Dedaxanov Akramjon Oltmishboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta xomashyosini quritish jarayonida quritish barabanida temperaturani nazorat qilishning Scada tizimini yaratish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4214
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sharibaev Nosir Yusupjanovich, f-m.f.d., professor, Yuldashev Kozimjon Komiljonovich, t.f.d., dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta xomashyosini quritish uchun quritish barabanidagi temperaturani nazorat qilish uchun Scada tizimini ishlab chiqish va mahsulot sifatiga ijobiy natija berishini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quritish barabaniga kirib kelayotgan paxta xomashyosining namligini avtomatik aniqlab, shu qiymatlarga mos quritish agregatidan chiqayotgan issiq havo haroratini tanlash uchun ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
paxta xomashyosini namlik qiymatlari asosida quritish agregati harorat parametrlarini rostlash imkonini beruvchi me’yordan yuqori namlik uchun avtomatlashtirilgan Scada tizimli qo‘shimcha havo so‘rish tizimi yaratilgan.
quritish barabani ishchi kamerasiga kirib kelayotgan paxta xomashyosini quritishda namlik darajasining ma’lumotlar bazasi asosida haroratni to‘g‘ri tanlash orqali tolalarning tabiiy xususiyatlarni saqlab qolish imkonini beruvchi energiyatejamkor quritish texnologiyasi yaratilgan;
issiqlik ishlab chiqaruvchi agregatlardan kelayotgan issiq havoni qurutish barabanining ishchi zonasi bo‘ylab bir xilda taqsimlanishi uchun quritish barabani texnologik parametrlarini boshqarishning imitatsion modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta xomashyosini avtomatlashtirilgan quritish qurilmasini qo‘llash orqali ni olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Paxta xomashyosini Scada tizimi orqali quritish qurilmasiga dastlabki talablar tasdiqlangan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 24.10.2024-yildagi № 03/25 – 2863-raqam bilan ro‘yxatga olingan ma’lumotnomasi). Natijada tolalarning tabiiy xususiyatlarni saqlab qolish imkonini beruvchi energiyatejamkor quritish qurilmasi ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.
Scada tizimi bilan jihozlangan quritish qurilmasi Namangan viloyati “Namangan To‘qimachi cluster” MChJ ga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 24.10.2024-yildagi № 03/25 – 2863-raqam bilan ro‘yxatga olingan ma’lumotnomasi). Natijada tolalarning tabiiyligini saqlab qolish imkoni 20-30%ga yaxshilangan, hamda tabiiy gaz sarfi 3 barobargacha kamayishiga erishilgan.