Xatamov Xoldorjon Mansurjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homila gemolitik kasalligini tashxislashni va davolashni immunologik jihatlari”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5070.
Ilmiy rahbarlar: Jabborov Ulug‘bek Uzokovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Hamdamova Muhayyoxon To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbaev Rustem Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bishkek Halqaro tibbiyot instituti (Qirg‘iziston Respublikasi). 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: gemolitik kasallikda fetal texnologiyalarni antenatal qo‘llashning immunologik samaradorligini chaqaloqlarda erta neonatal davrda o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rezus immunizatsiyali homiladorlarda IgG1 va IgG3 larni gel mikrousullari yordamida aniqlashni qo‘llash informativligi iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan asosli ekanligi isbotlangan;
antenatal davrda fetal jarroxlik amaliyotlari qo‘llangan rezus immunizatsiyali homiladorlardan tug‘ilgan chaqaloqlarning tug‘ma gumoral immunitet ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi (IgM, IgG, IgA), erta neonatal davrda chaqaloqlarning yallig‘lanish potensialini pasayishi asoslangan; 
rezus nomutanosiblik holatidagi homiladorlarning antenatal davrda homila ichi qon quyish fetal jarroxlik amaliyotlari o‘tkazilishi, gemolitik kasalligi mavjud chaqaloqlarda tug‘ma hujayraviy immunitet ko‘rsatkichlari (CD3+, CD4+, CD8+, CD15+/56+, immunoregulyator indeks) yaxshilanishi, tug‘ma immun tanqis holat rivojlanishi pasayishi ilk marotaba asoslangan;
antenatal davrda homila ichi gemotransfuziyasi o‘tkazilmagan chaqaloqlarning hujayraviy immunitet ko‘rsatkichlarida, xususan, CD3+, CD4+ ko‘rsatkichlarining pasayishi, CD8+ va CD16+/56+ ko‘rsatkichlarining esa ko‘tarilishi kabi jiddiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
«Rezus-immunizatsiyali homiladorlarda homila gemolitik kasalligini homila ichi davolashning immunologik jihatlari» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 10 iyundagi 19/40-son xulosasi olingan.   
birinchi ilmiy yangilik. rezus-immunizatsiyani tashxishlashni yangi gel` mikrousuli yordamida G immunoglobulinlarning IgG1 va IgG3 subklasslarini aniqlash diagnostik va prognostik jihatdan ahamiyatli ekanligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: rezus-immunizatsiya holatida homiladorlarda antirezus antitanalar titrini aniqlash diagnostik va prognostik jihatdan kam ahamiyatli hisoblanib, gel texnologiyalar yordamida rezus immunoglobulinlarning G subklasslarini o‘rganish katta prognostik va diagnostik ahamiyatga ega. Bu o‘z navbatida og‘ir gemolitik kasallik holatlarini oldini olishga, o‘z vaqtida homila ichi amaliyotini boshlashga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: noto‘liq antirezus antitanalarni tekshiruvi uchun o‘rtacha 756000 so‘m mablag‘ sarflanadi va homiladorlik davrida bir necha marotaba o‘tkaziladi. Gel texnologiyasi yordamida rezus immunoglobulinlarning G subklasslarini tekshirish esa homiladorlik davrida faqat bir marotaba o‘tkaziladi hamda 135000 mablag‘ sarfini talab qiladi. Xulosa: diagnostik tadbirlarni takomillashtirish o‘rtacha har bir bemordan 621000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik. Chaqaloqlarda erta neonatal davrda tug‘ma gumoral immunitet ko‘rsatkichlarini o‘rganish, ularning yallig‘lanish potensiali homila ichi qon quyish amaliyotidan keyin pasayishi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: homila ichi qon quyish amaliyotining iqtisodiy samaradorligi gemolitik kasallik bilan tug‘ilgan chaqaloq davolanishi uchun katta sarflarni talab qiladigan, erta neonatal davrda katta miqdorlarda va qayta qon almashtirish amaliyotlarining kamayishi, reanimatsion o‘rinlarda chaqaloqlarning nisbatan kam davolanishi hamda kasallanish va o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan statistik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu holatlar har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 18 736000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘ tejalishi, mukammallashtirilgan davolash jarayonini ta’minladi. Xulosa: antenatal davrda fetal amaliyot o‘tkazilishi homiladorlik muddatlarini cho‘zishga, tug‘adigan ayol uchun psixologik jarohat etkazadigan neonatal kasallanish va perinatal o‘lim holatlarini kamayishiga, va bu o‘z o‘rnida ayollar hayot sifatini yaxshilanishiga olib kelishi orqali yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik. Chaqaloqlarda erta neonatal davrda tug‘ma hujayraviy immunitet ko‘rsatkichlarini o‘rganish, homila ichi qon quyish amaliyotidan keyin tug‘ma immunitet etishmovchiligi holatini kamaytirishi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: gemolitik kasalligi mavjud chaqaloqlarning tug‘ma immunitet ko‘rsatkichlarini statsionar sharoitlarda o‘rganish yo‘li bilan ularning tug‘ruqdan keyingi adaptiv xususiyatlarini va intensiv davo hamda reanimatsion bo‘limlarda nisbatan kam davolanishini ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: gospitalizatsiya uchun sarflanadigan manbalar iqtisod qilindi – statsionarda bir kun yotish sarfi 223500 so‘mni tashkil qiladi (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 nafar bemor uchun 447000 so‘mni tashkil qilgan). Xulosa: gemolitik kasallikda tug‘ma hujayraviy immunitet ko‘rsatkichlarini o‘rganish 447000 so‘m Byudjet mablag‘larini va 269000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilishga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. Gestatsion davrda homila ichi gemotransfuziyasi o‘tkazilmagan chaqaloqlarning hujayraviy immunitet ko‘rsatkichlarida, xususan, CD3+, CD4+ ko‘rsatkichlarining pasayishi, CD8+ va CD16+/56+ ko‘rsatkichlarining esa ko‘tarilishi kabi jiddiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi hamda tug‘ma immuntanqislik holati rivojlanishi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: antenatal davrda fetal amaliyot o‘tkazilmagan holatda, erta neonatal davrda chaqaloqlarda immunologik ko‘rsatkichlarni o‘rganish, rezus-immunizatsiya holatidagi homiladorlikni olib borish strategiyasini to‘g‘ri tanlashga imkon bergan va shu orqali yuqori ijtimoiy samaradorlikka erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilik tatbiq etilguncha homila gemolitik kasalligi mavjud homiladorlarni olib borishda, barvaqt homila gemolitik kasalligining og‘ir, xususan shishli shakllari rivojlanishi ro‘y bergan hamda ushbu homiladorliklar ancha erta muddatlarda to‘xtatilgan. Bu esa o‘z navbatida og‘ir gemolitik kasallik bilan og‘rigan ekstremal kichik vaznli chaqaloqlar dunyoga kelishiga olib kelgan va ayollarni tug‘ruqdan keyingi davolanishi hamda psixologik holatini yaxshilashga 5273000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, tavsiyanoma tatbiq etilgach harajatlar 2564000 so‘mgacha kamaygan. Xulosa: homila gemolitik kasalligida homila ichi qon quyish fetal jarrohlik amaliyotini o‘tkazish, homiladorlik muddatini uzaytirishga va shu bilan birga birmuncha etilgan chaqaloqlarni tug‘ilishiga, ayolning statsionarda nisbatan kamroq qolishiga hamda hayot sifati yaxshilanishiga yordam beradi hamda 2709000 so‘m mablag‘larni tejab iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish