Zaripov Sanjarbek Istamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tizimli sklerodermiyada fibrillarin oqsilining klinik-immunologik ahamiyati” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4046.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanova Nargiza Mirza-Baxtiyarxonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Hamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda fibrillarin oqsili va unga nisbatan hosil bo‘lgan antitanalarning klinik hamda immunologik ahamiyati, kasallik kechishiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli sklerodermiyada fibrillarin va fibrillaringa qarshi antitanalarning ortib borishi negizida tizimli yallig‘lanish jarayoni hamda teri fibrozi avjlanishi aniqlangan;
tizimli sklerodermiyada anti-fibrillarin antitanalarning yuqori darajasi kasallik faollanishining turg‘unligini ta’minlashidagi o‘rni va o‘pka zararlanishi bilan assotsiatsiyasi aniqlangan;
tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda fibrillaringa qarshi antitanalar yuqori darajasining kasallikning og‘ir kechishidagi prognostik ahamiyati asoslangan;
tizimli sklerodermiyada fibrillarin va unga qarshi antitanalarning darajasiga ko‘ra muvofiqlashtirilgan davoning kasallik klinik remissiyalanishini ta’minlanishidagi o‘rni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizimli sklerodermiyada turli kechish shakllarida qon zardobidagi fibrillarin oqsili va anti-fibrillarin antitanalarining klinik, immunologik va bashoratlashdagi ahamiyatini o‘rganish hamda taxlil qilishdagi yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiyada fibrillarin va fibrillaringa qarshi antitanalarning ortib borishi negizida tizimli yallig‘lanish jarayoni va teri fibrozi avjlanishi aniqlangan va Buxoro viloyati Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasi bo‘yicha 10.02.2025 yildagi 814-2-41-TV/2025-sonli buyruq hamda Ibn Sino nomli 1- son shahar klinik shifoxonasi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 77-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda fibrillarin oqsiliga qarshi antitanalarni aniqlash orqali teri fibrozi avjlanishi bashoratlanib, davolash chora-tadbirlari muvofiqlashtirilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda fibrillarin oqsiliga qarshi antitanalarni erta aniqlash teri fibrozi avjlanib borishini erta bashoratlashga imkon bergan va natijada davolash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish orqali bemorlarning mehnat qobiliyatini saqlab qolish va shifoxonada davolanish kunlarini kamaytirib, hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Xulosa: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlar qon zardobida fibrillarin oqsiliga qarshi antitanalarni aniqlash orqali teri fibrozi avjlanib borishi bashoratlangan, bu esa davolash usullarini muvofiqlashtirib, bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini kamaytirish, mehnat qobiliyatini saqlab qolish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiyada anti-fibrillarin antitanalarning yuqori darajasi kasallik faollanishining turg‘unligini ta’minlashidagi o‘rni va o‘pka zararlanishi bilan assotsiatsiyasi aniqlanib, Buxoro viloyati Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasi bo‘yicha 10.02.2025 yildagi 814-2-41-TV/2025-sonli buyruq hamda Ibn Sino nomli 1- son shahar klinik shifoxonasi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 77-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tizimli sklerodermiyada anti-fibrillarin antitanalarining yuqori darajasini o‘z vaqtida aniqlash o‘pka zararlanishini erta bashoratlashga va anti-fibrotik terapiyani muvofiqlashtirib, ijtimoiy faolligini saqlashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda o‘pka zararlanishini erta bashoratlash davolash chora-tadbirlarini o‘z vaqtida boshlashga va muvofiqlashtirishga, bemorlarning shifoxonada davolanish sonini kamaytirib, byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon bergan. Xulosa: tizimli sklerodermiya kasalligida anti-fibrillarin antitanalari bilan kasallikning yuqori faolligi va o‘pka zararlanishi orasidagi bog‘liqlikni bilgan holda, anti-fibrotik terapiyani muvofiqlashtirish tizimli sklerodermiyada bilan kasallangan bemorlarning ijtimoiy faolligini saqlashga, shifoxonada davolanish chastotasini kamaytirib, byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda fibrillaringa qarshi antitanalar yuqori darajasi kasallikning og‘ir kechishidagi prognostik ahamiyati asoslangan va Buxoro viloyati Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasi bo‘yicha 10.02.2025 yildagi 814-2-41-TV/2025-sonli buyruq hamda Ibn Sino nomli 1- son shahar klinik shifoxonasi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 77-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan va fibrillaringa qarshi antitanalar darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarni yuqori xavf guruhiga saralab olish va kompleks davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish orqali bemorlarning hayot sifati va mehnat qobiliyatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan, kasallikning og‘ir kechishi bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi bemorlarda maxsus davolash algoritmlarini ishlab chiqish va davolash-profilaktika tadbirlariga kompleks yondashish natijasida kasallik avjlanishi hamda asoratlar rivojlanishini sekinlashtirish, bemorlarni tashxislash va davolash uchun sarflanadigan byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan. Xulosa: tizimli sklerodermiyali bemorlarda anti-fibrillarin antitanalarining kasallikning og‘ir kechishidagi ahamiyatini aniqlash kompleks davolash choralarini amalga oshirish, bemorlarning hayot sifati va mehnat qobiliyatini yaxshilash hamda bemorlarni tashxislash va davolash uchun sarflanadigan byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni tejab ishlatish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiyada fibrillarin va unga qarshi antitanalarning darajasiga ko‘ra muvofiqlashtirilgan davoning kasallik klinik remissiyalanishini ta’minlanishidagi o‘rni asoslangan va Buxoro viloyati Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasi bo‘yicha 10.02.2025 yildagi 814-2-41-TV/2025-sonli buyruq hamda Ibn Sino nomli 1- son shahar klinik shifoxonasi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 77-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda fibrillarin va fibrillaringa qarshi antitanalar darajasiga ko‘ra davolash usullarini muvofiqlashtirish, zararlanish xavfi yuqori bo‘lgan nishon a’zolarda fibrozga qarshi davo choralarini muvofiqlashtirish orqali kasallikning klinik remissiyasiga erishilgan va bu esa bemorlarning ijtimoiy hayotini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda klinik remissiyaning ta’minlanishi natijasida shifoxonada davolanish sonini va kunlarining qisqarishiga imkon bergan. Xulosa: kasallikning klinik remissiyasiga erishish orqali bemorlarning ijtimoiy hayotini yaxshilash, hayot sifatini oshirishga imkon bergan.