Qodirov Ural Safar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotga xos xavf-xatarlarni tahlil qilishning ilmiy-nazariy asoslari”, 08.00.01 - “Iqtisodiyot nazariyasi” va 08.00.02-Makroiqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Rasulev Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraximova Saida Axmadjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotga xos xavf-xatarlarni tahlil qilishning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “mamlakat xavf-xatari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mamlakatdagi investisiya muhiti, biznes faoliyati va umumiy iqtisodiy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, ijtimoiy va institusional omillarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan noaniqliklar va potensial xavflar majmui jihatidan takomillashtirilgan;
hududlar bo‘yicha mintaqaviy nomutanosibliklarni aniqlash asosida hududlar kesimida hisoblanadigan asosiy xavf-xatarlar tasnifi va milliy iqtisodiyotga xos xavf-xatarlarni baholashda qo‘llaniladigan indikatorlarni xavf darajasiga ko‘ra “past xavf” (0 – 0,33 orasida), “o‘rtacha xavf” (0,34 – 0,66), “yuqori xavf” (0,67 – 1,0) oralig‘ida baholash taklifi asoslangan;  
makroiqtisodiy xavf-xatar ko‘rsatkichi sifatida haqiqiy va potensial YaIM orasidagi uzilishi miqdoriga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ta’siri real ishlab chiqarish hajmi (p = 0,000 < 0,001), inflatsiya  (p = 0,000 < 0,001), ayirboshlash kursi (p = 0,049 < 0,05), davlat qarzi (p = 0,032 < 0,005), byudjet defisiti (p = 0,096> 0,05), savdo balansi defisiti (p = 0,086 > 0,05) qiymatlari orqali asoslangan;
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti metodologiyasi asosida O‘zbekiston uchun moslashtirilgan to‘lov tajribasi, moliyaviy holat va iqtisodiy vaziyat mezonlariga tayanilgan xavf-xatarni baholash modeli asosida 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatlarga xos xavf-xatarlarni tahlil qilishning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “mamlakat xavf-xatari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mamlakatdagi investisiya muhiti, biznes faoliyati va umumiy iqtisodiy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, ijtimoiy va institusional omillarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan noaniqliklar va potensial xavflar majmui jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy ta’limning 60410100–Iqtisodiyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy siyosat” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy natijalardan o‘quv adabiyotlarida foydalanish talabalarda makro darajada xavf-xatar tushunchasining mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlariga imkon yaratgan;
hududlar bo‘yicha mintaqaviy nomutanosibliklarni aniqlash asosida hududlar kesimida hisoblanadigan asosiy xavf-xatarlar tasnifi va milliy iqtisodiyotga xos xavf-xatarlarni baholashda qo‘llaniladigan indikatorlarni xavf darajasiga ko‘ra “past xavf” (0 – 0,33 orasida), “o‘rtacha xavf” (0,34 – 0,66), “yuqori xavf” (0,67 – 1,0) oralig‘ida baholash taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1011-sonli qonunining 6-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 28-iyuldagi 3/dn-158-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekistonda hududlarning o‘ziga xos xatarlarini aniqroq baholash imkonini berib, mahalliy byudjetlar daromadlari prognozlaridan oshgan qismini qoplash, respublika byudjetidan byudjetlararo transfertlar ajratishning miqdoriy qiymatlarini hisoblash orqali mahalliy byudjet parametrlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
makroiqtisodiy xavf-xatar ko‘rsatkichi sifatida haqiqiy va potensial YaIM orasidagi uzilishi miqdoriga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ta’siri real ishlab chiqarish hajmi (p = 0,000 < 0,001), inflatsiya  (p = 0,000 < 0,001), ayirboshlash kursi (p = 0,049 < 0,05), davlat qarzi (p = 0,032 < 0,005), byudjet defisiti (p = 0,096> 0,05), savdo balansi defisiti (p = 0,086 > 0,05) qiymatlari orqali asoslash taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1011-sonli qonunining 9-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 28-iyuldagi 3/dn-158-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston iqtisodiyotida makro-fiskal ko‘rsatkichlarga bir martalik ichki va tashqi shoklarning ta’siri va ularga iqtisodiyotning bardoshliligini oshirish hamda xatarlar ta’sirini yumshatish choralarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti metodologiyasi asosida O‘zbekiston uchun moslashtirilgan to‘lov tajribasi, moliyaviy holat va iqtisodiy vaziyat mezonlariga tayanilgan xavf-xatarni baholash modeli asosida 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat, byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1011-sonli qonunining 3-moddasini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 28-iyuldagi 3/dn-158-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi 2025-2027-yillar uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy va makroprudensial ko‘rsatkichlar prognozini ishlab chiqishga xizmat qilib, O‘zbekistonning xatar darajasini yaxshilashdagi ehtimoliy natijalarni turli noaniqliklar (uncertainty) sharoitida sinovdan o‘tkazish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish