Ishankulov Alisher Farmonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft kimyosi va biotibbiyot uchun gibrid kvant nuqtalari asosida lyuminessent nanomarkerlar sintezi hamda tadqiqi», 02.00.04 - Fizik kimyo, 02.00.12 - Nanokimyo, nanofizika, nanotexnologiya (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/K175. 
Ilmiy maslahatchilar: Galyametdinov Yuriy Genadievich, kimyo fanlari doktori, professor; Muhamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ruzimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Akbarov Hamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ataxanov Abdumutalib Abdupattoevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft kimyosi va biotibbiyot uchun gibrid kvant nuqtalari asosida lyuminessent nanomarkerlar sintezi hamda fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“yadro/qobiq” va “yadro/qobiq/qobiq” tuzilishga ega bo‘lgan kvant nuqtalarni olishning bir bosqichli usuli ishlab chiqilgan;
triplet ZnSe/ZnS/ZnS tuzilmalarning mono va gibrid tizimlarga nisbatan yuqori intensiv fotolyuminessensiya xossasiga ega ekanligi isbotlangan; 
kvant nuqtalarining morfologik va fizik-kimyoviy parametrlarini o‘zgartirish orqali ularning lyuminessent samaradorligini 17% dan 89 %gacha ortishi aniqlangan;
ilk bor gibrid CdSe/ZnS, CdSe/CdS, ZnSe/ZnS, triplet CdSe/CdS/ZnS, CdSe/ZnS/ZnS, “ZnSe/ZnS/ZnS+stabilizator” tizimli kvant nuqtalar klasterlarining barqarorligi hamda optik-o‘lcham xossalari aniqlangan;
gibrid va triplet tizimli kvant nuqtalarini o‘z ichiga olgan PMMA, PFO, PVX matrisali yupqa qatlamli nanokompozit materiallar olingan; 
sintez qilingan gibrid va triplet kvant nuqtalari asosida dori tashuvchi nano-tizimlar hamda neft oqimi yo‘nalishini aniqlash uchun markerlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neft kimyosi va biotibbiyot uchun gibrid va triplet kvant nuqtalari sintezi asosida lyuminessent nanomarkerlar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kolloid kvant nuqtalar olish usuli “BioXimMak” korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“BioXimMak” korxonasining (Rossiya) 2025 yil 25 maydagi 93/77-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dori preparatlarining sifatini sezilarli darajada oshirishga va ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishga imkon yaratilgan;
“in vitro” biologik muhitdagi usuli “Xinjiang Shafiya Biotexnology Co. Ltd.” korxonasida amaliyotga joriy etilgan (Xinjiang Shafiya Biotexnology Co. Ltd, korxonasining (Xitoy) 2025 yil 15 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada, kvant nuqtalar antimikrob vosita sifatida qo‘llanish imkoni yaratilgan; 
kvant nuqtalarning kolloid sintez usuli «O‘zbekneftgaz» AJ ga qarashli «Muborak gazni qayta ishlash zavodi»da amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2025 yil 22 iyuldagi 981/G‘K-07-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kondensat oqimi yo‘nalishini nazorat qilish imkonini bergan;
tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar xorijdagi 5 ta impakt-faktori yuqori bo‘lgan ilmiy manbalarda foydalanilgan (Journal resuls in optics, 2024, V.16. P.1-7, IF=4,2. Journal Analytica Chimica 2025, V.1345. P.11-27, IF=6,2., Journal Optik 2024, V.311. P.87-98, IF=4,8., Journal of Sol-Gel Science and Technology 2023, V.108. P.66-75, IF=3,2., Journal Analytical Methods-2025, P.1-23, IF=3,7., Journal biomaterials sciense 2025, V.10. P.1-36, IF=5,7). Natijada, turli tarkibli kvant nuqtalar va polimerlar matrisasi asosida nanomarkerlar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish