Farmonova Umida Maxsutalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qisasi Rabg‘uziy” asarida qo‘llangan frazemalar tadqiqi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.3.PhD/Fil5025
Ilmiy rahbar: Rozikova Gulbaxor Zaylobidinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarida qo‘llangan frazemalarni funksional-semantik jihatdan o‘rganish, hozirgi o‘zbek tiliga munosabatini belgilash, frazemalar taraqqiyotidagi struktur-grammatik o‘zgarishlarni aniqlash, frazemalar taraqqiyotiga xos kognitiv-semantik belgilarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
frazeologik birliklar yuzasidan jahon va o‘zbek tilshunosligida amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlil qilinib, bu sohadagi muammolar belgilangan; “Qisasi Rabg‘uziy” asarida qo‘llangan frazeologik birliklarning statistikasi keltirilgan, ushbu davr tiliga xos tili ag‘ir bilmoq, tilg‘a yungul, til alg‘uchisi, tili tebranmoq, yuzin tutmoq, ernaklarin tishlamoq, alp yuraklik, ko‘ngulni xush tutmoq, jon o‘ynamoq, emgatu bashlamoq, bash bermoq, ilkinda qalmoq, farah bermoq, la’natdin kuzarmoq, rahm ko‘ngullik, o‘fkasi o‘chmoq kabi eng muhim frazeologik birliklar aniqlangan;
asarda qo‘llangan ko‘z, bosh, til, og‘iz, yuz, qo‘l, barmoq, yurak, bag‘ir, o‘pka, oyoq, qosh, bo‘yin, quloq, ko‘ngil kabi somatik tarkibli hamda so‘z, jon, yo‘l kabi tayanch komponentli frazeologik birliklarning semantik va uslubiy xususiyatlari yoritilib, uminch bermoq, xush kelmoq, achig‘i kelmoq, balog‘a ilinmoq kabi shaxsning ruhiy holati va imang‘a kizurmoq, ag‘iz achmoq, ro‘zasin buzmoq kabi diniy tushunchalar bilan bog‘liq frazeologik birliklar asoslangan;
asar matnidagi frazemalar keyingi davr tiliga va hozirgi o‘zbek tiliga munosabati nuqtai nazaridan tahlil qilinib, frazemalar taraqqiyoti davomida yuz bergan struktur-semantik o‘zgarishlar, xususan hozirda qo‘llanishda bo‘lmagan, hech qanday o‘zgarishsiz qo‘llanadigan, ayrim tovushlari o‘zgargan va leksik qayta shakllangan frazemalar aniqlangan; ma’no ko‘chishining metafora, metonimiya, sinekdoxa, parafraza kabi hodisalari hamda sinonimik, antonimik, omonimik, variantdoshlik, polisemantik munosabatlar dalillangan;
asarda qo‘llangan frazemalar struktur-grammatik jihatdan tahlil qilingan, sintaktik tuzilishiga ko‘ra jan almoq, ahdni buzmoq kabi birikmaga va tili bir, ko‘ngli yumshaq kabi gapga teng; komponentlar tarkibiga ko‘ra ko‘zumning qarachig‘i, qatig‘ ko‘ngul kabi ikki komponentli, ag‘iz achg‘u vaqt kabi uch komponentli, so‘zni sir ichinda tutmoq kabi to‘rt komponentli va o‘z azaqi birla o‘lumg‘a kelmoq kabi besh komponentli frazeologik birliklar aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagi loyihalarga tatbiq etilgan:
asarda qo‘llangan ko‘z, bosh, til, og‘iz, yuz, qo‘l, barmoq, yurak, bag‘ir, o‘pka, oyoq, qosh, bo‘yin, quloq, ko‘ngil kabi somatik tarkibli hamda so‘z, jon, yo‘l kabi tayanch komponentli frazeologik birliklarning semantik va uslubiy xususiyatlari yoritilib, uminch bermoq, xush kelmoq, achig‘i kelmoq, balog‘a ilinmoq kabi shaxsning ruhiy holati va imang‘a kizurmoq, ag‘iz achmoq, ro‘zasin buzmoq kabi diniy tushunchalar bilan bog‘liq frazeologik birliklar asoslanganligi xususidagi xulosalardan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt mul`timedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek fol`klor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024 yil 4 noyabrdagi  1/04 – 137-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron lug‘at materiallari yangi ilmiy manba va qarashlar bilan boyigan;
asar matnidagi frazemalar keyingi davr tiliga va hozirgi o‘zbek tiliga munosabati nuqtai nazaridan tahlil qilinib, frazemalar taraqqiyoti davomida yuz bergan struktur-semantik o‘zgarishlar, xususan hozirda qo‘llanishda bo‘lmagan, hech qanday o‘zgarishsiz qo‘llanadigan, ayrim tovushlari o‘zgargan va leksik qayta shakllangan frazemalar aniqlanganligi; ma’no ko‘chishining metafora, metonimiya, sinekdoxa, parafraza kabi hodisalari hamda sinonimik, antonimik, omonimik, variantdoshlik, polisemantik munosabatlar dalillanganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2024 yil 4 noyabrdagi 26-36-918-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari bugungi yosh avlodning ajdodlarimiz ma’naviy merosini puxta o‘rganish  bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
asarda qo‘llangan frazemalar struktur-grammatik jihatdan tahlil qilingan, sintaktik tuzilishiga ko‘ra jan almoq, ahdni buzmoq kabi birikmaga va tili bir, ko‘ngli yumshaq kabi gapga teng; komponentlar tarkibiga ko‘ra ko‘zumning qarachig‘i, qatig‘ ko‘ngul kabi ikki komponentli, ag‘iz achg‘u vaqt kabi uch komponentli, so‘zni sir ichinda tutmoq kabi to‘rt komponentli va o‘z azaqi birla o‘lumg‘a kelmoq kabi besh komponentli frazeologik birliklar aniqlanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarida, adabiy muloqot va targ‘ibot ishlarida muhim nazariy va amaliy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2024 yil 20 noyabrdagi 01-03/925-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari barkamol shaxsni tarbiyalash va ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni ona tiliga va ajdodlar merosiga cheksiz hurmat hamda sadoqat ruhida tarbiyalash masalalarida muhim as

Yangiliklarga obuna bo‘lish