Qodirov Jasur Mavjudovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori jag‘ tish qatorlarining torayishini davolashda ortodontik apparatlarni qiyosiy baholash» 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1944.
Ilmiy rahbar: Nigmatov Raxmatilla Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Xabilov Nugmon Lukmanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aver`yanov Sergey Vital`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti (Ozarbayjon Respubikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda yuqori jag‘ tish qatori torayishini tashxislashni takomillashtirish va davolashda turli ortodontik apparatlarni qo‘llanilishini qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda yuqori jag‘ tish qatorining torayishini keltirib chiqaruvchi xafli omil sifatida quloq-burun-tomoq kasalliklari, og‘iz bilan nafas olish, zararli odatlar, boshini bir tomonlama qo‘yib uxlash, bolani sun’iy ovqatlantirish ekanligi isbotlandi; 
yaratilgan kompyuter dasturi yuqori jag‘ tish qatorining sefalometrik ma’lumotlar xolatini aniq va tezkor aniqlash va toraygan tish yoyini kengaytirishning zarur va mumkin bo‘lgan darajasini hisoblash rejasini bashorat qilish imkonini berishi isbotlangan;
yuqori jag‘ tish qatorlarining torayishi bo‘lgan bemorlar uchun kengaytiruvchi ortodontik moslamalarning turli modifikatsiyalarini qo‘llashga bo‘lgan ko‘rsatmalari bemorning yoshi, tanglay chuqurligi va patologiya darajasi kompyuter tomografiyasi tasvirlaridagi Yonsei ko‘ndalang indeksi ko‘rsatkichlari asosida isbotlangan;
bolalarda yuqori jag‘ tish qatorining torayishini davolash uchun turli ortodontik apparatlarni qo‘llash va ularni qiyosi taxlil qilish natijasidai tish-jag‘ anomaliyasining shakliga (skeletal yoki tish-al`veolyar), bolaning yoshiga, yuz tuzilishi belgilariga, anomaliyaning og‘irlik darajasiga bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/83-sonli xulosasi hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 04-z/49-sonli bayonnomasiga muvofiq:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda yuqori jag‘ tish qatorining torayishini keltirib chiqaruvchi xafli omil sifatida quloq-burun-tomoq kasalliklari, og‘iz bilan nafas olish, zararli odatlar, boshini bir tomonlama qo‘yib uxlash, bolani sun’iy ovqatlantirish ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar Andijon viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi (24.05.2024 yildagi 27-sonli buyruq), Toshkent shahridagi 5- va 2-bolalar stomatologiya poliklinikalari hamda TDSI klinikasi stomatologiya poliklinikasi (15.04.2024 yildagi 49-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar asosida yuqori tish qatori torayishini keltirib chiqaruvchi sabablarini va ortodontik davolashning samarali protokolini tuzish imkoniyati yaratildi. Bu ortodont ishi samaradorligini oshirib, tashriflar sonini qisqartirdi. Iqtisodiy samaradorligi: uslubiy tavsiyalar asosida etiologik omillarga qarab ortodontik apparatlarni tanlab qo‘llash hisobiga har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 130000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 180000 so‘m tejash imkoniyati yaratildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yaratilgan kompyuter dasturi yuqori jag‘ tish qatorining sefalometrik ma’lumotlar xolatini aniq va tezkor aniqlash va toraygan tish yoyini kengaytirishning zarur va mumkin bo‘lgan darajasini hisoblash rejasini bashorat qilish imkonini berishi isbotlanganligi Andijon viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi (24.05.2024 yildagi 27-sonli buyruq), Toshkent shahridagi 5- va 2-bolalar stomatologiya poliklinikalari hamda TDSI klinikasi stomatologiya poliklinikasi (15.04.2024 yildagi 49-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan kompyuter diagnostik dasturi hisob-kitoblarga sarflanadigan vaqtni bir necha barobar qisqartirdi. Yuqori jag‘ tish qatorining samarali va ilmiy asoslangan ortodontik kengaytirishini to‘liq va ishonchli tashxislash, oqilona prognozlash va tanlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: telerentgenogrammalarni chop etish va bemorlarning rentgenologik tasvirlarini kompyuterda tashxislashni to‘liq qisqartirish, shuningdek, har bir bemorning tish-jag‘ tizimini sefalometrik tekshirish uchun shifokor vaqtini sezilarli darajada kamaytirish hisobiga byudjet mablag‘laridan 240000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 160000 so‘m tejash imkoniyati yaratildi.
uchinchi ilmiy yangilik: yuqori jag‘ tish qatorlarining torayishi bo‘lgan bemorlar uchun kengaytiruvchi ortodontik moslamalarning turli modifikatsiyalarini qo‘llashga bo‘lgan ko‘rsatmalari bemorning yoshi, tanglay chuqurligi va patologiya darajasi kompyuter tomografiyasi tasvirlaridagi Yonsei ko‘ndalang indeksi ko‘rsatkichlari asosida isbotlanganligi (Patent №FAP 02220. - Toshkent. - 14.02.2023). Ushbu apparat Andijon viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi (24.05.2024 yildagi 27-sonli buyruq), Toshkent shahridagi 5- va 2-bolalar stomatologiya poliklinikalari hamda TDSI klinikasi stomatologiya poliklinikasi (15.04.2024 yildagi 49-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan yangi innovatsion ortodontik apparat konstruksiyasi va turli ortodontik apparatlarni qiyosiy baholash asosida yuqori tish qatori torayishini ortodontik davolashning samarali protokolini tuzish imkoniyati yaratildi. Bu ortodont ishi samaradorligini oshirib, tashriflar sonini va shifokor qabuliga ketadigan vaqtni 2-2,5 barobar qisqartirdi. Iqtisodiy samaradorligi: MSE, Hyrex, Marco Rossa, Xaas va boshqa turli ortodontik kengaytiruvchi apparatlarning ish samaradorligi va narxini qiyosiy baholash asosida yangi innovatsion olinmaydigan apparat murakkab mexanizmlar, mikroimplantlar, vintlarning yo‘qligi tufayli iqtisodiy jihatdan samaraliroq ekanligi aniqlandi. Qurilma tarkibida arzon magnit mavjudligi hisobiga har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 400000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 250000 so‘m tejash imkoniyati yaratildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda yuqori jag‘ tish qatorining torayishini davolash uchun turli ortodontik apparatlarni qo‘llash va ularni qiyosi taxlil qilish natijasidai tish-jag‘ anomaliyasining shakliga (skeletal yoki tish-al`veolyar), bolaning yoshiga, yuz tuzilishi belgilariga, anomaliyaning og‘irlik darajasiga bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha“Yuqori jag‘ tish qatorlari torayishini olinmaydigan apparatlar yordamida ortodontik davolash” (TDSI Ekspert kengashining 2023 yil 31 maydagi 04-p/49-sonli xulosasi) va “Bolalarda yuqori jag‘ tish qatorlari torayishini tashxislash va davolash usullari” (TDSI Ekspert kengashining 2023 yil 31 maydagi 04-p/50-sonli xulosasi) mavzularida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu tavsiyalar stomatolog, umumiy amaliyot shifokorlari va ortodont shifokorlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurti ortodontiya yo‘nalishi talabalari amaliy faoliyatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ular Andijon viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi (24.05.2024 yildagi 27-sonli buyruq), Toshkent shahridagi 5- va 2-bolalar stomatologiya poliklinikalari hamda TDSI klinikasi stomatologiya poliklinikasi (15.04.2024 yildagi 49-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ortodontik davolashda tish qatorlarining to‘g‘ri jipslashuviga erishish uchun olinmaydigan va olinadigan ortodontik apparatlarning turli xillarini qiyosiy o‘rganish dinamikada davolashning barqaror natijalariga erishish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: kengaytiruvchi ortodontik apparatlar turini to‘g‘ri tanlash nafaqat davolash natijalarini yaxshilashga, balki davolash muddatlarini sezilarli darajada qisqartirish hisobiga byudjet mablag‘laridan 340000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 260000 so‘m tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish