Djurakulova Dilfuza Mavlonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning paleolit davri tarixi va uning o‘ziga xos xususiyatlari”. 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.DSc/Tar364
Ilmiy maslahatchi: Anarbaev Abdulxamidjon Anarbaevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: G‘oyibov Bobir Sobirovich, tarix fanlari doktori, professor; Sayfullaev Baxtiyor Qurbonovich, tarix fanlari doktori, professor, O‘ktamov Mavlon Mahmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mustaqillik yillarida mahalliy va xalqaro ekspedisiyalar tadqiqotlari natijasida qo‘lga kiritilgan materiallarni qiyosiy-ilmiy tahlil qilish orqali O‘zbekistonning qadimgi tosh davri tarixini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston paleolit davri tarixini o‘rganilishida turlicha ilmiy qarashlar mavjudligi aniqlanib, ular yaxlit tizimga solingan. O‘zbekistonda paleolit davri yodgorliklarini o‘rganilish tarixi yaratilgan va yodgorliklar shu asosda xaritalashtirilib, qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy izohlanganligi O‘zbekiston hududida o‘rtadan so‘nggi paleolitga davriga o‘tishning O‘rta Zarafshon hamda Borsa-Kelmas modellari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbeksiton tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix va yangi talqin” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” davlat muassasasining 2023 yil 7 noyabrdagi 06-28-1678-son ma’lumotnomasi). Natijalar tomoshabinlarning O‘zbekistonda paleolit davri tarixi, moddiy va madaniy hayotiga doir yangi ma’lumotlarni egallashlariga xizmat qilgan;
Xalqaro hamkor ekspedisiyalar va dunyo mamlakatlari arxeologlarining tajribasiga tayangan holda to‘plangan ma’lumotlar tizimlashtirilib, O‘zbekiston paleolit davri yodgorliklarini o‘rganilish tarixi uch bosqichga ajratilgan va paleolit davri tarixining yangicha madaniy-davriy talqini ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston, xususan, O‘rta Zarafshon vohasi paleolit davri yodgorliklari (Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Samarqand makoni) xususiyatlarini belgilovchi tosh buyumlardan: ibtidoiy odamlar tomonidan tayorlangan levallua o‘zaklar, uchirindilar, plastinalar va tosh pichoqlardan Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasida ekspozisiyalarini yaratilishida keng foydalanilgan (Vazirlar mahkamasi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2023-yil 6-noyabrdagi 04-09/2149-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey eksponatlari orasidan joy olgan ushbu ashyolar muzeyga tashrif buyuruvchilarga O‘rta Zarafshon vohasida yashagan ajdodlarimizning turmush tarzi, toshga ishlov berish texnologiyalari, xo‘jaligi va madaniy hayoti haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlarida xizmat qilgan;
Selung‘ur, Ko‘lbuloq, Jarsoy, Toshsoy, G‘ishsoy kabi qator yodgorliklarning tadqiq etilishi orqali Markaziy Osiyo hududi bundan bir million yuz minginchi yillar oralig‘idagi davrda qadimgi insonlar tomonidan o‘zlashtirilganligi asoslangan bo‘lib, O‘zbekistonda paleolit davri madaniyatlari farqlanishining paleoekologik va xomashyo bilan bog‘liq omillari to‘g‘risidagi xulosalar, taklif va tavsiyalardan madaniy merosimizni saqlash va uni kelajak avlodga bus-butun etkazish, turizm sohasini rivojlantirish borasidagi xalqaro “Oltin meros” fondi amaliy tadbirlarini o‘tkazishda, istiqboldagi rejalarini belgilashda keng foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023-yil 5-noyabrdagi 01-50-04.11/23-son ma’lumotnomasi). Natijalar xalqimizning boy o‘tmish merosimiz tarixiga doir yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston hududida paleolit davri jamoalari xo‘jaligi farqlanishida va turli o‘tish davri modellarining paydo bo‘lishida paleoekologik va xomashyo omillari aniqlanib, ilmiy asoslangan, shu jihatdan O‘zbekistonning paleolit davrini o‘rganishda xalqaro hamkor ekspedisiyalarning tadqiqot natijalari aks ettirilgan ma’lumotlardan o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanildi. (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2023-yil 7-noyabrdagi 005/009-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning paleolit davrini o‘rganishda xalqaro hamkor ekspedisiyalarning yutuqlari o‘quvchiga O‘zbekistonning paleolit davrini o‘rganishda yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga xizmat qilgan;
Xalqaro ekspedisiyalar tomonidan ishlab chiqilgan Obirahmat modeliga mos tarzda O‘zbekiston hududida yashagan qadimgi jamoalarning o‘rta paleolitdan so‘nggi paleolit davriga o‘tishning O‘rta Zarafshon va Borsa-Kelmas modellari hukm surganligi aniqlanib, ular qo‘shni jamoalar bilan sinxron tarzda madaniy aloqada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbeksiton tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix va yangi talqin” ko‘rsatuvi senariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” davlat muassasasining 2023 yil 7 noyabrdagi 06-28-1678-son ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarning O‘zbekistonda paleolit davri tarixi, tarixiy xususiyatlari va madaniyat tarixining tarixiy ildizlari haqidagi ilmiy bilimlarining yanada mustahkamlanishi uchun xizmat qilgan.