Doniyorov Sarvar Allanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Faollangan bentonitlarni olish, ularga xromat va fosfat ionlarini adsorbsiyalanishi kinetikasi va termodinamikasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K900.
Ilmiy rahbar: Xandamov Davron Abdikodirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yarkulov Axror Yuldashevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Dehqonobod bentoniti va u asosida kislotali muhitda faollangan bentonitlariga Cr2O72- hamda PO43- ionlarining adsorbsiyalanish kinetikasi va termodinamikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
DB, DB15 va DB25 adsorbentlariga xrom (VI) va fosfat ionlarining adsorbsiyalanishi bo‘yicha ularning adsorbsion faolligi quyidagi DB15>DB25>DB tartibda joylashtirilishi isbotlangan;
adsorbsiyalanish jarayonlariga muhitning pH ko‘rsatkichi va adsorbentlar miqdorlari ta’siri: xrom (VI) ionlari uchun pH=4,0 va 3,0 g/L, fosfat ionlari uchun pH=6,0 va 2,0 g/L sharoitlarida eng yuqori adsorbsiyalanish samaradorligi asoslangan;
jarayon kinetikasi tahlil qilinganda, adsorbsiyaning psevdo-ikkinchi tartibli kinetik modelga muvofiqligi hamda diffuziyalanish mexanizmi bo‘yicha ikki bosqichda borganligi aniqlangan.
adsorbsiyalanish jarayonida Gibbs erkin energiyasining manfiy qiymatlari adsorbsiyalanishni o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishi va endotermik xususiyatga ega ekanligini asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adsorbsiyalanish jarayonining kinetikasi va termodinamikasini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
adsorbentlarning kolloid-kimyoviy va adsorbsiyalanish ko‘rsatkichlari asosida “70710102-Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi” mutaxassisligi magistrantlari uchun “Adsorbentlar, adsorbsiya jarayonlari kinetikasi va termodinamikasi fanidan masalalar to‘plami” darsligi mazmunida o‘z aksini topgan (17.03.2012 y., 106-495-son guvohnoma). Natijada, magistratura mutaxassisligi talabalarining adsorbsiyalanish mexanizmlarini chuqur o‘zlashtirishlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi imkonini bergan;
faollangan DB, DEADB, DB15 va DB25 adsorbentlari «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»da texnik aylanma suvlarni tozalashda joriy etilgan («Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2025 yil 6 yanvardagi OP25/AN-35-son ma’lumotnomasi). Natijada, faollangan bentonitlar “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” da texnik aylanma suvlar tarkibidagi: Cr6⁺ ionlarini 68,3% gacha, Fe2⁺/Fe3⁺ ionlarini 56,7% gacha hamda PO43- ionlarini 71,2% gacha tozalash imkonini bergan.