Raxmanova Dilfuza Uchkunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalar intellektual faoliyatini optimallashtirishning psixologik determinantlari», 19.00.06-Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P947.
Ilmiy rahbar: Mirzaeva Sayyora Rustamovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Usmonov Sherzod Axmadjanovich psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalar intellektual faoliyatni optimallashtirishning psixologik determinantlari aniqlash asosida ilmiy amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intellektual faoliyatini optimallashtirish uchun talabalarning bilish jarayonini subektiv amalga oshirish qobiliyati va unga tayyorgarligida  umumiy, vizual, anologiya hamda amaliy intellektlar integrativ namoyon bo‘lishining psixologik determinatlari dalillangan.
talabalarning umumiy intellekti,  vizual intellekti, anologiya intellekti, sotsial intellekt komponentlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarga ko‘ra psixomotor  faol bo‘lgan talabalarda intellektning intensiv namoyon bo‘lishi tufayli intellektual faoliyatini optimallashtirish ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan; 
talabalarning individual xususiyatlarida “kognitiv-psixomotor faollik”,  “intellektul faoliyatda emotsionallik”, “kommunikativ plastiklik”, “ijtimoiy kognitiv moslashuvchanlik”, “motivatsiyasi va rivojlanishi”  “emotsional-ijtimoiy xabardorlik”, “intellektual barqarorlik”, “analitik fikrlash” kabi omillar integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib, intellektual faoliyatini optimallashtirishni shartlovchi ichki psixologik determinantlari  ekanligi dalillangan; 
talabalarda intellektini rivojlantirish modeli shaxsda vizualizasiyalash, o‘qitish usullari, intelliktual faoliyatga nisbatan ichki motivasiya negizida namoyon bo‘lishi tufayli, muammoli ta’lim, loyiha faoliyati, didaktik va mobil ilovalardagi intellektual o‘yin texnologiyalarini integrativ qo‘llash mexanizmlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talaba intellektual faoliyatini optimallashtirishning psixologik determinantlari tadqiq etish natijalari asosida: 
talabalarning intellektual faoliyatini optimallashtirishda umumiy, vizual, anologiya hamda amaliy intellektlar integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib gender va  yoshga oid psixologik determinatlari   mavjudligi dalillangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-350  son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» va «Differensial psixologiya»   modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM №350 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda intellektual faoliyatini optimallashtirishning  gender va yoshga oid xususiyatini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan; 
talabalarning umumiy intellekti,  vizual intellekti, anologiya intellekti, sotsial intellekt komponentlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarga ko‘ra psixomotor  faol bo‘lgan talabalarda intellektning intensiv namoyon bo‘lishi tufayli intellektual faoliyatini optimallashtirish ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-350  son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» va «Differensial psixologiya»   modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM №350 a-son ma’lumotnomasi). Natijada  talabalarda intellektining intensiv namoyon bo‘lishi tufayli intellektual faoliyatini optimallashtirish komponenti ochib berilgan; 
talabalarning individual xususiyatlarida “kognitiv-psixomotor faollik”,  “intellektul faoliyatda emotsionallik”, “kommunikativ plastiklik”, “ijtimoiy kognitiv moslashuvchanlik”, “motivatsiyasi va rivojlanishi”  “emotsional-ijtimoiy xabardorlik”, “intellektual barqarorlik”, “analitik fikrlash” kabi omillar integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib, intellektual faoliyatini optimallashtirishni shartlovchi ichki psixologik determinantlariga ustuvorlik berish muhimligi dalillangan O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-350  son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» va «Differensial psixologiya»   modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM №350 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabada intellektini rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar va ularning xususiyatlari aniqlashtirilgan; 
talabalarda intellektini rivojlantirish modeli shaxsda vizualizasiyalash, o‘qitish usullari, intellektual faoliyatga nisbatan ichki motivasiya negizida namoyon bo‘lishi tufayli, muammoli ta’lim, loyiha faoliyati, didaktik va mobil ilovalardagi intellektual o‘yin texnologiyalarini integrativ qo‘llash mexanizmlari asosida takomillashtirilgan  takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-350  son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» va «Differensial psixologiya»   modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM №350 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda intellektual faoliyatini optimallashtirishga mo‘ljallangan psixologik o‘quv-treninglar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish