Elov Olimjon Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik tadbirkorlik subektlari rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish (Navoiy viloyati misolida)”, 08.00.06-“Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4967.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataev Jasur Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik tadbirkorlik subektlari rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish asosida istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash va barqaror rivojini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznesda yaratilgan yalpi mahsulot hajmining ro‘yxatdan o‘tgan (1,38), faol (1,49) va yangi tashkil etilgan (0,73) subektlar soni, hamda faollik darajasi (-0,036), yashovchanlik koeffisienti (0,014) bo‘yicha elastiklik koeffisientlarini hisoblash asosida kichik biznes rivojlanish tendensiyalarini yakuniy natijaga ta’siri baholangan;
mintaqada bandlar soni hamda jon boshiga real umumiy daromadlar hajmini oshirishda ro‘yxatdan o‘tgan (-0,1; 0,52), faoliyat ko‘rsatayotgan (-0,11; 0,58), yangi tashkil etilgan (-0,07; 0,25) kichik biznes subektlari soni, yashovchanlik koeffisienti (-0,13; 0,5) roli elastiklik koeffisientlari taklif etilgan;
har bir faol kichik biznes subektiga hamda har bir bandga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmining sohada yaratilgan qiymatga (Y_t=65,2*Z_3^0,11*z_4^1,1), bandlar soniga (B_t=73,5*Z_3^0,11), aholi jon boshiga real umumiy daromadlarga (〖RD〗_t=652,5*Z_3^(-0,38)*〖2,71〗^(0,83*ε_(t-1) ); 〖RD〗_t=146,3*Z_4^1,07*〖2,71〗^(0,99*ε_(t-1) )), ta’sirini baholash asosida samaradorlikni ta’minlashda istiqbolli yo‘nalishlar aniqlangan;
Navoiy viloyatida kichik biznes rivojlanish tendensiyalarini ifodalovchi muhim miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini prognoz qiymatlari 2025-2029-yillarga ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik tadbirkorlik subektlari rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirishni bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznesda yaratilgan yalpi mahsulot hajmining ro‘yxatdan o‘tgan (1,38), faol (1,49) va yangi tashkil etilgan (0,73) subektlar soni, hamda faollik darajasi (-0,036), yashovchanlik koeffisienti (0,014) bo‘yicha elastiklik koeffisientlarini hisoblash asosida kichik biznes rivojlanish tendensiyalarini yakuniy natijaga ta’sirini baholash bo‘yicha berilgan taklif Navoiy viloyati hokimligining 2025-yil 4-martdagi 74-5-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2025-yil 22-apreldagi 04-04/392-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan keltirilgan elastiklik koeffisientlaridan keyingi yillarda kichik biznes tomonidan yaratilgan mahsulot miqdorini istiqboldagi qiymatlari aniqlashda foydalanilgan;
mintaqada bandlar soni hamda jon boshiga real umumiy daromadlar hajmini oshirishda ro‘yxatdan o‘tgan (-0,1; 0,52), faoliyat ko‘rsatayotgan (-0,11; 0,58), yangi tashkil etilgan (-0,04; 0,25) kichik biznes subektlari soni, yashovchanlik koeffisienti (-0,13; 0,5) roli elastiklik koeffisientlari Navoiy viloyati hokimligining 2025-yil 4-martdagi 74-5-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2025-yil 22 apreldagi 04-04/392-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik viloyatda kichik biznes subektlarining bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirishdagi rolini aniqlash va uni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda foydalanilgan;
har bir faol kichik biznes subektiga hamda har bir bandga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmining sohada yaratilgan qiymatga (Y_t=65,2*Z_3^0,11*z_4^1,1), bandlar soniga (B_t=73,5*Z_3^0,11), aholi jon boshiga real umumiy daromadlarga (〖RD〗_t=652,5*Z_3^(-0,38)*〖2,71〗^(0,83*ε_(t-1) ); 〖RD〗_t=146,3*Z_4^1,07*〖2,71〗^(0,99*ε_(t-1) )), ta’sirini baholash asosida samaradorlikni ta’minlashda istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha berilgan taklif Navoiy viloyati hokimligining 2025-yil 4-martdagi 74-5-0-Q/25-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2025-yil 22-apreldagi 04-04/392-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish viloyatda kichik biznes subektlarida samaradorlik oshirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash va aholi bandligini, jon boshiga real umumiy daromadlarini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qilgan;
Navoiy viloyatida kichik biznes rivojlanish tendensiyalarini ifodalovchi muhim miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini 2025-2029-yillarga ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari bo‘yicha berilgan taklif Navoiy viloyati hokimligining 2025-yil 4-martdagi 74-5-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2025-yil 22-apreldagi 04-04/392-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan prognoz qiymatlari viloyatda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi maqsadli, uzoq va qisqa muddat uchun strategiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan.