Jumanazarova Fotima Kuchkarbaevnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligining ta’minlanishi 1991-2021 yillar Jizzax viloyati misolida”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1401
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avazbek Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Djo‘raeva Nilufar Daliboevna, tarix fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlar bandligining ta’minlanishiga qaratilgan davlat siyosatini Jizzax viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mustaqillikning dastlabki yillarida xotin-qizlar ko‘proq maishiy xizmatlar ko‘rsatish, bozorlarda mayda ulgurji va chakana savdo qilish,  hunarmandchilik, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, chorva mahsulotlarini tayyorlash, asrlar davomida shakllangan   xalq hunarmandchiligi, tikuvchilik va gilam to‘qish kabi sohalarni davr talabiga mos ravishda   takomillashtirib borishga harakat qilganliklari  dalillandi; 
viloyatda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashda xalq xo‘jaligi  tarmoqlaridagi   iqtisodiy taqchillik, shuningdek, ayollarga ishlash uchun zarur  sharoitlar yaratilmaganligi (jumladan, transport vositalari bilan etarlicha ta’minlanmaganligi),  ularning imkoniyatlari hisobga olingan holda ishchi o‘rinlari yaratilmaganligi, bolalar bog‘chalarining etishmasligi kabi mavjud muammolarni bartaraf etishga etarli darajada e’tibor  berilmaganligi  aniqlandi; 
viloyatda aholini, ayniqsa, xotin-qizlarning bandligini ta’minlashda ichki imkoniyatlardan etarlicha foydalanilmaslik holatlari ko‘pligi, samarasiz foydanilayotgan binolar va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni ishga tushirish uchun   tadbirkorlarga sharoit yaratilmaganligi,   yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun ajratilgan mablag‘lar o‘z vaqtida o‘zlashtirilmaganligi ko‘rsatib o‘tildi; 
Jizzax viloyatida    bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasblarga yo‘naltirish maqsadida     turli sohalarga   o‘qitilib ishga joylashtirilgan bo‘lsada, viloyatda kasb-hunar kollejlarining hududlar bo‘yicha nomutanosib holda joylashganligi,  chekka hududlarda istiqomat qilgan qizlarni    hamshira, tarbiyachi, tikuvchilik sohalarini egallashga ko‘maklashishi, ularni ishga joylashda ayrim oilalar qizlarini boshqa hududlarga yuborishni istamaganliklari ham yoshlarni ish bilan ta’minlashda muammolar saqlanib qolganligi aniqlandi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligining ta’minlanishi (1991-2021 yy. Jizzax viloyati misolida) tadqiqot davomida ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlar huquq va erkinliklarini himoya qilishning me’yoriy-huquqiy asoslari hamda ijtimoiy himoya tizimida ularning bandligini ta’minlashni amalga oshirish mexanizmlari,   maqsad va vazifalari, viloyatdagi NNT tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash,  yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar, biroq, ayollarga ishlash uchun zarur  sharoitlar yaratilmaganligi (jumladan, transport vositalari bilan etarlicha ta’minlanmaganligi), ularning imkoniyatlari hisobga olingan holda ishchi o‘rinlari yaratilmaganligi kabi natijalaridan Jizzax viloyat hokimiyati Xotin-qizlar qo‘mitasining bandlik masalasi bo‘yicha ishlarini jadallashtirishda foydalanilgan (Jizzax viloyati hokimiyatining 2024-yil 28-martdagi 07-135-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalarda keltirilgan statistik ma’lumotlar viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasining bandlik masalasi bo‘yicha ishlarini rivojlantirishga, bu borada ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejalarini boyitishga xizmat qilgan. 
xotin-qizlar bandligini ta’minlashda samarasiz foydanilayotgan binolardan foydalanish va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni ishga tushirishga ko‘maklashish, tadbirkorlarga sharoit yaratilmaganligi, ish o‘rinlarini yaratishga ajratilgan mablag‘lar o‘z vaqtida o‘zlashtirilmaganligi haqidagi dissertatsiya natijalaridan Jizzax viloyat hokimiyati Xotin-qizlar qo‘mitasining bandlik masalasi bo‘yicha ishlarini jadallashtirishda foydalanilgan (Jizzax viloyati hokimiyatining 2024-yil 28-martdagi 07-135-son ma’lumotnomasi). Bu Xotin-qizlar qo‘mitasining bandlik masalasi bo‘yicha ishlarini jadallashtirishda, muammolarni har tomonlama ko‘rib chiqib, barataraf etishda belgilangan rejalarni yanada puxtalashtirishda  ko‘maklashgan. 
O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, ayollar huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini yuksaltirish, xotin-qizlarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasblarga yo‘naltirish maqsadida     turli sohalarga   o‘qitilib ishga joylashtirish, biroq bu borada viloyatning chekka hududlarida hamshira, tarbiyachi, tikuvchilik sohalarini egallashga ko‘maklashish, ishga joylashda ayrim oilalar qizlarini boshqa hududlarga yuborishni istamaganliklari kabi muammolar mavjudligi kabi natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalining 2024-yil 9-apreldagi 02-31-483-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda xotin-qizlarining ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi davlat siyosati, bu borada yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklar tomoshabinlarda xotin-qizlarda mehnat va hayotning qadriga etish tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi. 
mustaqillikning dastlabki yillarida xotin-qizlar bandligini ta’minlashda  chorva mahsulotlarini tayyorlash, xalq hunarmandchiligi, tikuvchilik va gilam to‘qish kabi sohalarni takomillashtirib borilganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalining   2024-yil 9-apreldagi 02-31- 483-son ma’lumotnomasi). Bu tomoshabinlarda hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda gilam to‘qish, so‘zana tikish bandlikni ta’minlash yo‘llaridan biri ekinligi, oila byudjeti asosi bo‘la olishi mumkinligi haqidagi qarashlarning mustahkamlanishiga xizmat qildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish