Siddiqov Mirshod Baxtiyorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston SSRda sovet hokimiyatining ijtimoiy ta’minot siyosati (1941 – 1945-yillar)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2025.3.PhD/Tar1585.
Ilmiy rahbar: Feruz Sayfullaevich Boboev, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Rahbarxon Hamidovna Murtazaeva, tarix fanlari doktori, professor; 
Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSRda sovet hokimiyatining ijtimoiy ta’minot siyosatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
1941 – 1945-yillarda ijtimoiy ta’minot xarajatlari davlat moliyasi (byudjet ajratmalari va soliq yig‘imlari), o‘zaro yordam jamg‘armalari (kolxoz va umumiy ta’lim jamg‘armalari, armiya ofiserlari ayollarining jamoat tashkilotlari kassalari mablag‘lari)dan qoplangan va ta’minot mahsus byurolar (oziq-ovqat va sanoat tovarlariga karta berish, ishchi kuchini hisobga olish va taqsimlash) hamda ayrim hollarda “Evakuatsiya boshqarmasi” tomonidan amalga oshirilgani dalillangan;
sovet hokimiyati olib borgan ijtimoiy ta’minot siyosati – hududiy (shahar aholisi ustuvorligi), kasbiy (harbiy va sanoat ishchilariga imtiyoz), xizmat mavqei (mansabdor shaxslarga afzallik) va siyosiy (partiyaviylik va “ishonchlilik” mezonlari) shakllarda yoʻlga qo‘yilib, uni amalga oshirishda sun’iy to‘siqlar, noqonuniy savdo, soxta hujjatlar tayyorlash hamda talonchilikka yoʻl qo‘yilgani asoslangan; 
ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishda zahiraning kamligi sababli hukumat tomonidan sun’iy cheklovlarni qo‘yilishi natijasida pensiya oluvchilar (pensiya cheklovining o‘rnatilishi, hujjatlar sonining oshishi), nogironlar (ishlamagan 3-guruh nogironlariga nisbatan pensiya berilmasligi, tibbiy komissiyaning nogironlik darajasini atayin past shaklda belgilashi), fuqarolar (ishdan bo‘shaganlar ishsizlik nafaqasini ololmasiligi, kech qolganlar “intizomsiz” xodim sifatida yordamdan mosuvo qilinishi)ga ko‘rsatiladigan yordam miqdori keskin qisqargani aniqlangan; 
kadrlar etishmasligi, ba’zi fanlarning (musiqa, rasm) o‘quv dasturidan chiqarilishi hamda o‘qituvchilarning targ‘ibotchilik, qishloq xo‘jaligi ishlariga, metallar yig‘ish kabi tadbirlarda majburiy jalb qilingani natijasida ta’lim sifati pasayganligi, shuningdek, o‘quvchilarning kasalliklar va og‘ir iqtisodiy sharoit oqibatida bir sinfda ikki yil qolish holatlarining ortganligi (1941/42-o‘quv yilida bir sinfda ikki yil qolgan o‘quvchilar 7,3 foizni, 1944/45-o‘quv yilida esa 14,4 foizni tashkil etgan) dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
1941 – 1945-yillarda ijtimoiy ta’minot xarajatlari davlat moliyasi (byudjet ajratmalari va soliq yig‘imlari), o‘zaro yordam jamg‘armalari (kolxoz va umumiy ta’lim jamg‘armalari, armiya ofiserlari ayollarining jamoat tashkilotlari kassalari mablag‘lari)dan qoplangan va ta’minot mahsus byurolar (oziq-ovqat va sanoat tovarlariga karta berish, ishchi kuchini hisobga olish va taqsimlash) hamda ayrim hollarda “Evakuatsiya boshqarmasi” tomonidan amalga oshirilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkilotiga tadbiq etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 6-may 47/574-sonli ma’lumotnoma). Tadqiqot natijalari yoshlarda vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish va rivojlantirishda xizmat qiladi;
ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishda zahiraning kamligi sababli hukumat tomonidan sun’iy cheklovlarni qo‘yilishi natijasida pensiya oluvchilar (pensiya cheklovining o‘rnatilishi, hujjatlar sonining oshishi), nogironlar (ishlamagan 3-guruh nogironlariga nisbatan pensiya berilmasligi, tibbiy komissiyaning nogironlik darajasini atayin past shaklda belgilashi), fuqarolar (ishdan bo‘shaganlar ishsizlik nafaqasini ololmasiligi, kech qolganlar “intizomsiz” xodim sifatida yordamdan mosuvo qilinishi)ga ko‘rsatiladigan yordam miqdori keskin qisqargani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga qo‘shgan hissasi” nomli arxiv hujjatlari to‘plamini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 8-may 3/1255-1137-sonli ma’lumotnoma). Aniqlangan arxiv hujjatlari Ikkinchi jahon urushining kam o‘rganilgan qismini ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi;
sovet hokimiyati olib borgan ijtimoiy ta’minot siyosati – hududiy (shahar aholisi ustuvorligi), kasbiy (harbiy va sanoat ishchilariga imtiyoz), xizmat mavqei (mansabdor shaxslarga afzallik) va siyosiy (partiyaviylik va “ishonchlilik” mezonlari) shakllarda yoʻlga qo‘yilib, uni amalga oshirishda sun’iy to‘siqlar, noqonuniy savdo, soxta hujjatlar tayyorlash hamda talonchilikka yoʻl qo‘yilgani, shuningdek, kadrlar etishmasligi, ba’zi fanlarning (musiqa, rasm) o‘quv dasturidan chiqarilishi hamda o‘qituvchilarning targ‘ibotchilik, qishloq xo‘jaligi ishlariga, metallar yig‘ish kabi tadbirlarda majburiy jalb qilingani natijasida ta’lim sifati pasayganligi, shuningdek, o‘quvchilarning kasalliklar va og‘ir iqtisodiy sharoit oqibatida bir sinfda ikki yil qolish holatlarining ortganligi (1941/42-o‘quv yilida bir sinfda ikki yil qolgan o‘quvchilar 7,3 foizni, 1944/45-o‘quv yilida esa 14,4 foizni tashkil etgan) to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” majmuasining “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” majmuasining 2025-yil 42/375-sonli ma’lumotnoma). Taqdim etilgan materiallar muzey jamg‘armalari va ko‘rgazmasini ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish