Sattarov Oyatullo Xayatullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindrom rivojlanish xavfini va klinik kechishini bashorat qilishning klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik markerlari» 14.00.05-Ichki kasalliklar, 14.00.25-Klinik laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4867
Ilmiy raxbarlar: Musashayxov Umidjon Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019/Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Nurxon Xalimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Yuldasheva Gul`chexra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindromning rivojlanish xavfi va klinik kechishini bashoratlashda genetik markerlarning prognostik axamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SOD2 (Ala16Val) genining geterozigot Ala/Val genotipi bemorlarda metabolik sindrom rivojlanishi va uning yurak ishemik kasalligi bilan assotsirlanish havfinining samarali bashoratlash mezoni bo‘lib xizmat qilishi asoslangan;
LEPR geni Arg223Gln polimorfizmining salbiy Gln/Gln genotipi metabolik sindromga bo‘lgan irsiy moyillikga muhim hissa qo‘shganligi xamda ushbu bemorlarda yurak ishemik kasalligi rivojlanishi uchun asosiy bashoratlash omillaridan biri ekanligi asoslangan;
APOE (Leu28Pro) polimorf lokusining getorozigot Leu/Pro genotipning tashuvchilarida metabolik sindromga moyillik va uning yurak ishemik kasalligi bilan sintropiyasi xavfi ishonarli ravishda 5.0 marta (OR=4.5; 95%CI:1.62-12.33) ortishi aniqlangan;
lipid spektrini tartibga soluvchi genlar (LEP, LEPR va APOE) ning noqulay genotiplari metabolik sindrom va yurak ishemik kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlarda dislipidemiya rivojlanishiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metabolik sindrom rivojlanish xavfini va klinik kechishini bashorat qilishning klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik markerlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: SOD2 (Ala16Val) genining geterozigot Ala/Val genotipi bemorlarda metabolik sindrom rivojlanishi va uning yurak ishemik kasalligi bilan assotsirlanish havfinining samarali bashoratlash mezoni bo‘lib xizmat qilishi asoslanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi 29.01.2025 yildagi 25-son xamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.03.2025 yildagi 28-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 18 apreldagi 15/03-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SOD2 (Ala16Val) genetik markerini tekshirish, metabolik sindrom va uning qon-tomir asoratlarining rivojlanish xavini erta bashoratlash, davolash sifatini yaxshilanish va bemorlarda o‘lim xavfini kamaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonada yotishning o‘rtacha davomiyligini 6 kunga kamaytirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 630000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 120000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: mehnatga layoqatli aholi orasida metabolik sindrom rivojlanishining kamayishi bemorlarning hayot sifatini oshirishga hamda sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq iqtisodiy xarajatlarni qisqartirish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: LEPR geni Arg223Gln polimorfizmining salbiy Gln/Gln genotipi metabolik sindromga bo‘lgan irsiy moyillikga muhim hissa qo‘shganligi xamda ushbu bemorlarda yurak ishemik kasalligi rivojlanishi uchun asosiy bashoratlash omillaridan biri ekanligi asoslanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi 29.01.2025 yildagi 26-son xamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.03.2025 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 18 apreldagi 15/03-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: molekulyar-genetik tekshirish usuli metabolik sindrom va yurak ishemik kasalligi komorbid holatlarining rivojlanish foizini sezilarli darajada kamaytirishga, davolash sifatini oshirishga va bemorlarning reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Molekulyar-genetik tekshiruvdan foydalanish orqali metabolik sindrom va uning klinik kechishini erta bashoratlash har bir bemor hisobidan 480000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: metabolik sindrom rivojlanish xavfini erta bashorat qilish tadbirlarini samarali amalga oshirish va komorbid holatlarning paydo bo‘lishining oldini olishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga hamda davolash uchun moliyaviy xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan;
uchiinchi ilmiy yangilik: APOE (Leu28Pro) polimorf lokusining getorozigot Leu/Pro genotipning tashuvchilarida metabolik sindromga moyillik va uning yurak ishemik kasalligi bilan sintropiyasi xavfi ishonarli ravishda 5.0 marta (OR=4.5; 95%CI:1.62-12.33) ortishi aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi 29.01.2025 yildagi 26-son xamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.03.2025 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 18 apreldagi 15/03-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: APOE geni Leu28Pro polimorf lokusini o‘rganish xavf guruhiga kiruvchi bemorlarda metabolik sindrom va yurak ishemik kasalligi rivojlanishining oldini olishni samarali ta’minlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik sindrom rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarda xastalikning molekulyar-genetik jihatlarini o‘rganish natijalari har bir bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 540000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni esa 700000 so‘mga tejash imkonini bergan; Xulosa: Metabolik sindromga chalingan bemorlarda yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfini erta aniqlash va uning oldini olish nogironlik darajasini kamaytirishga hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: lipid spektrini tartibga soluvchi genlar (LEP, LEPR va APOE) ning noqulay genotiplari metabolik sindrom va yurak ishemik kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlarda dislipidemiya rivojlanishiga ta’siri aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi 29.01.2025 yildagi 26-son xamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.03.2025 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 18 apreldagi 15/03-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metabolik sindrom rivojlanishini erta bashoratlash sifatini yaxshilaydi, nasliy moyillikka ega bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash imkoniyatini oshiradi. Shuningdek, aniqlangan markerlar asosida har bir bemorning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda davolash va profilaktika protokollarini ishlab chiqishga yordam beradi. Bu esa ushbu bemorlarda yurak ishemik kasalligi rivojlanish ehtimolini kamaytirib, uzoq muddatli davolash natijalarini yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yog‘ almashinuvini genetik regulyatorlarini tekshirish orqali dislipidemiya rivojlanish xavfini erta bashorat qilish xisobiga takroriy laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet mablag‘lari hisobidan 780000 so‘m, byudjetdan tashqari 645000 so‘m miqdordagi xarajatlar iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Lipid spektrini tartibga soluvchi (LEP, LEPR va APOE) genlardan dislipidemiyani bashoratlash maqsadida foydalanish metabolik sindrom rivojlanish xavfining oldini olish hamda uning qon-tomir asoratlarini kamaytirish imkonini bergan.