Mallaeva Mavjudaxon Mahramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental gepatit sharoitida aurim polifenol birikmalarning gepatoprotektor va antioksidant ta’sirini tavsiflash», 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/V1046.
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Muhammadjon Abduvalievich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Gulbahor Tolipjonovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: CCl4 bilan chaqirilgan toksik gepatit kalamushlarning jigar mitoxondriyasi fermentlar faolligiga ta’siri hamda glabra va summax o‘simliklaridan ajratib olingan polifenollar yordamida korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
in vitro sharoitida glabra va summax o‘simliklaridan ajratib olingan polifenollarini antioksidantlik va antiradikal faolligi, lipidlarning perekisli oksidlanish intensivligining ortishi hamda superoksiddismutaza va katalaza fermentlari faolliklari ingibirlanishi aniqlangan;
eksperemental toksik gepatitda jigar to‘qimasi membranalari o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi qon zardobi tarkibidagi alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza va gammaglutamiltrasferazalar miqdorining sezilarli darajada ortishi bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
toksik gepatit sharoitida kalamush jigar mitoxondriyasi PTP sini summax polifenoli va kversetin flavonoidi qisman yopiq holatga o‘tkazishi, membrana permeabilizatsiyasini kamaytirishi hamda mitoKATF-kanali faolligini oshirishi asoslangan;
toksik gepatitli kalamushlar jigar mitoxondriyasining KNO3, NaNO3, NH4NO3, Ca(NO3)2 va Mg(NO3)2 izoosmotik muhitlarda K+; Na+; H+; Ca2+ va Mg2+ kationlari uchun passiv ion o‘tkazuvchanligi jadalligini glabra va summax polifenollari ishonchli kamaytirishi hamda jigar mitoxondriyasi disfunksiyasini korreksiyalaganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eksperimental gepatit sharoitida ayrim polifenol birikmalarning gepatoprotektor va antioksidant ta’sirini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
polifenollar ta’sirida kalamush jigar to‘qimasi va gepatotsit hujayra mitoxondriyalari fermentativ faolligiga ta’siri, tajribaviy toksik gepatit hujayralarida buzulgan fermentativ jarayonlarni polifenollar orqali korreksiyalash, glabra va summax o‘simliklaridan ajratib olingan substansiya tajribaviy toksik gepatitda metabolik buzilishlarni oldini olishi, gepatoprotektor xususiyatlari Indoneziya o‘quv va ilmiy-tadqiqot instituti tibbiyot markazining ilmiy faoliyatiga joriy etilgan (Indoneziya o‘quv va ilmiy-tadqiqot instituti tibbiyot markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, glabra va summax substansiyasi toksik gepatit simptomlarida metabolik buzilishlarning oldini olish, kasallikni davolash va kasallik xavfini pasaytirish imkonini bergan;
Sophora japonica, Rhus coriaria L, Geranium sanguineum o‘simliklaridan ajratib olingan polifenol birikmalar qondagi biluribin, ALT, AST miqdorini pasaytirishi, gepatototsit hujayralardagi gamma glyutamaltransferaza, katalaza, superoksiddismutaza, antioksidant himoya tizimi fermentlari faolligini qaytarishi, jigar mitoxondriyasi PTP sini qisman yopiq holatga o‘tkazishi, membrana permeabilizatsiyasini kamaytirishi, mitoKATF-kanali faolligini oshirishi, izoosmotik muhitlarda K+; Na+; FT; Ca2+ va Mg2+ kationlari uchun passiv ion o‘tkazuvchanligini kamaytirishi to‘g‘risidagi natijalardan O‘zR FA akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutida Davlat byudjetidan moliyalashtirilgan “Istiqbolli biologik faol birikmalaming farmako-toksikologik xususiyatlarini o‘rganish” dasturini bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 11 dekabrdagi 4/1255-2750-son ma’lumotnomasi). Natijada, jigar mitoxondriyasi disfunksiyasini korreksiyalash va jigar hujayralarining qayta tiklanuvchi xossalarini molekyulyar darajada stimullovchi ta’sir mexanizmini ochish imkonini bergan.