Davlatov Sanjar Abdimannonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Biznes muhitini rivojlantirish va samarali boshqarishni tashkil etish (qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4230 
Ilmiy rahbari: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori professor Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor Xasanov Toxir Abdurashidovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabini
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlar biznes muhitini rivojlantirish va samarali boshqarish yo‘nalishlarini tadqiq etish asosida ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarning qisqa (1 yilgacha), o‘rta (1 yildan 5 yilgacha) va uzoq (5 yildan 10 yilgacha) davrdagi investisiya loyihalarini baholashning “hududlar foydalilik indeksi”ni ishlab chiqish orqali biznes faoliyati uchun davlat tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar bo‘yicha “yashil biznes” ustunlik mavqeini qo‘llash taklifi asoslangan;
hududlar biznes va iqtisodiy mavqeini yaxshilashning “tovar-bozor-hudud-biznes” zanjirida risklarni boshqarish uslubini ishlab chiqish asosida hudud biznes faoliyatiga jalb qilinayotgan investisiyalar samaradorligini oshirishning (25% ≤ IS ≤ 30%) miqdoriy chegarasi asoslangan;
hududlar biznes muhitini rivojlantirish bo‘yicha hududning biznes salohiyati darajasini aniqlash uslubini ishlab chiqish asosida Qashqadaryo viloyati hududlarining biznes salohiyatining yuqori (A=10 ball), o‘rta (B=6 ball) va past (C=2 ball) qiymatlari aniqlangan; 
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha investisiyalarning biznes salohiyatiga ta’sirining ko‘p omilli korrelyasion modellari asosida hudud biznes muhiti rivojlanishining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Hududlar biznes muhitini rivojlantirish va samarali boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
hududlarning qisqa (1 yilgacha), o‘rta (1 yildan 5 yilgacha) va uzoq (5 yildan 10 yilgacha) davrdagi investisiya loyihalarini baholashning “hududlar foydalilik indeksi”ni ishlab chiqish orqali biznes faoliyati uchun davlat tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar bo‘yicha “yashil biznes” ustunlik mavqeini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 apreldagi 04-07-27-4368-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan yashil biznes vakillari haqida umumiy ma’lumotlar bazasining shakllanishiga, ulardan keng foydalana olish imkoniyatining yaratilishi orqali 2024 yilning 1-yarmida investisiyalar jozibadorligining 13,5 foizga o‘sishini ta’minlagan;
hududlar biznes va iqtisodiy mavqeini yaxshilashning “tovar-bozor-hudud-biznes” zanjirida risklarni boshqarish uslubini ishlab chiqish asosida hudud biznes faoliyatiga jalb qilinayotgan investisiyalar samaradorligini oshirishning (25% ≤ IS ≤ 30%) miqdoriy chegarasiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 apreldagi 04-07-27-4368-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida potensial va istiqbolli investorlar o‘rtasida sog‘lom raqobatning o‘sishiga erishilgan hamda potensial va istiqbolli investorlarning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari 14 foizga yaxshilanishi asosida ularning yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ishtiroki 7,6 foizga, o‘zlashtirilgan investisiyalardagi ishtiroki 12,4 foizga oshgan;
hududlar biznes muhitini rivojlantirish bo‘yicha hududning biznes salohiyati darajasini aniqlash uslubini ishlab chiqish asosida Qashqadaryo viloyati hududlarining biznes salohiyatining yuqori (A=10 ball), o‘rta  (B=6 ball) va past (C=2 ball) qiymatlarini aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 apreldagi 04-07-27-4368-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdagi viloyatga jalb qilinayotgan investisiyalar samaradorligini oshirish, viloyatda infratuzilmani rivojlantirish, biznes vakillari raqobatbardoshligini oshirish, viloyatda biznes muhitini yaxshilash orqali biznesdagi risklarni kamaytirish hamda hududlarda ish o‘rinlarini yaratish va ishsizlikni kamaytirish yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash biznes muhitini yaxshilashga, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish joylarini tashkil qilishda asos bo‘lib xizmat qilgan hamda Qashqadaryo viloyatiga jalb etilgan xorijiy investisiyalar hajmini 2024 yilning 1-yarmida 7,8 foizga oshishini ta’minlagan;
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha investisiyalarning biznes salohiyatiga ta’sirining ko‘p omilli korrelyasion modellari asosida hudud biznes muhiti rivojlanishining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 apreldagi 04-07-27-4368-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifda turli omillarning o‘zaro aloqadorligini tadqiq etishning yangi konseptual sxemasi asosida biznes muhitini samarali boshqarishning uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlari tizimi Qashqadaryo viloyati hududlar biznes taraqqiyotining 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlarini ishlab chiqish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish