Suyarov Jahongir Usmonqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Murakkab tarkibli polimetall konlardan qimmatbaho komponentlarni kompleks ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5058.
Ilmiy rahbar: Samadov Alisher Usmanovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Sharafutdinov Ulug‘bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxmarajabov Dilmurod Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Olchalik konining murakkab tarkibli polimetall rudalarini boyitish orqali nodir va rangli metallar ishlab chiqarishni ko’paytirish imkonini beruvchi samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ruda tarkibidagi komponentlarning fizik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Olchalik rudasini markazdan qochma konsetratorlarda boyitishda 70 G optimal parametri orqali oltinni boyitmaga ajralish ko‘rsatkichi 65,7%, kumushni boyitmaga ajralish ko‘rsatkichi 57,94% ni tashkil etishi aniqlangan;
Olchalik  konining murakkab tarkibli polimetall rudasi tarkibidagi oltin, kumush va mis minerallarini fraksiyalar bo’yicha sifat-miqdoriy taqsimoti aniqlanib flotatsiya jarayonida 442F yig‘uvchi reagenti qo‘llash orqali oltin 78,36 %, kumush  57,2 % va misni 71,8 % ajratib olishning samarali ko‘rsatkichiga erishish mumkinligi aniqlangan;
Olchalik  konini murakkab tarkibli polimetall rudalaridan oltin, kumush va mis ajratib olishda gravitatsion va flotatsion boyitish usullarini qo’llagan holda kompleks qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
murakkab tarkibli polimetall konlar rudalarini kompleks boyitishning texnologik sxemasi ishlab chiqilib,  qimmatbaho komponentlarni maksimal boyitish darajasiga erishish uchun dastgohlar zanjiri sxemasini maqbul texnologik ketma-ketligi aniqlandi hamda birinchi marta oltinni 88,3 %, kumushni 78,7% va  misni 83,8%li ajralish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Murakkab tarkibli polimetall konlardan qimmatbaho komponentlarni kompleks ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Olchalik koni rudalarini markazdan qochma konsentratorlar va flotomashinada boyitish orqali oltin va kumushni qayta ishlash texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2025 yil 17 martdagi CA-0254-son ma’lumotnomasi). Natijada, ruda tarkibidan 88,3% oltin, 78,7% kumush boyitmasini ajratib olish imkonini bergan; 
Olchalik koni rudalarini markazdan qochma konsentratorlar va flotomashinada boyitish orqali misni qayta ishlash texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2025 yil 17 martdagi CA-0254-son ma’lumotnomasi). Natijada, ruda tarkibidan 83,8% mis boyitmasini ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish