Salimjonov Jasurbek Xalimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p komponentli sementli materiallar olishning energiya tejamkor texnologiyasi”, 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4772.
Ilmiy rahbar: Alinazarov Alisher Xaydaralievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, PhD.03/07.06.2024.T.106.06.
Rasmiy opponentlar: Ilyasov Allanazar Torexanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Adxamjon Inomjonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mexanik–kimyoviy faollashtirilgan kul-toshqol chiqindilaridan sement-kul-ohak kompozisiyalar va ular asosidagi gazobeton buyumlarini ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik elektr stansiyalaridagi kul-toshqol chiqindisini bir daqiqa davomida sharli tegirmonda aralashtirish kulning bog‘lovchilik xususiyatini oshirishi aniqlanib, mayinlik darajasi 0,15 mm gacha bo‘lgan 30% faollashtirilgan issiqlik elektr stansiyasi kul-toshqol chiqindisi, 5% ohak, 60% portlandsement qo‘shilgan qorishmaning mustahkamligi 20% gacha oshganligi aniqlangan; 
ilk bor, faollashtirilgan sement-kul-ohak kompozisiyalari va modifikatsiyalangan plastifikatsiyalovchi qo‘shimcha qo‘shilgan gazobetonlar uchun parafin asosidagi keramik kompozision plyonkali gelioqurilma loyihalanib, ushbu qurilma oddiy plyonkali analoglariga nisbatan 30% gacha yuqori energiya tejamkorligini ta’minlashi, shuningdek, gelioqurilmadagi maksimal harorat 78°C gacha ko‘tarilganda gazobetonlarni qotishini tezlashtirishi aniqlangan;
devorbop gazobeton mahsulotlarini qotirish uchun mo‘ljallangan energiya tejamkor gelioqurilmada qotirilgan namunalar, oddiy plyonkali qurilmada qotirilgan gazobloklarga nisbatan energiya sarfi 9% ga kamligi hisobiga iqtisodiy samaradorlikga ega ekanligi aniqlanib, issiqlik energiyasidan foydalanish jarayonining gelioqurilmani qo‘llash orqali optimallashganligi tasdiqlangan;
sement, kul, ohak, alyuminiy pudra va MPQ-3 ning 0.3% miqdori bilan faollashtirilgan serg‘ovak gazobetonning kompozision tarkibini optimallashtirishning matematik modelini giperkubdagi ikkinchi tartibli ikki faktorli rejani amalga oshirish yo‘li bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. Ko‘p komponentli sementli materiallar olishning energiya tejamkor texnologiyasi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
issiqlik elektr stansiyalaridagi kul-toshqol chiqindisini bir daqiqa davomida sharli tegirmonda aralashtirish kulning bog‘lovchilik xususiyatini oshirishi aniqlanib, mayinlik darajasi 0,15 mm gacha bo‘lgan 30% faollashtirilgan issiqlik elektr stansiyasi kul-toshqol chiqindisi, 5% ohak, 60% portlandsement qo‘shilgan qorishmaning mustahkamligi 20% gacha oshganligi aniqlanganligi hamda ilk bor, faollashtirilgan sement-kul-ohak kompozisiyalari va modifikatsiyalangan plastifikatsiyalovchi qo‘shimcha qo‘shilgan gazobetonlar uchun parafin asosidagi keramik kompozision plyonkali gelioqurilma loyihalanib, ushbu qurilma oddiy plyonkali analoglariga nisbatan 30% gacha yuqori energiya tejamkorligini ta’minlashi, shuningdek, gelioqurilmadagi maksimal harorat 78°C gacha ko‘tarilganda gazobetonlarni qotishini tezlashtirishi aniqlanganligiga oid takliflar Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi  “Quvasoy temir-beton mahsulotlari zavodi” MChJda faoliyatida foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025 yil 5 fevraldagi 02/15-349-son ma’lumotnomasi). Natijada D600 markadagi gazobeton bloklarining o‘rtacha zichligi 591-622 kg/m3 ga, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti esa 0,122 Vt/(m∙ºC)ga oshishiga erishilgan; 
devorbop gazobeton mahsulotlarini qotirish uchun mo‘ljallangan energiya tejamkor gelioqurilmada qotirilgan namunalar, oddiy plyonkali qurilmada qotirilgan gazobloklarga nisbatan energiya sarfi 9% ga kamligi hisobiga iqtisodiy samaradorlikga ega ekanligi aniqlanib, issiqlik energiyasidan foydalanish jarayonining gelioqurilmani qo‘llash orqali optimallashganligi tasdiqlanganligi hamda sement, kul, ohak, alyuminiy pudra va MPQ-3 ning 0.3% miqdori bilan faollashtirilgan serg‘ovak gazobetonning kompozision tarkibini optimallashtirishning matematik modelini giperkubdagi ikkinchi tartibli ikki faktorli rejani amalga oshirish yo‘li bilan takomillashtirilganligi xususidagi takliflar Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi “Komil Fayzulloh” MChJ faoliyatida foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025 yil 5 fevraldagi 02/15-349-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan xom ashyoning D700 markadagi gazobetonga nisbatan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatgichi 9% yuqorilashiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish