Nazarova Latofat Toirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Kimyo sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”; 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt3981.
Ilmiy rahbar: Muminova Elnoraxon Abdukarimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.06.05
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Gaibnazarova Zumrat Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kimyo sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo sanoati korxonalari innovatsion faoliyatining rivojlanish darajasini baholash uslubiyoti “moliyaviy samaradorlik (0-20)”, “ekologik ta’sir (0-10)”, “texnologik samaradorlik (0-25)”, “resurslardan foydalanish samaradorligi (0-20)”, “rivojlanish potensiali (0-25)” mezonlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
kimyo sanoati korxonalarida samarali innovatsion faoliyatni shakllantirishga qaratilgan “Raqamli texnologiyalar”, “Innovatsion ekotizim”, “Yashil mahsulot” infratuzilmalarini o‘z ichiga olgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm ishlab chiqilgan;
kimyo sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish strategiyasi ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash hamda raqamli transformatsiya tendensiyalarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
kimyo sanoati korxonalarida innovatsion faoliyat rivojlanish darajasi ekonometrik modellar asosida baholangan hamda 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyo sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
innovatsion faoliyatining rivojlanish darajasini baholash uslubiyotini “moliyaviy samaradorlik (0-20)”, “ekologik ta’sir (0-10)”, “texnologik samaradorlik (0-25)”, “resurslardan foydalanish samaradorligi (0-20)”, “rivojlanish potensiali (0-25)” mezonlari asosida takomillashtirish bo‘yicha bergan taklifi “Farg‘onaazot” AJda joriy etilgan (“Farg‘onaazot” AJ 04.04.2025 № 10/715 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida korxonada innovatsion faoliyat holatini aniq aks ettirish imkoniyati yaratilib, innovatsion salohiyat va mavjud muammolarni aniqlashga erishilgan hamda innovatsion rivojlanish strategiyasi takomillashtirilgan;
samarali innovatsion faoliyatni shakllantirishga qaratilgan “Raqamli texnologiyalar”, “Innovatsion ekotizim”, “Yashil mahsulot” infratuzilmalarini o‘z ichiga olgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm bo‘yicha bergan tavsiyasi korxona faoliyatida joriy etilgan (“Farg‘onaazot” AJ 04.04.2025 № 10/715 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida korxonada innovatsion faollik, raqobatbardoshlik, ishlab chiqarish samaradorligi, inson kapitali sifati, ekologik barqarorlik va investision jozibadorlikning oshishiga olib kelgan;
kimyo sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish strategiyasi ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash hamda raqamli transformatsiya tendensiyalarini kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha bergan tavsiyasi korxona faoliyatida joriy etilgan (“Farg‘onaazot” AJ 04.04.2025 № 10/715 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarishda xomashyodan foydalanish samaradorligini ortishiga, xavfli chiqindilarni kamaytirishga, ekologik me’yorlarga mos faoliyat yuritishga, jamoatchilik hamda xalqaro reyting tashkilotlari oldida korxonaning ijobiy imidji shakllanishiga erishilgan;
innovatsion faoliyatning rivojlanish darajasi ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellashtirish asosida innovatsion rivojlanishning 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ssenariylari bo‘yicha bergan taklifi korxona faoliyatida joriy etilgan (“Farg‘onaazot” AJ 04.04.2025 № 10/715 sonli ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion faoliyatga oid strategik, investision va texnologik dasturlarni shakllantirish, innovatsion faoliyat samaradorligini yillar kesimida kuzatib borish, innovatsion faoliyatdan kutilayotgan iqtisodiy natijalarni aniq baholash imkoniyati yaxshilangan.