Mirzaev Zoyir Toirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt
Ilmiy rahbar: Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi korxonalarni moliya-kredit mexanizmlari orqali qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Savdo-sanoat palatasi qoshida tadbirkorlik sub’ektlariga xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlaridan davlat kafolatisiz mablag‘lar jalb qilish bo‘yicha konsalting xizmatlar ko‘rsatadigan Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazini tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan; 
tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun foyda solig‘i stavkasini 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz darajasida belgilash orqali korxonalarni moliyaviy jihatdan qo‘llash amaliyotini rag‘batlantirish asoslangan;
nobank kredit tashkilotlariga jismoniy shaxs bo‘lgan ta’sischilaridan amaldagiga nisbatan 2 baravar ko‘p miqdorda qarz mablag‘larini jalb qilishga ruxsat berish tartibini joriy qilish orqali korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash taklifi asoslangan;
nobank kredit tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi o‘n foizdan yigirma foizgacha tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olinganda Markaziy bankni xabardor qilish tartibni joriy etish orqali korxonalarni davlat tomonidan moliya-kredit mexanizmlari vositasida qo‘llab-quvvatlash asoslangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarni moliya-kredit mexanizmlari orqali qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Savdo-sanoat palatasi qoshida tadbirkorlik sub’ektlariga xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlaridan davlat kafolatisiz mablag‘lar jalb qilish bo‘yicha konsalting xizmatlar ko‘rsatadigan Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazini tashkil etish taklifi O‘zbekicton Pecpublikaci Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 27 maydagi 14-2-01-935-conli ma’lumotnomaci). Bu taklifning amaliyotga joriy qilinishi korxonalarga nisbatan tarmoq va davlat darajasidagi strategik va taktik yo‘nalishlarni to‘g‘ri va ob’ektiv belgilash imkonini yaratgan;
tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun foyda solig‘i stavkasini 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz darajasida belgilash orqali korxonalarni moliyaviy jihatdan qo‘llash amaliyotini rag‘batlantirish bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekicton Pecpublikaci Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 27 maydagi 14-2-01-935-conli ma’lumotnomaci). Bu taklifning amaliyotga joriy qilinishi korxonalarga nisbatan rag‘batlantiruvchi iqtisodiyotning siyosatning asosiy mazmunini belgilashda, bu boradagi amaliy jarayonlarning yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilab olishga xizmat qilgan;
nobank kredit tashkilotlariga jismoniy shaxs bo‘lgan ta’sischilaridan amaldagiga nisbatan 2 baravar ko‘p miqdorda qarz mablag‘larini jalb qilishga ruxsat berish tartibini joriy qilish orqali korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekicton Pecpublikaci Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 27 maydagi 14-2-01-935-conli ma’lumotnomaci). Bu taklifning amaliyotga joriy qilinishi korxonalarni davlat tomonidan moliya-kredit mexanizmlari orqali qo‘llab-quvvatlash bog‘liq qonunchilik hujjatlarini mazmunan boyitish imkonini bergan;
nobank kredit tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi o‘n foizdan yigirma foizgacha tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olinganda Markaziy bankni xabardor qilish tartibni joriy etish orqali korxonalarni davlat tomonidan moliya-kredit mexanizmlari vositasida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekicton Pecpublikaci Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 27 maydagi 14-2-01-935-conli ma’lumotnomaci). Bu taklifning amaliyotga joriy qilinishi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvatlashning tizimli yondoshish orqali ularga nisbatan davlat siyosatini ishlab chiqish va to‘g‘ri amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish