Bozorov Anvar Omanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3742
    Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitet
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kuziev Ravshan Ramazanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq bazasining kengayishi, byudjet tushumlarining oshishi hamda tadbirkorlik faoliyatining yanada shaffof va barqaror soliq muhitida yuritilishini ta’minlash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini hisoblashda soliq davri davomida jami daromadlarining eng kam miqdorlari asoslangan; 
o‘zini o‘zi band qilgan holda faoliyat ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirishda soliq davrida olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan kundan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq rejimini joriy etish taklif etilgan;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlariga mos ravishda hududiy toifalarga ajratish orqali soliq solish tartibini joriy etish taklifi asoslangan;
mehnat bozorining noformal segmentini huquqiy maydonga jalb etish, ijtimoiy ta'minot tizimining barqarorligini ta'minlash hamda soliq yukining iqtisodiy asoslangan taqsimotini shakllantirishda yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan ijtimoiy soliqni faoliyat turidan kelib chiqib undirish amaliyoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soliq bazasining kengayishi, byudjet tushumlarining oshishi hamda tadbirkorlik faoliyatining yanada shaffof va barqaror soliq muhitida yuritilishini ta’minlash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini hisoblashda soliq davri davomida jami daromadlarining eng kam miqdorlari yuzasida berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-son Qonunida foydalanilib, mazkur Qonun bilan Soliq kodeksining 462-moddasi to‘qqizinchi qismiga tegishli o‘zgartirish kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 13-maydagi 45023-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, soliq davri davomida jami daromadi bir milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jami daromadi bir milliard so‘mga etgan kundan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishi orqali 2023 yil davomida 2468 ta yakka tartibdagi tadbirkorlardan 68,2 mlrd. so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i va 55,4 mlrd. so‘m foyda solig‘i undirilishiga erishilgan;
o‘zini o‘zi band qilgan holda faoliyat ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirishda soliq davrida olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan kundan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq rejimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-891-son Qonunida foydalanilgan, hamda mazkur Qonun bilan Soliq kodeksining 369-moddasi ikkinchi qismida  tegishli o‘zgartirish kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 13-maydagi 45023-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, soliq davrida yuz million so‘mdan oshgan daromadga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi band qiluvchi jismoniy shaxslar uchun soliq solish amaliyoti takomillashtirish orqali norasmiy iqtisodiyotni qisqartirish, soliq tizimida adolat tamoyillarini ta’minlash va byudjetga tushumlarni barqaror oshirib borishga olib kelgan;
 tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlariga mos ravishda hududiy toifalarga ajratish orqali soliq solish tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–287-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 13-maydagi 45023-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlarda faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subektlariga nisbatan imtiyozli soliq stavkalarini qo‘llash asosida 5-toifadagi 20 ta tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilish, hamda 4-toifadagi 40 ta tumanlarda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffisient kiritish amalga oshirilgan;
mehnat bozorining noformal segmentini huquqiy maydonga jalb etish, ijtimoiy ta'minot tizimining barqarorligini ta'minlash hamda soliq yukining iqtisodiy asoslangan taqsimotini shakllantirishda yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan ijtimoiy soliqni faoliyat turidan kelib chiqib undirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-847-son qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasiga tegishli o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 13-maydagi 45023-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha kamaytirilishi va faqatgina savdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi hajmida majburiy tartibda to‘lanishi joriy etilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish