Boboxonov Quvonchbek Shavkat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘rta Osiyo qishloqlari tarixi (IV mingyilliklar – miloddan avvalgi V asr)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar1179
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sobirov Qurbonboy, 
tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori, professor.; Abdirimov Razzoqbergan, tarix fanlari nomzodi, dotsent .
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqolpoq davlat universitetida
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning asosiy maqsadi. O‘rta Osiyo qishloqlari (IV mingyilliklar – miloddan avvalgi V asr) tarixini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Osiyo materigi yuzasi turli xil tog‘lik va tekisliklardan iborat bo‘lib, shundan O‘rta Osiyo mintaqasi uning bir qismini tashkil etib, uning geografik sharoiti, tabiiy muhiti, o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan aholining O‘rta Osiyo mintaqasi hududlariga kelib joylashishi hamda bu hududning o‘zlashtirilishi uchun qulay shart-sharoitlarning mavjudligi tamoyillari asoslab berildi;
O‘rta Osiyo mintaqasining qadimgi tosh davridan mil. avv. V asrgacha bo‘lgan davr oralig‘ida tabiiy-iqtisodiy hududlarining paleogeografik holati, tabiiy sharoiti, ekologiyasi ta’sirida aholining joylashishi, kundalik turmushi, ya’ni o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan farqli ravishda ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tgandan so‘ng erishgan yutuqlariga aniqliklar kiritildi;
    O‘rta Osiyo mintaqasining tog‘lik hududlarida g‘or-makonlar va ochiq tipdagi manzilgohlar zamiridan o‘sib chiqqan aniq geografik hududda joylashgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning qo‘shni hududlar sari migratsion siyosatini amalga oshirishi natijasida mikrovohalarning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari arxeologik manbalar asosida dalillandi;
O‘rta Osiyo ilk dehqonchilik madaniyati ijodkorlarining paxsa binokorlik bilimining Janubiy Turkmanistonning Kopetdog‘oldi etagi hududidagi Joytun manzilgohidan O‘rta Osiyoning markaziy va shimoliy hududlariga yoyilishi jarayoniga aniqliklar kiritildi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta Osiyo mintaqasi tarixiy geografik hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari tarixi masalasini o‘rganishdan kelib chiqib, quyidagi taklif va xulosalar asosida:
Osiyo materigi yuzasi turli xil tog‘lik va tekisliklardan iborat bo‘lib, shundan O‘rta Osiyo mintaqasi uning bir qismini tashkil etib, uning geografik sharoiti, tabiiy muhiti, o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan aholining O‘rta Osiyo mintaqasi hududlariga kelib joylashishi hamda bu hududning o‘zlashtirilishi uchun qulay shart-sharoitlarning mavjudligi tamoyillari asoslab berilganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021 – 2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Mudofaa vazirligining 2025-yilning 28-fevraldagi 10/494-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyaning ilmiy yangiliklari va xulosalari loyiha doirasida dastur, qo‘llanma va monografiya materiallarini tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
O‘rta Osiyo mintaqasining qadimgi tosh davridan mil. avv. V asrgacha bo‘lgan davr oralig‘ida tabiiy-iqtisodiy hududlarining paleogeografik holati, tabiiy sharoiti, ekologiyasi ta’sirida aholining joylashishi, kundalik turmushi, ya’ni o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan farqli ravishda ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tgandan so‘ng erishgan yutuqlariga aniqliklar kiritilganligiga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021 – 2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Mudofaa vazirligining 2025-yilning 28-fevraldagi 10/494-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar teletomoshabinlarning O‘rta Osiyodagi dastlabki aholi turar joylari va qishloqlari tarixi bo‘yicha bilimlarini boyitishga xizmat qiladi;
O‘rta Osiyo mintaqasining tog‘lik hududlarida g‘or-makonlar va ochiq tipdagi manzilgohlar zamiridan o‘sib chiqqan aniq geografik hududda joylashgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning qo‘shni hududlar sari migratsion siyosatini amalga oshirishi natijasida mikrovohalarning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari arxeologik manbalar asosida dalillanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yilning 4-martdagi 01-30/123-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlardan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish va O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
O‘rta Osiyo ilk dehqonchilik madaniyati ijodkorlarining paxsa binokorlik bilimining Janubiy Turkmanistonning Kopetdog‘oldi etagi hududidagi Joytun manzilgohidan O‘rta Osiyoning markaziy va shimoliy hududlariga yoyilishi jarayoniga aniqliklar kiritilishiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yilning 4-martdagi 01-30/123-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot ishi Respublikamiz hududida turizm sohasini rivojlantirish uchun asosiy qo‘llanma va monografiyalar tayyorlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish