Akbaraliev Mirzohidjon Abduraxmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «“Erexy miliaris” ilon oqsil gidrolizati texnologiyasini takomillashtirish va uning in’eksion dori shaklini yaratish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi, 03.00.12 - Biotexnologiya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Far142.
Ilmiy rahbarlar: Kamilov Xusan Masudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Inogamov Utkir Kudratullaevich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.04/30.09.2022.Far.134.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixaliqovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshanjon Muratdjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Eryx miliaris” oilasiga mansub ilonlardan biotexnologik usul asosida olingan “Eriksin” substansiyasi texnologiyasini takomillashtirish va immunomodullovchi ta’sirga ega in’eksion dori shaklini olish texnologiyasini yaratish hamda tibbiyot amaliyotiga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor “Eryx miliaris” oilasiga mansub ilonlardan biotexnologik usulda avtoliz vaqtini, rN muxitini, xaroratini substansiya tarkibiga ta’sirini aniqlash asosida “Eriksin” substansiyasi olish texnologiyasini takomillashtirilgan;
ilk marotaba Eriksinning 1% 1ml №5 in’eksiya uchun eritma dori shakli texnologiyasi yaratilgan, dori vositasining cifatini belgilaydigan ko‘pcatkichlap va ctandaptlashtipish ycyllapi ishlab chiqilgan;
oqsil gidrolizati asosidagi in’eksion dori shakli uchun terapevtik ta’sirini saqlab qolgan holda, turg‘unlik va sterillikni ta’minlovchi ilmiy asoslangan tarkib ishlab chiqilgan;
olingan dori vositasining immunitetni rag‘batlantiruvchi farmakologik ta’siri, bezararligi va samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Eryx miliaris” turkumiga mansub ilonlardan biotexnologik usulda “Eriksin” substansiyasi olish texnologiyasi takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Eryx miliaris” turkumiga mansub ilonlardan olingan “Eriksin” bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida Eriksin in’eksiya uchun eritma 1% 1ml №5 dori vositasi “NANO PHARMACEUTICALS” farmatsevtika korxonasi tomonidan korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi” Davlat muassasasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (FSP 42 Uz 25441372-5612-2025). Ushbu me’yoriy hujjatni tasdiqlanishi yuqori samarali immunomodulyator ta’sirga ega dori vositalar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
eriksin in’eksiya uchun eritma 1% 1ml №5 dori vositasi “NANO PHARMACEUTICALS” farmatsevtika korxonasi tomonidan O‘zR SSV huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi” Davlat muassasasida Davlat ro‘yxatidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvoxnoma 2025 yil 7 mart №DV/M 04877/03/25). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi samarali immunomodulyator ta’sirga ega dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi.