Saidov Jasurbek Latipbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bank sohasida risklarni baholash asosida xizmatlar samaradorligini oshirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3319.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Xayrilla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, IK raqami:, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobur Ortikmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori DSc,
professor, Talapova Nargiza Baxriddinovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bank sohasida risklarni baholash orqali xizmatlar samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini tadqiq etish asosida ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “bank risklarini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni risklarni aniqlash, baholash, tahlil qilish, cheklash va nazorat qilish mexanizmlarining o‘zaro uyg‘unlashgan majmui sifatidagi bankning moliyaviy barqarorligi va likvidliligini ta’minlash, uning faoliyati jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish yoki ularni minimallashtirish maqsadida amalga oshiriladigan tizimli jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan; 
bankning risk-appetit hujjatida tavakkalchilik darajalarini risk-appetitga muvofiqligini tavakkalchilik darajalarini pasaytirishni talab etmaydigan “past daraja” (0<RDp≤20), tavakkalchilik darajalarini pasaytirishni talab etadigan “o‘rta daraja” (21≤RDo‘≤50), tavakkalchilik darajalarini pasaytirishni talab etadigan “yuqori daraja” (RDyu≥51) guruhlari bo‘yicha baholash orqali risklarni baholashning aniqligini oshirish asoslangan;
bankda mavjud yoki yuzaga kelishi kutilgan tavakkalchiliklar, jumladan kredit, likvidlik, bozor va operatsiya tavakkalchiliklari bo‘yicha hamda ularni kamaytirish yuzasidan hisobotlarni Kuzatuv kengashi va tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasiga har chorakda, bank boshqaruviga har oyda kamida bir marta kiritish borasidagi tartibni joriy etish orqali bank faoliyatida xizmatlar sohasidagi jarayonning samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
“Agrobank” ATBning asosiy ko‘rsatkichlari hamda davlat kreditlari portfeli dasturlari bo‘yicha regressiya tahlili asosida bank xizmatlari samaradorligini oshirishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklar faoliyatida risklarni baholash orqali xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “bank risklarini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini risklarni aniqlash, baholash, tahlil qilish, cheklash va nazorat qilish mexanizmlarining o‘zaro uyg‘unlashgan majmui sifatidagi bankning moliyaviy barqarorligi va likvidliligini ta’minlash, uning faoliyati jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish yoki ularni minimallashtirish maqsadida amalga oshiriladigan tizimli jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Davlat moliyasini boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-sonli buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda bankning moliyaviy barqarorligi va likvidliligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan bank risklarini boshqarish tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan; 
bankning risk-appetit hujjatida tavakkalchilik darajalarini risk-appetitga muvofiqligini tavakkalchilik darajalarini pasaytirishni talab etmaydigan “past daraja” (0<RDp≤20), tavakkalchilik darajalarini pasaytirishni talab etadigan “o‘rta daraja” (21≤RDo‘≤50), tavakkalchilik darajalarini pasaytirishni talab etadigan “yuqori daraja” (RDyu≥51) guruhlari bo‘yicha baholash orqali risklarni baholashning aniqligini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023 yil 18 apreldagi №3427 Boshqaruv qarorining 1-ilovasi Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar to‘g‘risidagi nizomda foydalanilgan (Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat bankining 2023 yil 26 sentyabrdagi 05-16/17384-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning risk-appetit hujjatida tavakkalchilik darajalarini risk-appetitga muvofiqligini turli guruhlar bo‘yicha baholash orqali risklarni baholashning aniqligini oshirish imkoni yaratilgan;
bankda mavjud yoki yuzaga kelishi kutilgan tavakkalchiliklar, jumladan kredit, likvidlik, bozor va operatsiya tavakkalchiliklari bo‘yicha hamda ularni kamaytirish yuzasidan hisobotlarni Kuzatuv kengashi va tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasiga har chorakda, bank boshqaruviga har oyda kamida bir marta kiritish borasidagi tartibni joriy etish orqali bank faoliyatida xizmatlar sohasidagi jarayonning samaradorligini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023 yil 
18 apreldagi №3427 boshqaruv qarorining 1-ilovasi “Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar to‘g‘risida”gi Nizomda foydalanilgan (Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat bankining 2023 yil 
26 sentyabrdagi 05-16/17384-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankda mavjud yoki yuzaga kelishi kutilgan tavakkalchiliklar yuzasidan hisobotlarni Kuzatuv kengashi va tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasiga kiritish borasidagi tartibni joriy etish orqali bank faoliyatida xizmatlar sohasidagi jarayonning samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
“Agrobank” ATBning asosiy ko‘rsatkichlari hamda davlat kreditlari portfeli dasturlari bo‘yicha regressiya tahlili asosida bank xizmatlari samaradorligini oshirishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Agrobank” ATB amaliyotida foydalanilgan (“Agrobank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2024 yil 
5 avgustdagi 04/02-10/434-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Agrobank” ATB bank xizmatlari samaradorligini oshirishda istiqboldagi asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish