Masidikov Elyar Mirsodikovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mis boyitish fabrikasi chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4862.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Soib Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Alimov Rasulxan Sarvarxanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi mis boyitish fabrikasi chiqindilarini qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis boyitish fabrikasi chiqindilarini kuydirishdan hosil bo‘lgan kuyindini elektromagnitli saralash usulining optimal sharoiti 2,5 A tok kuchida magnitli fraksiyaning yuqori ajralishi 37,3% bo‘lib magnitli fraksiyadagi temirning umumiy miqdori 75,1%  bo‘lishi aniqlangan;
magnisiz fraksiyani sulfat kislota bilan havo ishtirokida tanlab eritilganda temirni gidrolitik cho‘ktirish darajasi 97,2% etishi aniqlangan;
eritmadan misni DEDTKNa yig‘uvchi reagentini qo‘llagan holda 99% unum bilan ionli flotatsiya usulida ajratib olinishi aniqlangan;
“Olmaliq KMK” AJ mis boyitish fabrikasi chiqindixonalarida toʻplanib kelinayotgan chiqindilardan mis boyitmasi, temir boyitmasi, hamda oltin, kumush ajratib olishga yordam beruvchi takomillashtirilgan qayta ishlash texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mis boyitish fabrikasi chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan past haroratda kuydirib kremniysizlantirish, orqali mis boyitish fabrikasi chiqindilarini kombinirlangan qayta ishlashning yangi texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJ ning mis boyitish fabrikasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2024 yil 29 noyabrdagi 11-24/01-01613-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan texnologiyani qo‘llash mis metalini ajratib olish darajasini 89,3% gacha oshirish imkonini bergan;
mis boyitish fabrikasi chiqindilarini past haroratda kuydirib kremniysizlantirish, kuyindini magnitli saralash, magnisiz fraksiyani sulfat kislotali tanlab eritish va eritmani ionli floitatsiya usulida qayta ishlash texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJning mis boyitish fabrikasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2024 yil 29 noyabrdagi 11-24/01-01613-son ma’lumotnomasi). Natijada, misning umumiy ajratib olish darajasi 89,3% ga oshirish va qo‘shimcha ravishda temir boyitmasi hamda tarkibi Au-1,26 g/t, Ag-11,8 g/t kek olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish