Valieva Aziza Anvar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Moyli ekinlar etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida marketing tadqiqotlaridan foydalanish”, 08.00.11- “Marketing”, 08.00.04- “ Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1823
Ilmiy rahbari Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akramov Toxir Abdurahmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Mengliqulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Moyli ekinlar etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida marketing tadqiqotlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “marketing tadqiqotlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bozor ishtirokchilarining (ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, vositachi) talab va ehtiyojlarini aniqlash, mahsulotlar va xizmatlarning raqobatbardoshligi, bozor sig‘imi va tendensiyalarini baholash, marketing qarorlari va strategiyalarini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ishonchli, ob’ektiv hamda tizimli ravishda yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan nazariy-amaliy tadbirlar majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
moyli ekinlar ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklarida marketing tadqiqotlaridan foydalanish jarayonlari samaradorligini oshirishda talab tendensiyasi (TT = 0,25), bozordagi raqobatning holati va xususiyatlari (BR = 0,22), asosiy raqobatchilar va ularning faoliyat yo‘nalishlari (AR = 0,19), kompaniyaning boshqaruv resurslari va imkoniyatlari (BRI = 0,34) omillarining maqbul me’yoriy chegaralari asoslangan;
moyli ekinlar ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari bilan iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni kompleks tahlil qilishda marketing tadqiqot jarayonining samaradorligi ishlab chiqarish hajmi (IChH = 12%) hamda iste’molchilarning qoniqish darajasi (IQD = 18%)ning o‘sishi orqali ifodalanuvchi imkoniyatini kengaytirish hamda jarayonlarning to‘liq, mantiqiy va bosqichma-bosqich tavsifini ta’minlash asoslangan;
o‘simlik moyi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va savdosi, ishlab chiqaruvchi korxonalar va ularda band bo‘lgan xodimlar soni, o‘simlik moyi sanoatiga ajratilgan investisiyalar omillarining ta’sirini hisobga olgan holda O‘zbekistonda o‘simlik moyi mahsulotlari qiymatining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moyli ekinlar etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida marketing tadqiqotlaridan foydalanishni takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “marketing tadqiqotlari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini bozor ishtirokchilarining (ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, vositachi) talab va ehtiyojlarini aniqlash, mahsulotlar va xizmatlarning raqobatbardoshligi, bozor sig‘imi va tendensiyalarini baholash, marketing qarorlari va strategiyalarini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ishonchli, ob’ektiv hamda tizimli ravishda yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan nazariy-amaliy tadbirlar majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ishlanmalar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Marketing va marketing menejmenti» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 28-avgustdagi 272-son buyrugʻiga tasdiqlangan 272-17-sonli guvohnoma). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, «Marketing va marketing menejmenti» fanini o‘qitish jarayonida tahlil nuqtai nazaridan kelib chiqib shakllantirilgan marketing tadqiqotlari tushunchasidan foydalanish imkoni yaratilgan;
moyli ekinlar ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklarida marketing tadqiqotlaridan foydalanish jarayonlari samaradorligini oshirishda talab tendensiyasi (TT = 0,25), bozordagi raqobatning holati va xususiyatlari (BR = 0,22), asosiy raqobatchilar va ularning faoliyat yo‘nalishlari (AR = 0,19), kompaniyaning boshqaruv resurslari va imkoniyatlari (BRI = 0,34) omillarining maqbul me’yoriy chegaralaridan foydalanish taklifi Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Boybo‘ta” hamda “Olovuddin omad” fermer xo‘jaliklari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tizimidagi moyli ekinlar etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari faoliyatiga joriy etilgan (Toshkent viloyati Bekobod tumani “Boybo‘ta” fermer xo‘jaligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 2-son, “Olovuddin omad” fermer xo‘jaligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 3-son, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 01 noyabrdagi 06/24-son ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi, moyli ekinlar mahsulotlari etishtirishning doimiy monitoringini o‘tkazish maqsadida bozorda marketing tadqiqotlarini tashkil etishning umumlashtirilgan va tizimlashtirilgan usullarini qo‘llash hamda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning panel tadqiqotlarini tanlash va undan foydalanish imkonini bergan;
moyli ekinlar ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari bilan iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni kompleks tahlil qilishda marketing tadqiqot jarayonining samaradorligi ishlab chiqarish hajmi (IChH = 12%) hamda iste’molchilarning qoniqish darajasi (IQD = 18%)ning o‘sishi orqali ifodalanuvchi imkoniyatini kengaytirish hamda jarayonlarning to‘liq, mantiqiy va bosqichma-bosqich tavsifini ta’minlash taklifi Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Boybo‘ta” hamda “Olovuddin omad” fermer xo‘jaliklari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tizimidagi moyli ekinlar etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari faoliyatiga joriy etilgan (Toshkent viloyati Bekobod tumani “Boybo‘ta” fermer xo‘jaligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 2-son, “Olovuddin omad” fermer xo‘jaligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 3-son, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 01 noyabrdagi 06/24-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi, moyli ekinlar etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va iste’molchi o‘rtasidagi aloqani batafsil tahlil qilish va jarayonning to‘liq tavsifini olish imkonini beruvchi marketing tadqiqot jarayonining SADT modelini qo‘llash imkonini bergan;
o‘simlik moyi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va savdosi, ishlab chiqaruvchi korxonalar va ularda band bo‘lgan xodimlar soni, o‘simlik moyi sanoatiga ajratilgan investisiyalar omillarining ta’sirini hisobga olgan holda O‘zbekistonda o‘simlik moyi mahsulotlari qiymatining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 01 noyabrdagi 06/24-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, respublikada o‘simlik moyi mahsulotlari qiymatining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.