumiy ehtiyoj ekvivalentini aniqlashda aholining asosiy demografik guruhlari bo‘yicha “Kattalarni ekvivalentlashtirish” (Adult equivalence) asosida vazn belgilash zarurligi asoslangan;
Xorazm viloyatida kambag‘allikni qisqartirishda aholi daromadlarini oshirish mexanizmidan samarali foydalanishda kambag‘allik darajasini baholashda qo‘llaniladigan Alkayr-Foster uslubi (AFU) yordamida hisoblanadigan “Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini (KO‘KI)” hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini takomillashtirish zarurligi asoslangan;
mintaqada kambag‘allik darajasiga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir kuchi, ularning ta’siri natijasida kambag‘allik darajasining qisqarishi ko‘rsatkichlarining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyatida kambag‘allikni baholash va uni qisqartirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriy etildi:
mintaqada “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalarning mehnatga layoqatli a’zolari uchun “Hamkor mahalla” platformasi Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-iyuldagi 06-15-09/7035-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan mehnatga layoqatli aholining bandligi ta’minlanishiga erishilgan;
kambag‘allik shegarasini aniqlashda qo‘llaniladigan minimal iste’mol xarajatlari (MIX)ni hududiy iste’mol narxlari indekslariga mutanosib ravishda tabaqalashtirish va oilaning umumiy ehtiyoj ekvivalentini aniqlashda aholining asosiy demografik guruhlari bo‘yicha “Kattalarni ekvivalentlashtirish” (Adult equivalence) asosida vazn belgilash zarurligi taklifi Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-iyuldagi 06-15-09/7035-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida har bir aholi guruhlarining haqiqiy minimal ehtiyojlari aniqlanib, aholining turli qatlamlari uchun manzilli ijtimoiy siyosatning aniq yo‘nalishlari belgilab olingan;
Xorazm viloyatida kambag‘allikni qisqartirishda aholi daromadlarini oshirish mexanizmidan samarali foydalanishda kambag‘allik darajasini baholashda qo‘llaniladigan Alkayr-Foster uslubi (AFU) yordamida hisoblanadigan “Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini (KO‘KI)” hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini takomillashtirish zarurligi taklifi Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-iyuldagi 06-15-09/7035-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida hududlar kesimida kambagʻallik darajasi baholanib, turli hududlarga mos bo‘lgan, tabaqalashtirilgan ijtimoiy siyosat va davlat yordamining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan;
mintaqada kambag‘allik darajasiga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir kuchi, ularning ta’siri natijasida kambag‘allik darajasining qisqarishi ko‘rsatkichlarining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-iyuldagi 06-15-09/7035-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi mintaqada kambag‘allikni qisqartirishda hududlararo iqtisodiy tengsizlikni yumshatishga qaratilgan obektiv qarorlarni ishlab chiqish imkonini bergan.