Kamilova Iroda Abdurasulovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajriba va klinik sharoitda nospesifik servisit bilan xastalangan bemorlarni kompleks davolash», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya va 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib611.

Ilmiy rahbarlar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Saidov Al’onur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori; Niyazmetov Raxmatulla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tajriba va klinik sharoitda nomaxsus servisit bilan xastalangan bemorlarni kompleks davolash tizimini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bachadonning servikal intraepitelial shikastlanishida tajriba modelida mahalliy dori vositasi bilan davolaganda hujayra va to‘qimalarning regeneratsiya muddatlarining qisqarishi isbotlangan;

tajriba modelida yallig‘lanish o‘chog‘ini granulyasion to‘qima bilan chegaralanishi, makrofagal reaksiya va vaginal ajratma tarkibi hamda qondagi pro-antioksidant tizimi me’yorlashtirilgan;

tajribada bachadonni servikal intraepitelial shikastlanishlar modelini davolashda mahalliy dori vositasini kalamushlar qonidagi sitokin profilining ijobiy dinamikasi isbotlangan;

nomaxsus servisitni kompleks davolashda bemorlar qonida yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning balansi mahalliy servikal ajratma hamda erkin radikallarning me’yorlashish jarayonlari, endogen zaharlanish intensivligining ishonchli pasayishi isbotlangan;

servisitli bemorlarni mahalliy dori vositasi va probiotigining kompleks ko‘p omilli va patogenetik asoslangan ta’sirini ta’minlashda samarali davolash tizimi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tajriba va klinik sharoitda nospesefik servisit bilan xastalangan bemorlarni kompleks davolash sifatini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Nomaxsus genezli bachadon bo‘yni yallig‘lanish patologiyasini davolash uchun ginekologik amaliyotda Baksergel` nanokumush asosidagi dori preparatlarini qo‘llash» usulubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 8n-d/252-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma nomaxsus genezli bachadon bo‘yni yallig‘lanish patologiyasini davolash uchun ginekologik amaliyotda Baksergel` nanokumush asosidagi dori preparatlarini qo‘llash samaradorligini baholashni takomillashtirish imkonini bergan;

«Bachadon bo‘yni nomaxsus genezli yallig‘lanish kasalliklarida o‘tkaziladigan davolashga kompleks yondashuv» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 8n-d/252-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bachadon bo‘yni nomaxsus genezli yallig‘lanish kasalliklarini davolashga kompleks yondashuv ko‘rsatmalari va kasallikning oldini olish mexanizmlarini samarali tatbiq qilishga xizmat qilgan;

tajriba va klinik sharoitda nospesifiik servisit bilan xastalangan bemorlarni kompleks davolash sifatini yaxshilashning samaradorligini oshirish maqsadida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy laboratoriyasi, Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazi va Toshkent shahar 6-son tug‘ruq kompleksi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 dekabrdagi 8n-z/242-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarining amaliyotga joriy qilinishi bemorlarning jinsiy hayot sifatini yaxshilanishiga, residivlar sonini keskin kamayishi, davolash muddatini qisqarishi va remissiyalar davomiyligini 24,6%ga uzayishiga olib kelishi va davolanish sarf-harajatlarini kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish