Tadjieva Umida Faxritdinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Arab va o‘zbek tillaridagi maqollarning lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil4208
Ilmiy rahbar: Nasirova Malika Anvarovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oriental universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Shomusarov Shorustam G‘iyosovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Bibish Muhsinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arab va o‘zbek tillaridagi maqollarning lingvomadaniy xususiyatlarini chog‘ishtirma aspektda o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paremiologiya va maqollar tadqiqiga oid bir necha ilmiy-nazariy bazalar jamlandi, ular asosida maqollarni paremiologik birliklardan farqlash mezonlari keltirildi, maqollar asosida yuzaga keladigan semantik chegaralar yoritildi;
ilmiy tadqiqot doirasida jalb etilgan arab va o‘zbek tillaridagi xalq maqollari semantikasiga ko‘ra bir necha mavzuiy guruhlarga ajratildi, adabiy tildagi maqollar bilan birga, shevadagi maqollarning ham xalq hayotida muhim o‘rin egallashi dalillandi;
arab va o‘zbek tillaridagi semantik jihatdan umumiy va farqli bo‘lgan xalq maqollari tahlil qilindi. Unga ko‘ra har ikki xalqda diniy e’tiqodga oid va zoomorfik maqollar mushtarak ekanligi, geografik joylashuv, ijtimoiy tuzum va ranglarga oid maqollar farqliligi aniqlandi.
arab va o‘zbek tillarida mavjud ayollar, qarindosh-urug‘chilik va diniy mavzulardagi maqollar o‘rganilganda, oiladagi patriarxal munosabatlar, kattalarga bo‘ysunish kabi mushtarak jihatlar ochiqlandi, maqollarda o‘ziga xos leksik birliklar va madaniy obrazlarning ifodalanishi kabi farqli xususiyatlar aniqlandi, hamda ularning shakllanishining ijtimoiy hayot va an’analar bilan bog‘liq tarixiy asoslari dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arab va o‘zbek xalq maqollari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arab va o‘zbek tilidagi ayollar, qarindosh-urug‘chilik hamda diniy mavzulardagi xalq maqollarida xalq hayoti, urf-odatlari, diniy e’tiqodi kabi milliy-madaniy xususiyatlaridan olingan fikrlaridan Toshkent islom institutida foydalanilgan (O‘zbekiston Musulmonlar idorasining 03-12-2024 yildagi 02-03/3012-son ma’lumotnomasi). Natijada maqollar har ikki xalqning milliy-madaniy xususiyatlarini, olamning lisoniy manzarasini aks ettiruvchi asosiy namunalarini qo‘llash orqali xalq mentalitetini aks ettirishi masalalari o‘z echimini topgan;
arab va o‘zbek tillaridagi ayollar, qarindosh-urug‘chilik hamda diniy mavzulardagi maqollarning semantik tuzilishi ochib berilgan va ularning oiladagi patriarxal munosabatlar kabi mushtarak, oʻziga xos madaniy obrazlarning ifodalanishi kabi farqli xususiyatlaridan olingan natijalaridan 2020-2021- yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzscha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 21-10-2024 yildagi 1/04-132-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha arab va o‘zbek xalq maqollarida kelgan terminlar bilan boyitilgan;
arab va o‘zbek tillarida mavjud ayollar, qarindosh-urug‘chilik va diniy mavzulardagi ayrim maqollarning shakllanishining ijtimoiy hayot va an’analar bilan bog‘liq tarixiy asoslari orqali dalillangan ilmiy-nazariy fikrlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi davlat muassasasining 13-09-2024 yildagi 02-25-10.11-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ashyoviy bazasi mustahkamlangan hamda o‘zbek teleauditoriyasi uchun arab xalq maqollarining o‘ziga hos jihatlari bo‘yicha yangi ma’lumotlarni olishga xizmat qilgan.