Qurbanov Jamshid Abduburxanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir rinosinusitlarni kompleks davolashda mukolitik dorilarni qo‘llashni optimallashtirish» 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1868.
Ilmiy rahbar: Arifov Sayfiddin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib59.01. 
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Djaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlarni malakasini oshirish instituti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi:
o‘tkir yiringli pansinusit bilan kasallangan  bemorlarda tizimli ta’sir etuvchi mukolitik dori vositalarini tanlab qo‘llash asosida majmuaviy davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir yiringli pansinusitda burunning nafas olish, transport, hid bilish funksiyalarining buzilish darajasi yiringli ekssudatning miqdori va fizikaviy xususiyatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishi isbotlangan; 
o‘tkir yiringli pansinusitli bemorlarda ekssudatning HU birligidagi ko‘rsatkichi birinchi va ikkinchi klinik holatlarda o‘zaro farq qilmasligi, uchinchi klinik holatda ularga nisbatan 2,2 marta katta bo‘lishi isbotlangan;
o‘tkir pansinusitdagi yiringli ekssudatning dinamik, kinematik quyishqoqlik, nisbiy zichlik ko‘rsatkichlari o‘rtasida orasida o‘zaro to‘g‘ri bog‘liqlik bo‘lishi, nazorat guruhiga nisbatan ishonarli farq qilishi va ular natijalarini eng katta  o‘zgarishi uchinchi klinik holatda bo‘lishi aniqlangan;
birinchi va ikkinchi klinik xolatlar bilan namoyon bo‘luvchi  o‘tkir yiringli pansinusitli bemorlarda qo‘shimcha mukolitik-regulyator dori vositasini qo‘llash orqali mos ravishda 1,43 va 1,29 marta davolanish muddatini qisqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 7 may 17/35-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarni amaliyotga tadbigi bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2025 yil 5 maydagi №01/80-870-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir yiringli pansinusitda burunning nafas olish, transport, hid bilish funksiyalarining buzilish darajasi yiringli ekssudatning miqdori va fizikaviy xususiyatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 30.12.2021 yil 160-sonli buyrug‘i va Toshkent 7-sonli shahar klinik shifoxonasining 2.01.2022 yil 64-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir yiringli pansinusit turli shakllarining o‘ziga xos klinik xususiyatlari aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir yiringli pansinusit turli shakllarini klinik xususiyatlarini inobatga olib kasallikni erta aniqlash orqali samaradorlikka erishildi. Yangi yondashuvning joriy etilishi natijasida diagnostika xarajatlari 680 ming so‘mni tashkil etdi. Otorinolaringologga murojaat qilib, ko‘p miqdorda diagnostik tekshiruvlar va asossiz davolanishni buyurganda, 1 million 250 ming so‘mni tashkil etadi. Natijada har bir bemor uchun 570 ming so‘m iqtisod qilindi. Xulosa:  o‘tkir yiringli pansinusitning turli klinik shakllari o‘z vaqtida aniqlash har bir bemorga 570 ming so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bermoqda;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir yiringli pansinusitli bemorlarda ekssudatning HU birligidagi ko‘rsatkichi birinchi va ikkinchi klinik holatlarda o‘zaro farq qilmasligi, uchinchi klinik holatda ularga nisbatan 2,2 marta katta bo‘lishi isbotlangan. Natijalar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 30.12.2021 yil 160-sonli buyrug‘i va Toshkent 7-sonli shahar klinik shifoxonasining 2.01.2022 yil 64-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir yiringli pansinusitli bemorlarda ekssudatning zichligini inobatga olgan holda tashxislash amalga oshirildi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir yiringli pansinusitni klinik holatlar belgilarini erta aniqlash natijasida asoratlar oldi olindi. Xulosa: o‘tkir yiringli pansinusitli bemorlarda tashxislashning yangi taktikasini amaliyotga joriy qilinishi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini kamaytiradi, ya’ni 570 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir pansinusitdagi yiringli ekssudatning dinamik, kinematik quyishqoqlik, nisbiy zichlik ko‘rsatkichlari o‘rtasida orasida o‘zaro to‘g‘ri bog‘liqlik bo‘lishi, nazorat guruhiga nisbatan ishonarli farq qilishi va ular natijalarini eng katta  o‘zgarishi uchinchi klinik holatda bo‘lishi aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 30.12.2021 yil 160-sonli buyrug‘i va Toshkent 7-sonli shahar klinik shifoxonasining 2.01.2022 yil 64-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir pansinusitdagi yiringli ekssudatning dinamik, kinematik quyishqoqlik, nisbiy zichlik ko‘rsatkichlari asosida tashxislashni to‘g‘ri baholashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir pansinusitdagi yiringli ekssudatning holatini aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 360 ming so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: Bemorlarni tekshirishning to‘g‘ri taktikasi davlat byudjeti mablag‘lariga sarflanishini kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birinchi va ikkinchi klinik xolatlar bilan namoyon bo‘luvchi  o‘tkir yiringli pansinusitli bemorlarda qo‘shimcha mukolitik-regulyator dori vositasini qo‘llash orqali mos ravishda 1,43 va 1,29 marta davolanish muddatini qisqarishi isbotlangan. Natijalar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 30.12.2021 yil 160-sonli buyrug‘i va Toshkent 7-sonli shahar klinik shifoxonasining 2.01.2022 yil 64-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir yiringli pansinusit bilan kasallangan bemorlar klinik holatini VASh bo‘yicha baholash yordamida kasallikning kechishiga baho berildi. Iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 7 kundan 4 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1750000 so‘mdan 1000000 so‘mga kamaytirdi (klinikaning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 250000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 375 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 125000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 1125000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: o‘tkir yiringli pansinusit bilan kasallangan bemorlarni davolashni erta davrda amalga oshirilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1125000 so‘mga birlamchi ko‘rikga kam sarflanadi, byudjetdan tashqari dori darmon mablag‘larni 375000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish