Nazarov Nodirbek Nazirdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Plevra va mediastinal kasalliklarga chalingan bemorlarda diagnostika va davolash taktikasi usulini tanlashni optimallashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4985.
Ilmiy rahbar: Madazimov Madamin Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Irisov Ortiqali Tulaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xakimov Dilshodbek Mamadalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: videotorakoskopiya usulini qo‘llagan holda plevra va ko‘ks oralig‘i kasalliklarini tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
plevra ekssudatsiyasini bartaraf etish maqadida aseptik yallig‘lanishni chaqirish uchun kombinatsiyalangan intraoperatsion plevrodez usulidan foydalanish kuchli obliteratsiyaga olib kelishiga asoslangan;
mediastinal neoplazmalarini joylashgan joyi, o‘lchami, atrof to‘qimalarga yopishganligi hamda MSKT ma’lumotlarining 3D rekonstruksiyasi va qayta taxrirlashdan keyingi formula asosida torakoportlarni kirish nuqtalari belgilash usuli takomillashtirilgan;
mediastinal neoplazmalarini, ularni atrof to‘qimalardan oson ajratish maqsadida natriy xloridning 0,9% eritmasi yordamida “gidromediastinum” texnikasi ishlab chiqilgan;
klinikada plevra ekssudatsiyasi kasalliklari va mediastinal neoplazmalarni joylashuviga qarab operativ davolash turini tanlashni optimallashtirish bilan tavsiflanuvchi takomillashtirilgan taktik-yondashuvning klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Plevra va mediastinal kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni diagnostikani va davolash natijalarini yahshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: plevra eksudatsiyasi va mediastinal neoplazmalarida aniq tashxislash va davolash uchun videotorokoskopiyada plevrodez va gidromediostinum usullaridan foydalanib olingan materialni ishonchli morfologik natijaga asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 sentyabrdagi 6i-59/u son tasdiqlangan “Plevra va mediastinal kasalliklarga chalingan bemorlarda diagnostika va davolash taktikasi usulini tanlashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif Farg‘ona viloyati 1-shahar tibbiyot markazining 2024 yil 1 dekabrdagi 476-son va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 2024 yil 3 dekabrdagi 476 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: plevra ekssudatsiyasi bilan bemorlarga tashxis qo‘yishda VTS dan foydalanib morfologik verifikatsiya qo‘llanilganda tashxis qo‘yish vaqtini qisqartiradi, davolashni tezroq amalga oshirib, bemorlarning morfologik verifikatsiyaga asoslangan xolda davolash taktikasini ishlab chiqishiga imkon beradi. Bunda solishtirma guruhlarida morfologik verifikatsiya asosida aniq tashxis qo‘yish 15,1±7,9 kun tashkil qilgan bo‘lsa, asosiy guruhlarda bu ko‘rsatkich gistologik ma’lumotni olgganligi bilan 5,1±0,9 kunni tashkil etdi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemorning 1 kunlik davolanishga ketgan dori-darmon, oziq ovqat mahsulotlari va tibbiy ashyolar uchun jami 547000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemorni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish 1094000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: plevra ekssudatsiyasi bilan og‘rigan bemorlarning aniq tashxis qo‘yish uchun shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=52) 28444000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: plevra ekssudatsiyasini bartaraf etish uchun taklif qilingan kombinatsiyalangan intraoperatsion plevrodez usuli Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 sentyabrdagi 6i-59/u son tasdiqlangan “Plevra va mediastinal kasalliklarga chalingan bemorlarda diagnostika va davolash taktikasi usulini tanlashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan, hamda "Plevra kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni diagnostika qilish va davolash usuli" (ixtiro uchun patent 2025 yil 9 yanvardagi № DGU 47001) tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif Farg‘ona viloyati 1-shahar tibbiyot markazining 2024 yil 1 dekabrdagi 476-son va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 2024 yil 3 dekabrdagi 476 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Plevra ekssudatsiyasi davolashning taklif etilayotgan usuli asoratlar sonini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga va ularni reabilitatsiya qilish vaqtini qisqartirishga va qaytalanish xavfini kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan usuldan foydalanish asoratlarni oldini olishga hamda ekssudatsiyani qaytalanish xavfini kamaytirish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Drenaj naychalarni plevra bo‘shlig‘ida qolish muddati solishtirma guruhlarda 14,2±1,3:4/31 kun tashkil etgan bo‘lsa, asosiy guruhlarda bu ko‘rsatkich 4,0±0,25:2/11 kun tashkil etgan. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 547000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 547000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan usul kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartiradi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu usul qo‘llanilgan 32 nafar bemorlarda 1 kun uchun 17504000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi;
uchinchi ilmiy yangilik: mediastinal neoplazmalarda VTS operatsiyalarini o‘tkazish uchun torakoport nuqtalarni tanlash nafaqat o‘simtaning o‘lchamiga, o‘smaning atrof to‘qimalarga o‘sib kirish belgilariga, shuningdek, xosilaning lokalizatsiyasiga asoslanishi bilan birga, torakoportni kiritish nuqtalarini tanlashda MSKT ma’lumotlarini 3D rekonstruksiya qilish va qayta taxrirlashdan keyingi modellashtirishga tayanish kerakligi aniqlandi. Oldingi va orqa mediastinal neoplazmalarida o‘simtani VTS yordamida olib tashlashda “gidromediastinum” usulidan foydalanish usuli Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 sentyabrdagi 6i-59/u son tasdiqlangan “Plevra va mediastinal kasalliklarga chalingan bemorlarda diagnostika va davolash taktikasi usulini tanlashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan, hamda "Mediastinal kasalliklarga chalingan bemorlarni tashxislash va davolash usuli" (ixtiroga patent 2025 yil 9 yanvardagi DGU 47002-son) bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif Farg‘ona viloyati 1-shahar tibbiyot markazining 2024 yil 1 dekabrdagi 476-son va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 2024 yil 3 dekabrdagi 476 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: mediastinal neoplazmalarini VTS yordamida bartaraf etishda ishlab chiqilgan usulni qo‘llash amalga oshiriladigan tashrix xajmi va usulini to‘g‘ri rejalashtirishga, natijada asoratlar sonini kamaytirishga va davolash sifatini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: mediastinal neoplazmalari bilan og‘rigan 1 nafar bemorning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon uchun jami 382000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemorni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish dori-darmon xarajatlari hisobiga 764000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: mediastinal neoplazmalari bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish dori-darmon xarajatlari hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=31) 22920000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: plevra ekssudatsiyasi va mediastinal neoplazmalari bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning og‘irligi, yondosh kasalliklari hamda xosilaning joylashgan joyi va qo‘shni a’zolarga o‘sib kirishini xisobga olgan xolda tashxislash va davolash turini tanlashni optimallashtirish bilan tavsiflanuvchi takomillashtirilgan taktik-yondashuvning klinik samaradorligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 sentyabrdagi 6i-59/u son tasdiqlangan “Plevra va mediastinal kasalliklarga chalingan bemorlarda diagnostika va davolash taktikasi usulini tanlashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif Farg‘ona viloyati 1-shahar tibbiyot markazining 2024 yil 1 dekabrdagi 476-son va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 2024 yil 3 dekabrdagi 476 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: plevra va mediastinal kasalliklarida tashxistash va davolash chara tadbirlarini ishlab chiqilgan optimal algoritmi va takomillashtirilgan yondashuvni qo‘llash tashrixdan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirishga, xayot sifatini oshirishga, shuningdek o‘lim holatlari chastotasini pasaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan algoritm va yondashuvdan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 547000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 547000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan algoritm va yondashuvdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu yondashuvlar qo‘llanilgan 83 nafar bemorlarda 1 kun uchun 45401000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi.