Xidirov Erkin Irgashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Harakat tarkibi gabaritlarini nazorat qilish tizimini raqamlashtirish, 05.08.03 – Temir yo’l transportini ishlatish (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4952.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Janibek Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamirov Uktam Farxodovich, texnika fanlari doktori, professor; Xadjimuxametova Matluba Adilovna, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi harakat tarkibi gabaritlarini nazorat qilish tizimini raqamlashtirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor poezddagi barcha vagonlar detal qismlari va unda joylashgan yuklarning belgilangan chegaralardan siljishini aniqlash imkonini beruvchi harakat tarkibi gabaritini kontaksiz infraqizil datchiklar orqali kompleks nazorat qilish va boshqarish usulining matematik modellari yaratilgan;
poezd tarkibidagi yolg‘on nogabaritlikni tezkor bartaraf etish imkonini beruvchi harakat tarkibi gabaritlarining joriy holati va uni nazorat qiluvchi tizimdagi ma’lumotlarni  elektr markazlashtirish tizimiga simsiz uzatish usuli ishlab chiqilgan;
harakat tarkibi gabaritlarini va uni izdan chiqishini nazorat qilish tizimini o‘rnatish ordinatasini aniqlash usuli yo‘l profili, belgilangan vaqtlar va lokomotivning harakat tezligi hamda uning hisobiy parametrlarini inobatga olgan holda tortish hisoblari asosida takomillashtirilgan;
harakat tarkibidagi nogabaritlilikning muayyan vagonga to‘g‘ri kelishini o‘qlarni sanashning elektron tizimidan foydalangan holda aniqlash asosida texnik xizmat shoxobchasi vagon ko‘ruvchi-ta’mirlovchisi tomonidan nogabarit holatini masofaviy tezkor tashhislash usuli ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harakat tarkibi gabaritlarini nazorat qilish tizimini raqamlashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l uchastkalarida harakat tarkibi gabaritlarini nazorat qilishning raqamlashtirish tizimini “Temiryo‘linfratuzilma” AJ tasarrufidagi “Xovos signallashtirish va aloqa masofasi” filiali, Sirdaryo-Baxt peregoni PK34584+00 da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2025 yil 10 apreldagi 4/E504-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida elektrlashtirilgan temir yo‘l uchastkalarida harakat tarkibida yuz beradigan yuqori 
 nogabaritliklarni aniqlash va nogabaritlik vagon(lar)ning qaysi yuzasida va qaysi o‘qqa tegishli vagonda sodir bo‘lganligini tezkor aniqlash orqali harakat tarkiblarini uzunligidan kelib chiqib stansiya yo‘llarida turib qolish vaqti 30 daqiqagacha kamaytirish imkonini paydo bo‘lgan;
temir yo‘l uchastkalarida harakat tarkibini izdan chiqishini nazorat qilishning kontaksiz usuli “Temiryo‘linfratuzilma” AJ tasarrufidagi “Xovos signallashtirish va aloqa masofasi” filiali Dashtobod-Zomin peregoni toq yo‘nalish PK3552+6 da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2025 yil 10 apreldagi 4/E504-sonli ma’lumotnomasi). Natijada harakat tarkibining izdan chiqishini va pastki nogabaritliklarni tezkor tashhislashda vaqt sarfini kamaytirishga va  ishlab chiqilgan ikki kanalli tizimning birinchi nosozlikka uchrash ehtimoli bir kanalli tizimga nisbatan 1,5 barobarga kamaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish