Karimboev Dilshod Davronbek o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada transport tarmoqlarini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya  mavzusi  ro‘yxatga  olingan  raqam: B2025.1.PhD/Iqt5182.
Ilmiy rahbar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03. 
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot  fanlari  doktori, professor; Xodjaniyozov Elbek Sardorovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotida barqaror transport tizimlarini yaratish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa transport tarmoqlarini barqaror rivojlantirishda “transport barqarorligi indeksi” (sustainable transportation index) ni “past (0-33,3)”, “o‘rta (33,3-66,6)”, “yuqori (66,6-100)” intervallar yordamida baholash taklif etilgan; 
mintaqaning barqaror iqtisodiy o‘sishiga taʼsir qiluvchi transport tarmoqlaridagi barqarorlik amaliyotlari (sustainability practice), jamoat xavfsizligi (public safety), ish o‘rinlarini yaratish (job creation) hamda yoqilg‘i samaradorligi (fuel efficiency) omillarining bevosita ijobiy taʼsir ustuvorligini tavsiflovchi SEM (Structural Equation Model) modeli taklif etilgan; 
Urganch shahrida elektr avtobuslari, Xiva shahrida elektro-shattle avtobuslari, Gurlan tumanida kichik sig‘imli elektro avtobuslar hamda Xonqa tumanida quyosh energiyali mikroavtobuslarga ixtisoslashtirilgan klaster korxonalarini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqa transport tarmoqlari rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
mintaqa transport tarmoqlarini barqaror rivojlantirishda “transport barqarorligi indeksi” (sustainable transportation index) ni “past (0-33,3)”, “o‘rta (33,3-66,6)”, “yuqori (66,6-100)” intervallar yordamida baholash taklifi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 26-noyabrdagi “Hududlarda jamoat infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 757-sonli qarorni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 14-iyundagi 02-4-09/5988-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi mintaqada mahsulot va xizmatlarning tez va ishonchli etkazib berishni ta’minlab, logistika samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
mintaqaning barqaror iqtisodiy o‘sishiga taʼsir qiluvchi transport tarmoqlaridagi barqarorlik amaliyotlari (sustainability practice), jamoat xavfsizligi (public safety), ish o‘rinlarini yaratish (job creation) hamda yoqilg‘i samaradorligi (fuel efficiency) omillarining bevosita ijobiy taʼsir ustuvorligini tavsiflovchi SEM (Structural Equation Model) modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 9-apreldagi “Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 166-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 14-iyundagi 02-4-09/5988-son ma’lumotnomasi). Ushbu modeldan foydalanish natijasida yo‘lovchilar xavfsizligi ta’minlanib, elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini 11-14 % ga oshgan; 
Urganch shahrida elektr avtobuslari, Xiva shahrida elektro-shattle avtobuslari, Gurlan tumanida kichik sig‘imli elektro avtobuslar hamda Xonqa tumanida quyosh energiyali mikroavtobuslarga ixtisoslashtirilgan klaster korxonalarini tashkil qilish taklifi Xorazm viloyati hokimligining 2023-yil 26-dekabrdagi “Tramvay va trolleybus transportida yo‘lovchilarni tashish tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 664-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 14-iyundagi 02-4-09/5988-son ma’lumotnomasi). Natijada klaster tarkibiga kiruvchi korxonalar sonini 5-10 % ga, yo‘lovchilar sonini 15-20 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan; 
mintaqa transport tarmoqlari rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 9-apreldagi “Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 166-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 14-iyundagi 02-4-09/5988-son ma’lumotnomasi). Mazkur model natijalaridan mintaqa transport tarmog‘ini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish