Maxmudova Dilbar Raxmonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi “Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida kichik biznes boshqaruvini takomillashtirish”,  08.00.13 – “Menejment”, 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.4.PhD/Iqt1627.
Ilmiy rahbari: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gʻulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik, Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida kichik biznes boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes reabilitatsiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiy, tashkiliy va moliyaviy muammolar tufayli faoliyati izdan chiqqan yoki samaradorligi pasaygan kichik biznes subektlarini barqarorlashtirish va rivojlantirish jarayoniga ishlab chiqarish quvvatlarini tiklash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, tashqi va ichki boshqaruvni takomillashtirish, bozorda raqobatbardoshlikni tiklash, huquqiy va institusional yordamni jalb etish orqali biznesning moliyaviy tavakkalchilik darajasini kamaytirish va faoliyat samaradorligini qayta tiklash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
kichik biznes subektlari faoliyatini ishlab chiqarish ko‘lami, soha xususiyatlari va texnologik tayyorgarlik darajasi asosida baholash imkonini beradigan salohiyat modeli raqamli texnologiyalardan foydalanish indeksi (DTUI — Digital Technology Utilization Index), biznesning raqobatbardoshlik darajasi va raqamlashtirishga investisiya kiritishga tayyorgarlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar asosida kichik biznes salohiyatini 4 (yuqori, o‘rtacha, past, ehtimoliy) toifaga ajratish orqali boshqarish samaradorligini 1,5 barobarga oshirish imkoni asoslangan;
kichik biznesda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali uning ishlab chiqarish hajmini modellashtirishda Kobb-Duglas funksiyasini qo‘llash asosida raqamli investisiya koeffisienti (γ=1,0~1,6) darajasida raqamli texnologiyalarning ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini 10–17%ga qadar oshirish asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hamda Samarqand viloyati yalpi hududiy mahsuloti tarkibida kichik biznesning ulushi dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni modellashtirish asosida            2028 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida kichik biznes boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes reabilitatsiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini iqtisodiy, tashkiliy va moliyaviy muammolar tufayli faoliyati izdan chiqqan yoki samaradorligi pasaygan kichik biznes subektlarini barqarorlashtirish va rivojlantirish jarayoniga ishlab chiqarish quvvatlarini tiklash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, tashqi va ichki boshqaruvni takomillashtirish, bozorda raqobatbardoshlikni tiklash, huquqiy va institusional yordamni jalb etish orqali biznesning moliyaviy tavakkalchilik darajasini kamaytirish va faoliyat samaradorligini qayta tiklash nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining talabalari uchun tayyorlangan “Iqtisodiyot nazariyasi” nomli darsligiga kiritilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining 2022-yil 31-oktyabrdagi 3-sonli buyrug‘i). Ushbu tushunchaning amaliyotga joriy etilishi hozirgi iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida jamiyatda yuzaga kelgan yangi iqtisodiy vaziyatda davlatning kichik biznesni tartibga solish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha funksiyasining mohiyatiga mos keladi va uning amaliyotga joriy etilishi natijasida sohani rivojlantirishning dastavval eng zaif tomonlarni isloh qilish va boshqaruvni tashkil etish tizimini takomillashtirib borish bo‘yicha davlat tomonidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.
kichik biznes subektlari faoliyatini ishlab chiqarish ko‘lami, soha xususiyatlari va texnologik tayyorgarlik darajasi asosida baholash imkonini beradigan salohiyat modeli — raqamli texnologiyalardan foydalanish indeksi (DTUI — Digital Technology Utilization Index), biznesning raqobatbardoshlik darajasi va raqamlashtirishga investisiya kiritishga tayyorgarlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar asosida kichik biznes salohiyatini 4 (yuqori, o‘rtacha, past, ehtimoliy) toifaga ajratish orqali boshqarish samaradorligini  1,5 baravarga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-maydagi 01-07-27-5798-son ma’lumotnomasi). Mazkur model kichik biznes subektlari faoliyatining boshqaruvidagi xususiyatlardan kelib chiqib, qaysi bosqichlariga raqamli texnologiyalarni joriy qilish samaraliroq ekanligini aniqlashga yordam bergan va undan foydalanish natijasida kichik biznes boshqaruvida raqamli texnologiyalarni joriy etish xarajatlarni optimallashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborotga asoslangan yondashuvni kuchaytirishga xizmat qilgan.
kichik biznesda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali uning ishlab chiqarish hajmini modellashtirishda Kobb-Duglas funksiyasini qo‘llash asosida raqamli investisiya koeffisienti (γ=1,0~1,6) darajasida raqamli texnologiyalarning ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini 10–17%ga qadar oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-maydagi 01-07-27-5798-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish funksiyasidan foydalanilishi natijasida kichik biznes boshqaruvi faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish asosida uning rentabelligi 2024–2026 yillarda o‘rtacha 17%ga oshishi imkonini bergan.
O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hamda Samarqand viloyati yalpi hududiy mahsuloti tarkibida kichik biznesning ulushi dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni modellashtirish asosida 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil             30 maydagi 01-07-27-5798-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, prognoz qilinayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti tarkibida 2025–2028 yillar oralig‘ida o‘rtacha yillik pasayish 0,77%ni tashkil qilishi, Samarqand viloyati yalpi hududiy mahsuloti tarkibidagi kichik tadbirkorlik subektlari ulushining bir me’yorda, katta tebranishlarsiz 2025–2028 yillar oralig‘ida o‘rtacha yillik 1,3% bilan o‘sishiga erishilishi hisoblab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish