Xurramova Madina Mansur qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Korxonalarda investisiya loyihalar samaradorligini oshirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5100
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allado‘stov Rustam Jonmurotovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati korxonalarida investisiya loyihalarini samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoati korxonalarida investisiya loyihalarini samaradorligini oshirishda moliyaviy-iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari va ta’sir etuvchi moliyaviy, iqtisodiy, tashkiliy, innovatsion omillarning integral bog‘liqligini ifodalovchi konseptual modeli taklif etilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida chiqindilarni qayta ishlashni 30 foizgacha kengaytirish orqali amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari samaradorligi va korxonalar rentabelligini 20 foizgacha oshishi ilmiy asoslangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida investisiya loyihalarini moliyaviy–iqtisodiy, ishlab chiqarish va texnik – texnologik ko‘rsatgichlari asosida kompleks baholashning 5 ballik shkalasi orqali samaradorligini oshirish modeli taklif etilgan; 
to‘qimachilik sanoatida investisiya loyihalarini moliyalashtirish samaradorligiga ta’sir etuvchi mahsulot va investisiya hajmi hamda investisiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2030-yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarda investisiya loyihalari samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik sanoati korxonalarida investisiya loyihalarini samaradorligini oshirishda moliyaviy-iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari va ta’sir etuvchi moliyaviy, iqtisodiy, tashkiliy, innovatsion omillarning integral bog‘liqligini ifodalovchi konseptual modeliga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 6-maydagi №03/25-972-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimachilik sanoati korxonalarida investisiya loyihalarini samarali moliyalashtirish jarayonini takomillashtirish va uning natijadorligini moliyaviy–iqtisodiy, tashkiliy – innovatsion imkoniyatlarining 40% ga oshishiga erishilgan;
to to‘qimachilik sanoati korxonalarida chiqindilarni qayta ishlashni 30 foizgacha kengaytirish orqali amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari samaradorligi va korxonalar rentabelligini 20 foizgacha oshishiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 6-maydagi №03/25-972-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimachlik korxonalarida chiqindilarning hajmi 91% rentabellikka ta’sir ko‘rsatishi, chiqindilar har 100 tonnaga kamayganida, rentabellik 0.23% ga oshishi tahlillar natijasida aniqlangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida investisiya loyihalarini moliyaviy–iqtisodiy, ishlab chiqarish va texnik – texnologik ko‘rsatgichlari asosida kompleks baholashning 5 ballik shkalasi orqali samaradorligini oshirish modeliga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 6-maydagi №03/25-972-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimachilik sanoati korxonalarida amalga oshiriladigan investisiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy, ishlab chiqarish va texnik–texnologik ko‘rsatgichlarining yuqori (0.5-1), o‘rtacha (0.3-0.5), past (0-0.3) chegaraviy mezonlari bo‘yicha baholash orqali investisiya loyihalarini tanlash imkoniyatiga erishilgan;
to‘qimachilik sanoatida investisiya loyihalarini moliyalashtirish samaradorligiga ta’sir etuvchi mahsulot va investisiya hajmi hamda investisiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2030-yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 6-maydagi №03/25-972-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2030-yilga borib Respublika bo‘yicha to‘qimachilik sanoati mahsulotlari hajmi 2,1 martaga, tarmoqda asosiy kapitaliga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi 1,9 martaga, investisiya samaradorligi 1,6 martaga oshishi mumkinligi prognoz natijalari asosida aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish