Toxirova Maftuna Umidjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Paxtani mayda yot aralashmalardan tozalash mashinasining samarali konstruksiyasini yaratish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5403
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2025.T.174.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Jamshid Qambaralievich, texnika fanlari doktori, dotsent; To‘ychiev Temur Ortikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi: Paxtani mayda yot aralashmalardan tozalovchi mashinaning konstruksiyasini takomillashtirish orqali sifatli tola ishlab chiqarish hamda mashinaning tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
olti qirrali aylanuvchi kolosniklar o‘rnatish asosida to‘rli yuzasining foydali ishchi yuzasini oshirilgan paxtani mayda yot aralashmalardan tozalash uskunasining takomillashgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxta xomashyosining tozalash qurilmasidagi harakat tahlili asosida ishchi kamerasiga o‘rnatilgan kolosniklarning qirralari va uning o‘lchamlari hamda aylanishlar sonining konstruktiv-ekspluatatsion parametrlari aniqlangan;
paxta xomashyosini mayda yot aralashmalardan tozalashda kolosnik yuzasidagi qirralari bilan ta’sirlashuvi tahlili asosida paxta shikastlanishini matematik modellari bo‘yicha nazariy asoslangan;
ko‘p omilli markaziy nokompozision tajriba natijalari asosida olti qirrali kolosnik diametri, kolosnik qirralar soni hamda qoziqli baraban aylanish tezligining maqbul qiymatlari asosida mashinaning tozalash samaradorligi va chigitning mexanik shikastlanganligini adekvat regression tenglamasi olingan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani mayda yot aralashmalardan tozalash mashinasining samarali konstruksiyasini yaratish asosida:
olti qirrali aylanuvchi kolosniklar UXK mashinalariga “Namangan Paxta teks” MChJ ga qarashli Namangan viloyatining “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida joriy qilingan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyishmasining 2025 yil 4 martdagi № 03/25-425 son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan mashinaning tozalash samaradorligi 18 foizgacha oshishiga hamda yillik 6300 tonna paxtani qayta ishlanganda 890 tonna tola II nav o‘rta sinfdan II nav yaxshi sinfga o‘tishi hisobiga 113 536,3 ming so‘m yillik iqtisodiy samara olinishiga erishilgan.