Turaev Ulug‘bek Utkirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takroriy ekin turlarini tuproq unumdorligi va kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’siri (Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida)”, 06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx1460
Ilmiy rahbar Bobomirzaev Pirnazar Xursanovich, qishloq xo’jaligi fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo’jaligi fanlar doktori, professor; Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo’jaligi fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish bilan birga, kuzgi bug‘doydan sifatli yuqori hosil olishni ta’minlaydigan maqbul takroriy ekinlarni tanlash, ularning tuproq xossalariga ta’sirini aniqlab, ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitida tuproq unumdorligini yaxshilashda hamda kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul takroriy ekin turlari aniqlangan;
takroriy ekin loviya va moshning ildiz hamda ang‘iz qoldiqlari hisobidan tuproqqa qaytgan oziqa moddalar miqdori tegishlicha N-27,16-32,30; P-13,97-18,10; K-26,83-29,47 kg/ga qolishi aniqlangan;
tuproqning 0-30 sm qatlamidagi dastlabki oziqa moddalar miqdoriga nisbatan vegetatsiya oxirida mosh va loviya ekilgan variantlarida gumus 0,028; 0,022%, N-NO3-2,24; 2,74 mg/kg, P2O5-2,57; 2,97 mg/kg va K2O-14-11 mg/kg ortgan bo‘lsa, makkajo‘xori va oq jo‘xori ekilgan variantlarda esa, aksincha, ma’lum miqdorda kamayganligi (gumus 0,007-0,008%, N-NO3-0,30-0,20 mg/kg, P2O5-1,2-1,01 mg/kg va K2O-3; 2 mg/kg) aniqlangan;
loviyaning Ravot navi va moshning Turon navini takroriy ekin sifatida etishtirilganda tuproqning hajm massasi haydov (0-30 sm) qatlamda 0,055-0,061 g/sm3 kamayganligi, g‘ovakligi 2,1-2,3% va tuproqning 10-0,25 mmli agregatlar miqdori 8,1-9,6% ga ortganligi, suv o‘tkazuvchanligi 94,3-112,3 m3/ga ortib yaxshilangani aniqlangan;
takroriy ekin sifatida loviyaning Ravot navi va moshning Turon navini etishtirish ekishdan oldingi holatiga nisbatan vegetastiya oxirida tuproq mikroorganizmlari faoliyatiga ijobiy ta’sir etdi. Natijada tuproq haydov 0-30 sm qatlamida ekinlarga mos holda bakteriyalar - 26,1 - 26,9 mln/g, azotofiksatorlar - 42,8 - 49,2 mln/g, nitrifikator - 24,5 - 29,7 ming/g, zamburug‘lar - 26,7 - 27,6 ming/g, aktinomisetlar - 13,6 - 15,8 mln/g. ga tuproqda ko‘p bo‘lishiga va natijada kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishiga qulay sharoit yaratilgan hamda 1 m2 dagi mahsuldor poyalar mos ravishda - 67 - 77 dona, bitta boshoqdagi don soni - 1,2 - 1,5 dona, 1000 dona don massasi - 1,0 - 1,1 g. ga yuqori bo‘lishi aniqlangan.
o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doy takroriy ekin loviya (Ravot navi) va mosh (Turon navi) dan so‘ng etishtirilganda don hosili 70,2-71,4 st/ga bo‘lib, shartli sof foydani 6414,0-6676,0 ming so‘m/ga, rentabellik darajasini 71,0 va 73,9% ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy uchun maqbul takroriy, o‘tmishdosh ekin turlarini tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan izlanishlar natijasida:
G‘allachilikka ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun «Tuproq unumdorligi va don hosildorligini oshirishda maqbul takroriy ekinlar hamda kuzgi bug‘doy etishtirish agrotexnikasi bo‘yicha (Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari uchun)» tavsiyanomasi tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/04-04-494-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomadan hozirgi vaqtda Buxoro viloyatining g‘allachilikka ixtisoslashgan agroklasterlar, fermer hamda dehqon xo‘jaliklarida kuzgi bug‘doy etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida foydalanib kelinmoqda;
Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida, loviya va moshdan keyin kuzgi bug‘doy ekish agrotadbiri Olot tumanining “Narzi oyim” fermer xo‘jaligida 5,4 gektar (mosh 3,0 ga, loviya 2,4 ga), “Yaxshimurod Juma zamini” fermer xo‘jaligida 4,8 gektar (mosh 2,6 ga, loviya 2,2 ga), “Yunus” fermer xo‘jaligida 4,2 gektar (mosh 2,0 ga, loviya 2,2 ga) tuman bo‘yicha jami 14,4 gektar (mosh 7,6 ga, loviya 6,8 ga), Buxoro tumanining “Saidbobo Umidjon” fermer xo‘jaligida 4,2 gektar (mosh 2,7 ga, loviya 1,5 ga), “Shoxijaxon Tillofayz” fermer xo‘jaligida 4,6 gektar (mosh 2,5 ga, loviya 2,1 ga) tuman bo‘yicha jami 8,8 gektar (mosh 5,2 ga, loviya 3,6 ga) joriy qilingan bo‘lib, viloyat bo‘yicha jami 23,2 gektar (mosh 12,8 ga, loviya 10,4 ga) maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/04-04-494-son ma’lumotnomasi). Natijada, takroriy ekinlar loviya va moshdan so‘ng kuzgi bug‘doy etishtirilganda 69,1-72,1 st/ga don hosili olingan hamda 39,2-52,7% rentabellik darajasiga va yuqori samaradorlikka erishilgan.