Ibragimov Murodjon Boxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi (himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlarlar tashkilotlarining kommunikativ faoliyatini takomillashtirishda PR texnologiyalar” 22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/S105.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Sotsiologiya fanlari doktori, professor v.b Seitov Azamat Pulatovich, Sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent Norbekov Anvar Shamuradovich
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yoshlar tashkilotlarining kommunikativ faoliyatini takomillashtirishda PR texnologiyalarning rolini oshirishga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ommaviy ongga ijtimoiy ahamiyatga ega ijobiy g‘oyalar va xulq-atvor munosabatlarini joriy etish, insonparvarlik qadriyatlarini ommalashtirishda sotsial PR texnologiyalar (ijtimoiy muammolar, loyihalar, dasturlar, jamoat tashkilotlariga e’tiborni jalb qilish vositasi)ning joriy etilishi jamiyat taraqqiyotining katalizatori ekanligi sotsiologik asoslantirilgan;
jamiyatda yoshlarning o‘zaro kommunikativligini oshirishda yangi interaktiv sotsial PR texnologiyalar asosida tashkilotlarga netvorking (foydali va ishonchli) vositalarini qo‘llash orqali inson resurslarini boshqarishga yo‘naltirilgan smart PR texnologiyalariga o‘tishi dalillangan;
jamoatchilik fikrida sog‘lom ijtimoiy kayfiyatni sotsial PR texnologiyalar orqali qo‘llab-quvvatlash negizida ijobiy axborot maydonining shakllanishi, inklyuzivlikni qamrab olishga asoslangan qobiliyatli yoshlar auditoriyasini yetakchi ish beruvchi tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatilishiga erishilishi ko‘rsatib berilgan;
yoshlar tashkilotlarining kommunikativ faoliyatini sotsial PR texnologiyalar orqali takomillashtirishda raqamli platformalarning (maqsadli auditoriya bilan ishonchli munosabat o‘rnatish, jamoatchilik fikrini tahlil qilish, auditoriya talab va manfaatlariga mos keladigan kontent ishlab chiqish va uni tarqatishda media vositalaridan malakali foydalanish) rivojlanishiga erishilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi yoshlar tashkilotlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirishda PR texnologiyalar tahlilini tadqiq etish asosida:
ommaviy ongga ijtimoiy ahamiyatga ega ijobiy g‘oyalar va xulq-atvor munosabatlarini joriy etish, insonparvarlik qadriyatlarini ommalashtirishda sotsial PR texnologiyalar (ijtimoiy muammolar, loyihalar, dasturlar, jamoat tashkilotlariga e’tiborni jalb qilish vositasi)ning joriy etilishi jamiyat taraqqiyotining katalizatori ekanligi sotsiologik asoslantirilganligidan Ijtimoiy fikr Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2023-yil aprel oyidagi “O‘zbekiston yoshlari, o‘zi va vatanparvarlik haqida” loyihasi doirasida foydalanilgan (Ijtimoiy fikr Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi 2023-yil 14-dekabrdagi (№ 01-16-241 sonli bayoni). Natijada, yoshlar tashkilotlarining yoshlar ommasi faoliyatiga ta’sirini empirik o‘rganish sharoitlari yaxshilandi, shuningdek, yoshlar tashkilotlari orasida sog‘lom raqobat asosida faoliyat olib borishni targ‘ib qilish dinamikasi oshdi;
jamiyatda yoshlarning o‘zaro kommunikativligini oshirishda yangi interaktiv sotsial PR texnologiyalar asosida tashkilotlarga netvorking (foydali va ishonchli) vositalarini qo‘llash orqali inson resurslarini boshqarishga oid xulosalari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining V band 10-qadami dasturiga kiritildi (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2024-yil 18-noyabrdagi №6-472 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, faol yoshlar auditoriyasini kengaytirishga erishildi, yoshlarning sifatli ta’lim olishiga, ularning intellektual salohiyatini ijobiy o‘zgartirishga doir vazifalar amalga oshirildi;
jamoatchilik fikrida sog‘lom ijtimoiy kayfiyatni sotsial PR texnologiyalar orqali qo‘llab-quvvatlash negizida ijobiy axborot maydonining shakllanishi, inklyuzivlikni qamrab olishga asoslangan qobiliyatli yoshlar auditoriyasini yetakchi ish beruvchi tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatilishiga erishishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining dasturiy faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 27-noyabrdagi № 4-13-21-3458-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Yoshlar tashkilotlariga ularning faoliyatida sotsial PR texnologiyalarni tezkor joriy etish, yoshlar ommasida aloqa va muloqot madaniyatini yaxshilashga qaratilgan dasturiy ko‘rsatmalar etkazib berish yaxshilandi;
yoshlar tashkilotlarining kommunikativ faoliyatini sotsial PR texnologiyalar orqali takomillashtirishda raqamli platformalarning (maqsadli auditoriya bilan ishonchli munosabat o‘rnatish, jamoatchilik fikrini tahlil qilish, auditoriya talab va manfaatlariga mos keladigan kontent ishlab chiqish va uni tarqatishda media vositalaridan malakali foydalanish) rivojlanishiga erishish empirik isbotlanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida ijobiy amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 27-noyabrdagi № 4-13-21-3458-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tashkilot faoliyati doirasida foydalanilgan sotsiologik tadqiqotlar so‘rovnomasi O‘zbekistondagi yoshlar tashkilotlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirishda PR texnologiyalar hamda raqamli vositalardan malakali foydalanishga aniq samaraga olib keldi.