Saparov Amanbay Berdibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovershenstvovanie metodov upravleniya vodoraspredeleniya s uchyotom ekspluatatsionnix rejimov orositel`nix kanalov (na primere magistral`nogo kanala Anasay)» («Sug‘orish kanallarining ekspluatatsion rejimini inobatga olgan holda suv taqsimlashni boshqarish usullarini takomillashtirish (Anasay magistral kanali misolida)»), 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T4992.
Ilmiy rahbar: Djumanazarova Altingul Tengelovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/26.01.2023.T.109.03. raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshev Sobir Samadovich - Qarshi davlat texnika universiteti “Gidravlika va muhandislik inshootlari qurilishi” kafedrasi mudiri, professor, texnika fanlari doktori, Yangiev Asror Abdixamidovich - “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari  instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Suv tanqisligi sharoitida sug‘orish kanallarining ekspluatatsion rejimlarini hisobga olgan holda suv taqsimotini boshqarish usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    sug‘oriladigan maydonlarning suv yo‘qotilishini hisobga olgan holda sug‘orish kanallarining gidravlik parametrlarini hisoblash usuli ishlab chiqildi;
    kam suvli davrlarda sug‘orish kanallari uzunligi bo‘yicha oqiziqlar va deformatsion jarayonlarning taqsimlanishini hisoblash usuli ishlab chiqildi;
    sug‘orish kanallari ish rejimi va cho‘kindilarning fraksion tarkibini hisobga olgan holda suv taqsimlashni samarali boshqarish usuli takomillashtirildi.
magistral kanalning kengaygan va chuqurlashgan qismlarida loyqalikning suv oqimi bo‘yicha taqsimlanishini gidrodinamik tenglamalar asosida hisoblash usuli takomillashtirildi.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘orish kanallarining ekspluatatsion rejimini inobatga olgan holda suv taqsimlashni boshqarish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
    sug‘oriladigan maydonlarning suv yo‘qotilishlarini inobatga olgan holda sug‘orish kanallarining gidravlik parametrlarini hisoblash usuli «Amudaryo» havzaviy suv xo‘jaligi birlashmasi Quyi daryo boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 03/09-3-363-son ma’lumotnomasi). Natijada suv taqsimlashda sug‘orish kanallarining foydali ish koeffisientini 7-12% ga oshirishga erishildi.
    kam suvli davrlarda sug‘orish kanallarining uzunligi bo‘yicha cho‘kindilar taqsimlanishi va deformatsion jarayonlarni hisoblash metodikasi «Amudaryo» xavzaviy suv xo‘jaligi birlashmasi Quyi daryo boshqarmasiga joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 03/09-3-363-son ma’lumotnomasi). Natijada suv iste’molchilarini kafolatli suv bilan ta’minlashni 12% ga oshirish imkonini bergan.
         sug‘orish kanallarining ekspluatatsion rejimi va cho‘kindilarning fraksion tarkibini inobatga olgan holda suv taqsimlashni samarali boshqarishning takomillashtirilgan usuli Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Kattagar-Bozataw» irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 03/09-3-363-son ma’lumotnomasi). Natijada magistral kanalga biriktirilgan sug‘oriladigan maydonlari uchun suv taqsimlash samaradorligi oshgan.
qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun gidromodul rayonlashtirishni hisobga olgan holda suv balansi tenglamalari asosida takomillashtirilgan suv xo‘jaligi hisobi usuli Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Kattagar-Bozataw» irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 03/09-3-363-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv bilan ta’minlanishi 18% oshdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish