Nazarova Afzuna Rahimovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Hozirgi zamon dariy adabiyotida “yangi she’r” genezisi va shakllanish jarayonlari (Boriq Shafeiy va Partav Nodiriy she’riyati misolida)”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2507
Ilmiy rahbar: Mannonov Abdurahim Mutalovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaeva Ra’no Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Shoalieva Nargiza Kahramanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Afg‘onistonda “she’r-e nav” (“yangi she’r”)ning genezisi, shakllanishi va taraqqiy topishi, uning turlari va janr xususiyatlari Boriq Shafeiy va Partav Nodiriy she’riyati misolida yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asrning birinchi choragidan 50-yillarigacha bo‘lgan davrda dariyzabon yangi she’riyatning yuzaga kelishi va taraqqiyoti hamda 50-yillaridan hozirgacha bo‘lgan davr she’riyatida an’anaviylik bilan o‘zaro raqobati jarayonlarida ijtimoiy-siyosiy va madaniy hodisalarning o‘rni ko‘rsatilgan;
50-yillardan jadal shakllanib rivojlanish jarayoniga o‘tgan “she’r-e nav” yuzasidan tadqiqotlar tahlili natijasida dariyzabon “she’r-e nav”ga xos bo‘lgan mavzular doirasi, shakli, badiiy-stilistik masalalari, misralarning joylashuvi, qofiya tizimi, takroriy so‘zlar va urg‘u kabi xususiyatlar aniqlangan;
Boriq Shafeiy ijodi misolida XX asrning 50-yillari dariyzabon adabiyoti she’riyatida ma’rifatparvarlik, vatanparvarlik, ijtimoiy-siyosiy mavzularning aks etishi, an’anaviy va “she’r-e nav” yo‘nalishida yozilgan she’rlarning shakl va mazmun xususiyatlari, leksik, badiiy-tasviriy va uslubiy vositalari asoslangan;
dariyzabon “yangi she’r”ning 70-yillardan keyingi davrida an’anaviylik va novatorlikda shakl o‘zgarishlari, she’rlarda erkin vazn, qofiyaning nomuntazam qo‘llanishi yoki qo‘llanilmasligi, satr va bandlarning turlicha miqdori, so‘zlardagi urg‘u, inversiya, takrorlarning ahamiyati va ramzlarni ifodalashda shoirning individual uslubi Partav Nodiriy she’riyati misolida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Hozirgi zamon dariy adabiyotida “yangi she’r” genezisi va shakllanish jarayonlari (Boriq Shafeiy va Partav Nodiriy she’riyati misolida)” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari va olingan xulosalar asosida:
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy-ma’rifiy tadbirlarida, she’riyat kengashi yig‘ilishlarida, yosh ijodkorlar to‘garagi mashg‘ulotlarida foydalanildi. (O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining 2025 yil 17 fevraldagi 01-03/88-son ma’lumotnomasi). Natijada Afg‘oniston “yangi she’r”i, uning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, Afg‘oniston shoirlari ijodida “yangi she’r”ning tutgan o‘rni, shoirlarning she’rlari bilan o‘zbek o‘quvchilarini yaqindan tanishtirildi.
“Hozirgi zamon dariy adabiyotida “yangi she’r” genezisi va shakllanish jarayonlari (Boriq Shafeiy va Partav Nodiriy she’riyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiyaning amaliy natijalari 2023 yil 11 iyundagi 26 IB qarori bilan tashkillashtirilgan “Adabiyotshunoslik terminlar lug‘ati” (sharq tillari kesimida”) mavzusidagi amaliy loyihasining dariy adabiyoti atamalarini shakllantirishda qo‘llangan. (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025 yil 1 maydagi 01-04-02/1214-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalariga tayangan holda “yangi she’r”, oq she’r, mansur she’r, erkin she’r, “mavj-e nav” kabi she’r turlari va tazod, tashbeh, talmeh kabi badiiy tasvir vositalari lug‘atdan joy olgan.
“Hozirgi zamon dariy adabiyotida “yangi she’r” genezisi va shakllanish jarayonlari (Boriq Shafeiy va Partav Nodiriy she’riyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiyaning natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Bedorlik”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlarida (2024 yil dekabr` oyida) foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025 yil 4 fevraldagi 05-08-98-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqlar o‘rtasidagi madaniyatlararo muloqotlarda tarjimalarni radio orqali efirga uzatish davomida dissertatsiyadan olingan she’rlar va ularning tahlili ijodkorlar uchun ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan.