Soliev Ikromjon Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli dunyoda inson qadri fenomenining ijtimoiy-falsafiy tahlili” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B.2023.3.PhD/Fal814
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: To‘xtaev Xakim Primovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Dexkanov Narimon Burxonjonovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor, Muxtarov Azamat Muxtarovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilottoshkent Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli dunyo sharoitida inson qadri fenomenining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli dunyoda global axborot oqimlari va raqamli media vositalarining ortib borishi, inson qadrining dinamik (qadr-qimmat, adolat, rivojlanish va taraqqiyot) xususiyatlari transformatsiyasini keltirib chiqarib, jamiyatda konstruktiv munosabatlar birligini ta’minlovchi ratsional koʻrsatkichlar (birdamlik, tenglik, erkinlik) ga ehtiyojning ortib borish zaruriyati falsafiy asoslangan;
raqamli dunyoda virtualizatsiya xodisasi, inson mavjudligining mohiyatini o'zgartirib, yangi ijtimoiy-madaniy paradigmalar (virtual xamjamiyat, virtual madaniy etika, virtual shaxsiyatning rivojlanishi)ni keltirib chiqarishi orqali jamiyatda yangi qiymat yo'nalishi sifatida “homo digital” ning paydo bo'lishiga olib kelishi, virtuallik va reallikning dixotomik yondashuvlari ifodalovchi dinamiq paradigma ekanligi aniqlangan;
jamiyatda inson qadriyatlarini belgilovchi raqamli identifikatsiya, virtual muhit, ijtimoiy axloq kabi tamoyillarni takomillashtirish, kishilarda dezinformatsiya, axborot manipulyasiyasi va ahloqiy dilemmalar kabi deviantlik xodisalarini oldini oluvchi atribut ekanligi aniqlangan;
raqamli dunyoda inson qadri fenomenining belgilab beruvchi (kiberxavfsizlik, axborot etikasi, savodxonlik) omillar, axborotlashgan jamiyatda yoshlarning ma’naviy-axloqiy rivojlanish qonuniyatlari (axborot madaniyati, axloqiy ma’suliyat, ijtimoiy o‘ziga xoslik, ma’rifiy rivojlanish) bilan o‘zoro dialektik aloqadorligini ta’minlash raqamli muhitda insonning qadr-qimmatini xarakterlovchi erkinlik, tengik, javobgarlik tamoyillarini mustahkamlashi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli dunyoda inson qadri fenomenining ijtimoiy-falsafiy tahlillari asosida:
raqamli dunyoda inson qadri global axborot oqimlari va raqamli media vositalarining ortib borishi orqali, inson qadrining dinamik (qadr-qimmat, adolat, rivojlanish va taraqqiyot) xususiyatlari transformatsiyasini keltirib chiqarishiga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II-yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 10-bandi “Avval - inson, keyin -jamiyat va davlat” g‘oyasini aholi ongiga chuqur singdirish hamda milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy va targ‘ibot ishlarni tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 25-oktyabrdagi 10/133-sonli dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda konstruktiv munosabatlar birligini ta’minlovchi ratsional koʻrsatkichlar (birdamlik, tenglik, erkinlik) ga ehtiyojning ortib borishi va raqamli dunyoda inson qadri fenomenining ijtimoiy falsafiy tahlil etishga xizmat qilgan;
raqamli dunyo falsafasi va media kommunikatsiyalarning o‘zaro aloqadorligi, virtualizatsiya xodisasi, inson mavjudligining mohiyatini o'zgartirib yangi ijtimoiy-madaniy paradigmalar (virtual xamjamiyat, virtual madaniy etika, virtual shaxsiyatning rivojlanishi)ni keltirib chiqarishi, jamiyatni raqamlashtirishning insoniy qadriyatlarga ta'siri, yangi qiymat yo'nalishlari bo‘lgan “Homo digital” ning paydo bo'lishiga olib kelishiga oid taklif va xulosalaridan O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 7-noyabrdagi 1-13-21-5815-sonma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ishi inson qadri fenomenining ijtimoiy falsafiy jihatdan tahlil etilishi bilan birga unda ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar raqamli dunyoda yoshlarni mustaqil dunyoqarash va teran fikrga ega qilib tarbiyalashdagi targ‘ibot ishlarining natijadorligini oshishiga xizmat qilgan;
jamiyatda inson qadriyatlarini belgilovchi raqamli identifikatsiya, virtual muhit, ijtimoiy axloq kabi tamoyillarni takomillashtirish, kishilarda dezinformatsiya, axborotni manipulyasiyasi va ahloqiy dilemmalar kabi deviantlik xodisalarini xodisalarini keltirib chiqarishiga doir ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II-yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 10-bandi “Avval - inson, keyin -jamiyat va davlat” g‘oyasini aholi ongiga chuqur singdirish hamda milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy va targ‘ibot ishlarni tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 25-oktyabrdagi 10/133-sonli dalolatnomasi). Natijada, raqamli dunyoda inson qadri fenomenining ijtimoiy falsafiy tahlili etishga xizmat qilgan;
raqamli dunyoda media-kommunikatsiyalar va falsafiy oqimlar (kiberfalsafa, axborot etikasi, sun’iy intellekt falsafasi) o‘rtasidagi bog‘liqlik, raqamli dunyoda inson qadri fenomenining belgilab beruvchi (kiberxavfsizlik, axborot etikasi, savodxonlik) omillar, axborotlashgan jamiyatda yoshlarning ma’naviy-axloqiy rivojlanish qonuniyatlari (axborot madaniyati, axloqiy ma’suliyat, ijtimoiy o‘ziga xoslik, ma’rifiy rivojlanish) ga oid ilmiy xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 7-noyabrdagi 1-13-21-5815-sonma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ishi inson qadri fenomenining ijtimoiy falsafiy jihatdan tahlil etilishi bilan birga unda ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar raqamli dunyoda yoshlarni mustaqil dunyoqarash va teran fikrga ega qilib tarbiyalashdagi targ‘ibot ishlarining natijadorligini oshishiga xizmat qilgan.