Mamazulunov Nurmuxammad Xusanboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tajribaviy qandli diabetning kechishini mikrosomal oksidlanish fenotipi bilan o‘zaro bog‘liqligi», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/V1234.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Xadjimetov Abdugafar Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Dalimova Suraya Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribaviy qandli diabetning kechishini mikrosomal oksidlanish fenotipi bilan o‘zaro bog‘liqliq darajasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba tajribada qandli diabetni rivojlanishi hamda og‘irlik darajasi jigar monooksigenaza tizimi fermentlarining individual faolligiga va jigar detoksikatsion funksiyasi intensivligiga bog‘liq ravishda aniqlangan;
sekin metabollovchi kalamushlarda tez va o‘rta metabollovchilarga nisbatan biokimyoviy ko‘rsatkichlardan AsAT faolligi, xolesterin miqdori past, mochevina va kreatinin miqdori yuqori bo‘lishi aniqlangan;
tez metabollovchi kalamushlarda alloksanli QDning rivojlanishi dinamikasida vaznni yo‘qotish, ozuqa va suv iste’moli hamda diurez ko‘rsatkichlarini pasayishi o‘rta va sekin metabollovchilarga nisbatan ancha yuqoriligi aniqlanib, qandli diabetni rivojlanish jadalligi ma’lum darajada organizmning funksional-metabolik xolatiga, jumladan jigarning boshlang‘ich metabolizm xolatiga bog‘liqligi isbotlangan;
tez metabollovchi kalamushlarda alloksanli qandli diabet sharoitida yuzaga keladigan jigar detoksikatsion funksiyasi faolligidagi biokimyoviy va fiziologik o‘zgarishlar o‘rta va, ayniqsa, sekin metabollovchi kalamushlardagi o‘zgarishlarga nisbatan yaqqolroq namoyon bo‘lishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tajribaviy qandli diabetning kechishini mikrosomal oksidlanish fenotipi bilan o‘zaro bog‘liqliq darajasini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
in vitro sharoitida jigar detoksikatsion funksional faolligi bo‘yicha turli fenotipli kalamushlarda alloksanli qandli diabetda ba’zi anatomo-fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘ziga xosliklarni o‘rganish natijasida olingan natijalardan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023-A-01-raqamli «Developing student directed self-learning program for medical biochemistry, chemistry and biology» mavzusidagi ta’lim va tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 16 apreldagi 02/01-01-136-son ma’lumotnomasi). Natijada, uglevod almashinuvini buzilishi bilan tavsiflanuvchi QD patogenezining yangi bir qirrasini ochib berish va jigar detoksikatsion holatini hisobga olgan holda QD terapiyasiga yangicha yondoshuvlar uchun fundamental ahamiyat kasb etish imkonini bergan;
kalamushlar umumiy populyasiyasini jigarning metabollovchi funksiyasi asosida turli fenotiplarga ajratish usuli bo‘yicha “Tajribaviy kalamushlarning umumiy populyasiyasida jigarning metabollovchi funksiyasini turli fenotiplarga ajratish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 16 apreldagi 02/01-01-136-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma “60910300 – Pediatriya ishi” ta’lim yo‘nalishining malaka talablari hamda “Biokimyo” fanining o‘quv dasturi mazmuniga integratsiya qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish